<< MUQADDAS O`RTA YER TARIXI >> kitobida shunday yozilgan edi: “Ushbu kitobni mutoala qilar ekanman, Men buyuk va qudratli << SAURN>> o`z o`tmishimni yod aylayman, shu bilan birgalikda ta’kid etishim joizki, men ichgan muqaddas qasam amalga oshish arafasida, deyarli amalga oshdi deb hisoblayman. Mash’um qasam << QACHONKI MENDA KIMDIR YANA MEHR VA MUHABBATNI UYG`OTA OLSA, MEN BU KUCHNI YENGIB O`TAMAN, TOKI O`SHA INSONNI UCHRATMAGUNIMGA QADAR BU QUDRAT MENIKIDIR>>. Ushbu qasam o`z kuchida, unda aytib o`tganimdek mening qalbimda bir insonga mehr va muhabbat uyg`ondi, tarixda birinchi marotaba, hayotda esa ikkinchi marotaba buyuk ne’mat mening tanamni qoplab oldi, natijada men o`z qudratimni bo`ysundirdim va hayotga yaxshi niyat ila qaytib keldim, ammo yaxshilik qilish hech qo`limdan kelmadi, odamlarim menga qarshi bosh ko`tardi bundan g`azablanib ularga yangi vazifani yukladim. Mening asil o`zligim o`lik sifatida bu olamda yo`q bo`lsa-da, lekin ruhim shu dunyoda va u o`zining yangi qudratli tanasiga ega. Men, albatta, qaytaman, yovuzlik uchun emas, balki bu olamda tinchlik o`rnatish uchun yaxshilik va yovuzlikni uyg`unlashtirib, yangi olamni barpo etish uchun qaytaman…”
<< TEMIRCHILAR >> qirolligi bugungi kun. Darvozalar ochilsin Qirol << TURIN >> keldilar. Qirolim xaloyiq xavotirda ular nimalar bo`layotganini tushunmayabdilar ularni to`xtatishga urundik, ammo qo`shin jangovor shaylik darajasida, ekanligidan shuphada. Xalq orasida tinchlik saqlay olmasak qo`zgalon bo`lishi turgan gap. Unda nima qilamiz? Menda bir reja bor, bu sizlarga yoqmasligi mumkin. Ho`sh qanday reja. Yangi farmonni eshiting: Barcha sarkarda va qo`mondonlar Qirollik qo`shinining 4 dan 2 qismini << O`RTA YERLAR >> qirolligiga olib borishadi va u yerda harbiy tayyorgarlik ishlarini o`tkazishadi. Buyruqqa qarshi chiqqanlar jazolanadi. Qirolim axir bunday qiladigon bo`lsak qirolligimiz mudofaasiz qolib ketadi. Sarkarda to`g`ri aytyapti, qirolim, bu fikringizdan qayting. Men qarorimni aytib bo`ldim, u bajarilishi shart, odam soniga kelsak bu muammoni siz hal qilasiz qo`mondon, men sizlarga ishondim. Xo`p bo`ladi, Hukmdorim. Hoziroq << O`RTA YERLAR >> ga jo`nashga hozirlik ko`ring men ham sizlar bilan boraman. Amringiz bosh ustiga qirolim.
Do'stlaringiz bilan baham: |