Учавствовали в презентации


Download 0.77 Mb.
bet1/2
Sana06.02.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1169771
  1   2
Bog'liq
1489733791 65848


Malayziya Federatsiyasi Iqtisodiyot va Jahon mamlakatlari bilan olib borayotgan iqtisodiy munosabatlari
Reja:
1.Umumiy tavsifi.
2.Tabiati
3.Iqtisodiyoti.
4.Makroiqtisodiy
ko’rsatkichlari
5.Jahon mamlakatlari bilan aloqasi.
6.O’zbekiston bilan aloqasi.
Malayziya (Persekutuan Tanah Malaysiu) — Jan.-Sharqiy Osiyodagi davlat. X,ududini Jan. Xitoy dengizi ikkiga ajratib turadi; Gʻarbiy M. (Malayya) Malakka ya. o.ning jan.da, Sharkiy M. Kalimantal o.ning shim. qismida joylashgan. Mayd. 332,8 ming km2. Aholisi 22,2 mln. kishi (2001). Poytaxti — Kuala-Lumpur sh. Maʼmuriy jihatdan 13 shtat va 2 federal hududga boʻlinadi.

Ayni iqtisodiy jarayonlar davlat tomonidan ishlab chiqilgan aniq reja asosida izga solinib turibdi. Vaholanki, Janubi-Sharqiy Osiyodagi 24 mln. kishilik aholiga ega bo`lgan ushbu mamlakat 1957 yilgacha, ya'ni milliy mustaqillikkacha, asosan kauchuk va qalay ishlab chiqarish hamda eksport qilishga ixtisoslashgan qoloq bir mamlakat sanalardi. O`tgan yuz yillikning 60-yillaridanoq, hukumat bir maromdagi o`sish strategiyasini belgilab oldi. Bundan maqsad, iqtisodiyotni diversifikatsiyalash va sanoatlashtirishdan iborat edi. Asosiy e'tibor import o`rnini bosuvchi oddiy iste'mol mahsulotlari ishlab chiqarishga qaratildi. Aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash va kichik fermer xo`jaliklarini zamonaviylashtirish qishloq xo`jaligi sohasidagi muhim vazifalardan biri qilib qo`yildi. Sarmoyalarni rag`batlantirish haqidagi akt (1968 yil) qabul qilinganidan keyingina, eksport masalasi kun tartibiga qo`yildi.


Tabiati
Malayziya. ekvator mintaqasida joylashgan. Malakka ya. o.ning katta qismini tepaliklar, past va oʻrtacha balandlikdagi togʻlar (bal. 1000—2000 m; eng baland joyi — Taxan togʻi, 2190 m) egallagan. Sohil qismlari (eni 90 km gacha) payettekislik. Kalimantan orolining sohillari ham tekislik, oʻrta qismi tepaliklar va 2000—2400 m balandlikdagi togʻlardir. M.dagi eng baland joy — Kinabalu togʻi (4101 m). Iklimi ekvatorga xos, shimolrogʻida subekvator mussonli iqlim. Oʻrtacha oylik t-ra yil davomida 25°—28°, Yillik yogʻin sohillarda 2000—5000 mm. Daryolari (Rajang , Paxang , Baram, Kinabatangan va b.) sersuv. Tuproklari podzollashgan laterit, payettekisliklarda allyuvial tuproklar. Yer yuzasining 3/4 qismi doim yashil nam tropik oʻrmon. Palma, bambuk, togʻlarida eman, dafna va b. oʻsadi. Oʻrmon hayvonlari koʻp. Yirik hayvonlardan fil, ikki shoxli karkidon, himolay ayigʻi, yoʻlbars, qoplon, yovvoyi buyvollar, shuningdek, maymun, timsoh, boʻgʻma ilonlar bor. Tropik oʻrmonlarning oʻsimlik va hayvonot dunyosi Taman-Negara, Bako milliy bogʻlarida qoʻriqlanadi.
Aholisining 54 % malayyalar, 34 % xitoylar, 10 % hindlar va b, Davlat tili — Malayziya tili, Davlat dini — islom, Shahar aholisi 43 %. Yirik shaharlari: Kuala-Lumpur, Jorjtaun, Ipox, JoxorBaru va b.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling