Uch qo’shuv uch ko’paytiruv uch
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
2-3 OLIMPIADA
1) Hisoblang : “Uch qo’shuv uch ko’paytiruv uch”. Natijasini toping? A) 12 B) 18 C) 14 D) 15 2) Uch yarimta cho’pning necha uchi bor? A) 7 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 4 ta 3) Rasmdagi qaysi shaklni ruchkani daftardan uzmasdan va ustma- ust yurg’azmasdan chizish mumkin? A) 3 B) 2 C) 1 D) 2, 3 4) Rasmdagi qaysi shaklni ruchkani daftardan uzmasdan hamda ustma-ust chizmasdan chizish mumkin emas? A) 3 B) 2 C) 1 D) 2, 3 5) Agar o’quvchi ko’p dars tayyorlasa, u imtixonni muvaffaqiyatli topshiradi. Sobir imtixonda 2 baho oldi. Bu uning kam dars tayyorlaganini bildiradimi? A) Ha B) yo’q C) bilmadim D) aniqlab bo’lmaydi. 6) Sehrli orolda yashovchilarning har biri yoki ritsar yoki yolg’onchi. Ritsarlar faqat rost gapiradi, yolg’onchilar esa faqat yolg’on gapiradi. 2-3- SINFLAR UCHUN Sizga orolda yashaydigan Ali va Vali duch kelishdi. Ali dedi: “bizlar ritsarmiz”. Vali dedi “Mening yonimda turgan odam yolg’onchi bo’ladi”. Ular kimlar? A) Ali ritsar, Vali yo’g’onchi B) Vali ritsar, Ali yo’g’onchi C)Ikkisi ham ritsar, D) Ikkisi ham aldoqchi 7) Uzunligi 100 m bo’lgan poyezd, uzunligi 250 m bo’lgan ko’prikdan o’tib ketishi uchun necha metr yurishi kerak? A) 100 m B) 250 m C) 350 m D) 150 m 8) Aftobus ikki bekat orasini 15 minutda bosib o’tadi, aftobus 1-bekatdan 4- bekatga qancha vaqtda boradi? A) 30 minut B) 45 minut C) 55 minut D) 1 soat 9) Xodani 3 bo’lakka arralash uchun 12 minut vaqt ketadi. Xodani 5 bo’lakka arralash uchun qancha vaqt ketadi? A) 24 minut B) 16 minut C) 18 minut D) 20 minut 10) Ketma – ketlikda so’roq belgisi o’rnida turgan soni toping? 6, 10, 14, 18, ? … A) 24 B) 21 C) 19 D) 22 Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling