Uch tomonlama shartnoma № “ 2021 yil
II. TOMONLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
Download 139.47 Kb. Pdf ko'rish
|
Шаблон 3 томонлама шартнома
II. TOMONLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI:
2.1.OLIY TA’LIM MUASSASASI: Oliy ta ’lim muassasasi quyidagi huquqlarga ega: - doktorantning ilmiy faoliyatini nazorat qilish va hisobot materiallarini so'rab olish; - ilmiy rahbar va konsultantlaming doktorantni xorijiy yetakchi ilmiy markazlarga ilmiy xizmat safariga yuborish to ‘g ‘risidagi iltimosnomasi asosida ilmiy xizmat safariga yuborishning maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish; - shaxsiy rejalarini bajarmagan doktorantni doktoranturadan chetlatish va bu haqda buyurtmachi tashkilotga xabar berish. Mazkur masala ushbu muassasaning kollegial organi (ilmiy kengashi, kengashi, ilmiy-texnik kengashi, ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengashi va boshqalar) qarori bilan rasmiylashtiriladi. Oliy ta’lim muassasasi quyidagi majburiyatlarga ega: - tayanch doktoranturaga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun magistr darajasi yoki oliy maTumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to ;g'risidagi diplomga ega bo‘lgan shaxslami tanlov asosida qabul qilishni ta ’minlash; l - falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun nomzodlaming malakaviy imtihonlarini topshirishi, umumnazariy tayyorgarligi va ilmiy-tadqiqotlar o ‘tkazishi uchun zarur sharoitlami yaratib berish; - doktorant bilan ilmiy rahbar yoki konsultant o ‘rtasida ilmiy izlanishlar bo‘yicha jiddiy kelishmovchiliklar yuz berganda doktorantning ilmiy rahbarini yoki konsultantini almashtirish to ‘g ‘risidagi arizasini ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish. Bunda mazkur masala ushbu muassasaning kollegial organi (ilmiy kengashi, kengashi, ilmiy-texnik kengashi, ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengashi va boshqalar) qarori bilan rasmiylashtiriladi; - har yili doktorantning shaxsiy rejasini amalga oshirish to ‘g ‘risidagi hisobotini tinglash va hisobot natijalari bo‘yicha xulosa tayyorlash hamda unung bir nusxasini buyurtmachiga taqdim etish. - Oliy ta’lim muassasasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega b o ‘lishi mumkin. Download 139.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling