Учебное пособие для практических занятий предназначено для магистров, обучающихся по специальности магистратуры 5А450206 «Водосберегающие технологии»
Hisobot: har bir talaba tomonidan individual ravishda tuzilgan landshaft fani boʻyicha atamalar va tushunchalar lugʻati. 2-amaliy mashgʻulot
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Ландшафтли ирригация узбек oquv qollanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.3. Landshaftlar va ularning strukturasi. Landshaftlar yer yuzasining real mavjud bir qismi boʻlib, mustaqil
Hisobot: har bir talaba tomonidan individual ravishda tuzilgan landshaft fani
boʻyicha atamalar va tushunchalar lugʻati. 2-amaliy mashgʻulot Landshaftlarni tabiiy omillar boʻyicha tasniflash, antropogen taʼsir turlari, ijtimoiy-iqtisodiy funktsiya. Ushbu ish uchun material shaklida quydagilar taqdim etiladi: har xil turdagi landshaftlarning maketlari va fotosuratlari. Maqsad: Yer tasnifi boʻyicha nazariy bilimlarni qoʻllash orqali landshaftlarni tavsiflashda turli omillardan foydalanish. Vazifalar: 1) Ijtimoiy - iqtisodiy holatni hisobga olgan holda landshaftlarni ajratib koʻrsatish; 2) landshaftlarni tabiiy omillar bilan ajratib koʻrsatish; 3) landshaftlarni antropogen taʼsir turlari boʻyicha ajratish; 4) oʻrganilgan barcha tasniflardan foydalanilgan holda landshaftlar toʻgʻrisida batafsil ma'lumot berish; 5) landshaftlarning ma'lum tasnif turlariga topshirilishini asoslash. Shaxsiy topshiriqni bajarish jarayonida magistrga beriladi: -turli xil landshaftlarga ega fotosuratlar yoki maketlar toʻplami, berilgan vazifalarni ketma - ket hal qilish boʻyicha koʻrsatmalar va boshqalar. Topshiriqni bajarish tartibi: 1) GOST boʻyicha landshaftlar tasnifidan foydalanib, ijtimoiy-iqtisodiy tomondan landshaft turiga qarab uning funktsiyalari va tegishli landshaftni aniqlash; 2) tabiiy omillarga koʻra landshaftni tavsiflash; 22 3) taqdim etilgan landshaftlardagi antropogen taʼsirni tavsiflash; 4) landshaftlarni tasniflagandan soʻng, landshaftlarni ma'lum tasniflash uchun mantiqiy asoslash. Hisobot: individual topshiriq boʻyicha hisobot muayyan amaliy materialda bajarilgan vazifalarning batafsil tavsifi shaklida taqdim etiladi. 1.3. Landshaftlar va ularning strukturasi. Landshaftlar yer yuzasining real mavjud bir qismi boʻlib, mustaqil tabiiy hosil boʻlgan boʻlib, bir-biridan sifat jihatdan farqlanadilar. Har qanday landshaft bir qator komponentlardan va ularning oʻzaro bogʻliqligidan tashkil topgan (1.13- rasm). Har bir konkret landshaftni shakllanishida yer sathining geologik tuzilishi, relyefi, iqlimi, tuprogʻi, suv resurslari va boshqa tabiiy komponentlari ishtirok etadi, ular landshaft yuzaga keltiruvchi omillarga kiritiladi va turli tipdagi tizimlardan tashkil topgandir. 1.13-rasm. Landshaftning koʻrinishi Har qanday landshaft oʻziga xos strukturaga ega boʻlib, fazoda va vaqt oraligʻida oʻzgarib boradi. Ushbu oʻzgarishlarning xarakteri davrli, ssiklik va ritmik ravishda namoyon boʻladi. Landshaftlarda sodir boʻluvchi davriy oʻzgarishlarga yirik daryoboʻyi landshaftlarini doimo bir paytda, ya’ni bahorgi suv toshqinlarida suv bosishini misol qilish mumkin. Demak landshaft rivojlanishida u yoki bu tabiiy jarayonlar aniq bir vaqt oraligʻida doimo qaytarilib turadi. 23 Tabiiy landshaftlardagi ssiklik oʻzgarishlar uning avvalgi holatiga muayyan bir davrdan soʻng qaytishi bilan harakterlanadi. Bunga misol tariqasida konkret landshaftda, ya’ni masalan kesilgan oʻrmon maydonini tabiiy tiklanishi, qoʻriqlanadigan togʻli hududlarda tabiiy oʻsimlik qoplamini qoʻriqxona muhitida qayta tiklanishini keltirish mumkin. Landshaftlar strukturasida sodir boʻluvchi ritmik oʻzgarishlarga turli vaqt oraliqlarida uning tabiiy komponentlarida yoki morfologik bir qismlarida yuzaga keladigan oʻzgarishlar kiradi. Bunga misol tariqasida tabiatda doimo sodir boʻlib turuvchi sel, koʻchkilar, suv va shamol eroziyasi, zilzilalar va hokazo jarayonlarni keltirish mumkin. Ushbu tabiiy jarayonlar katta hududlarda landshaftlar qiyofasini tubdan oʻzgartirib yuboradi. Landshaftlar oʻz - oʻzini boshqaruvchi tizim hisoblanadi, u doimo muvozanat holatga intiladi. Bu landshaftlardagi turli aloqalar hisobiga erishiladi, ular orasida toʻgʻri va qaytuvchi aloqalar peshqadamlik qiladi, ular oddiy oʻz-oʻzini boshqarish, orqali uning strukturasida stabil holatni yuzaga kelishini ta’minlaydilar. Muayyan landshaftni bir holatdan ikkinchi yangi muvozanatli holatga oʻtishi tashqi sabablar, shu jumladan insonning xoʻjalik faoliyati tufayli sodir boʻladi va oʻtish vaqti koʻpgina omillar va sabablar tomonidan belgilanadi. Bular, masalan landshaft majmuasining komponentlarini oʻz massasini va energiyasini saqlash qobiliyati, turli tashqi ta’sirlarga chidamlilik darajasi, davom etayotgan jarayonlar va holatlarni masshtabliligi va hokazolardir. Landshaft - tipologik majmualar boʻlib stabillik holatiga koʻra chidamli nisbatan chidamli va suksession turlariga ajratiladi. Landshaftning chidamli holati deyilganda uning stabil muvozanat holati tushuniladi, ya’ni unda avvalgi muvozanat holatni tiklashga qaratilgan rivojlanish dominantlik qiladi. Agarda landshaftning tashqi qiyofasida va strukturasida sezilarli darajadagi oʻzgarishlar tashqi unchalik ahamiyatsiz sabablarga binoan sodir boʻlsa, landshaftlar nisbatan chidamli hisoblanadilar. Faol kechuvchi u yoki bu jarayonlar (mavjud landshaft oʻrnida yangi tabiiy yoki antropogen, modifikatsiyali landshaftlar yuzaga kelishi) natijasida kuchli oʻzgarishga uchragan landshaftlar suksession landshaftlar deb 24 ataladi. Demak suksession landshaftlar oʻzining tashqi va ichki strukturasini nisbatan tez oʻzgartiruvchi landshaftlar hisoblanadilar. Suksession landshaftlar asosan antropogen omil ta’siri natijasida yuzaga keladi (Togʻlarda ruda va noruda qazilmalar, koʻmir konlarida ochiq usulda qazish). Tabiatda landshaft-ekologik muvozanat dinamikasini oʻrganish muammosi, ayniqsa togʻli tizimlarda murakkab boʻlib shu bilan birga u dolzarb hisoblanadi. Shu oʻrinda ta’kidlash lozimki, landshaft tabiatdan foydalanishning asosi boʻlish xoʻjalik funksiyalarni bajarishdan tashqari muhim hayotiy funksiya inson yashash muhitini yuzaga keltiradi. Landshaft morfologiyasi va klassifikatsiyasi tushunchasiga qisqacha izoh berib oʻtamiz. Landshaftni morfologik jihatdan oʻrganishda undangi ichki hududiy boʻlinganligi; komponentlari orasidagi oʻzaro aloqalar xarakteri va morfologik qismlarini oʻzaro joylashganligi e’tiborga olinadi. Landshaftning morfologik qismlari nisbatan mayda tabiiy majmualardan iborat boʻlib, ularni shakllanishi va rivojlanishi konkret hududning mahalliy xususiyatlariga bogʻliq holda amalga oshadi. Landshaftning eng sodda, quyi morfologik birligi kenglikda uning tabiiy komponentlari orasidagi oʻzaro bogʻlanishli aloqalari xarakteri oʻzgarmas boʻlgan “fatsiya” hisoblanadi. Bu, tabiiy-hududiy majmua boʻlib, unda davomiy uzoq davrda relyef xarakteri, namgarchilik, mikroiqlim, tuproq turlari, biotsenoz va yer ustki ma’danlarining litologiyasi bir xil saqlanadi. Fatsiya asosan mikroshaklni yoki uning bir qismini egallaydi va uning asosiy sifati - majmuaviyligini saqlab qoladi. Bunga misol tariqasida deyarli tuproq-oʻsimlik qoplamidan maxrum boʻlgan jarlik yonbagʻirlari, daryo havzasidagi unchalik chuqur boʻlmagan hamda oʻtloq va chimli - loyli tuproqli daryo boʻyi yerlari, shimoliy ekspozitsiyali togʻ yonbagʻirlarining quyi qismi, botqoqlikning kichik boʻlagi va hakozolarni keltirish mumkin. 25 Avvaldan mavjud boʻlgan va oʻzgartirilgan antropogen fatsiyalar - shudgor, oʻrmon ihotazori, madaniy oʻrmonlar, mevali bogʻlar, qishloq xoʻjaligi ekinlari maydonlari kabi fatsiyalarga ajratiladi. Yer yuzasida fatsiya turlari nihoyatda xilma xil va ularni alohida oʻrganish ancha murakkab jarayon. Shuning uchun faqat asosiy va tipik landshaft boʻlimlari oʻrganiladi, bu ularni kelib chiqishi va biotsenoziga koʻra guruhlar yoki tiplarga asosli ravishda ajratish imkonini beradi. Ushbu jarayon ham ilmiy, ham amaliy ahamiyatga ega boʻlib, u yoki bu guruhdagi fatsiyalar turli xil qishloq xoʻjaligi ekinlari maydonlarini shakllantiradilar, ular boʻlsa oʻz navbatida potensial landshaft-resurs imkoniyatlariga ega boʻladilar. Ikki yoki bir necha fatsiyalar murakkabroq tabiiy-hududiy majmualar-oʻz relyefiga va biotsenoziga ega mustaqil tabiiy yer maydonlarini tashkil etadilar. Ushbu landshaftlarning morfologik qismlari oʻzaro bir-biri bilan bogʻlangan fatsiyalardan iborat boʻlib, har bir fatsiya relyef mezoshakli chegaralari doirasida shakllangan boʻladi. Vodiy sharoitlarida daryo terrasalari havzalari (1.14-rasm), dengiz boʻyi qumlari, botqoqliklar tabiiy majmualar boʻlib, ularda oʻziga xos namgarchilik sharoitlari va biogetsinoz shakllangan. Bogʻlarda boʻlsa turli ekspozitsiyadagi togʻ yonbagʻirlari, togʻ daryolari havzalari, daralar, kanonlar, suv ayirgʻich maydonlari, botqoqlar va hakozolar tipik urochishega misol boʻladi. Sayxonliklar asosiy (dominant) va boʻysunuvchi tiplarga ajratiladi. 1.14-rasm. Vodiy sharoitida landshaftlar 26 Dominant sayxonliklar landshaftda keng tarqalgan va uning morfologik strukturasining asosini tashkil etadi. Masalan eroziyaga uchragan vodiylarda jarliklar, balkalar, balkalar oraligʻidagi maydonlarda shakllangan sayxonlik uning asosini tashkil etadi. Boʻysunuvchi sayxonliklar landshaft davomida koʻp uchraydilar, ular qoida boʻyicha katta maydonlarni egallamaydilar, lekin shu bilan bir paytda muayyan landshaftga oʻziga xos koʻrinishlar beradi. Bepoyon dasht landshaftining quyi tekisliklaridagi koʻp va botqoqliklardan iborat chuqurliklar, botqoqlar, choʻkmalar uchraydi. Ushbu boʻysunuvchi sayxonliklar relyefning salbiy shakl va xususiyatlari (erozion, karstli, yer ostki suvlari joylashuvi, yer osti suv manbalari va xakozo) bilan bogʻliq boʻladi. Sayxonliklarni guruhlash va ularda sodir boʻluvchi oʻzgarishlarni nazoratga olish - murakkab masala hisoblanadi. Sayxonliklarni ajratish va guruhlashda asosiy mezonlar sifatida muayyan biotsenozni shakllantiruvchi mezorelyef, substrat tarkibi, namlanishi sharoitlarida va drenaj hisobga olinadi. Shuni ta’kidlash lozimki, turli tabiiy hududlardagi bir xil relyef va ona jinsli sharoitlarda oʻziga xos mahalliy iqlim, suv rejimi, turli tuproq va biotsenozlar shakllanadilar. Bu sayxonliklarni ham turlicha boʻlishini ta’minlaydi. Shu sababli ham sayxonliklarni guruhlash - ularni tiplarga, kenja tiplar va turkumlarga birlashtirish ularning zonal va provinsial xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Bir landshaft turli tipdagi sayxonlaklardan iborat boʻlishi mumkin, shu jumladan insonning tabiatga aralashuvi oqibatida (shudgorlar, yongʻin boʻlgan maydonlar, kesilgan oʻrmon maydoni, qurigan oʻtloqlar) yuzaga kelgan turli modifikatsiyadagi antropogen oʻzgarishlar shular jumlasidandir: Guruhlashda turli modifikatsiyalarni tabiiy fatsiyalar va sayxonliklar bilan bogʻlanishi aks ettirilishi lozim. Shuning uchun sayxonliklarni va ularni asosini tashkil etuvchi fatsiyalarni guruhlashda tabiiy omillar hisobga olinadi. Turli xil antropogen qishloq xoʻjaligi modifikatsiyalar parallel guruhlanadi, lekin asosiy 27 qatorga yoki asosli, tub omil - tabiiy fatsiyalar va sayxonliklardan qat’iy boʻysunadi. Albatta fatsiya va sayxonliklarni doimiy, oʻzgarmas xosilalar nafaqat relyef rivojlanishi, balkim oʻsimlik dunyosi ta’siri, turli geokimyoviy va boshqa jarayonlarga bogʻliq boʻladi. Boshqacha aytganda landshaftning morfologik qismlarini doimiy oʻz-oʻzidan rivojlanishi sodir boʻladi, uning oʻzgarishi ichki qarama-qarshiliklar natijasida sodir boʻladi. Tabiiy landshaftlardagi oʻz-oʻzidan rivojlanish jarayoni mavsumiy yoki boshqassiklik oʻzgaruvchanlik bilan mos ravishda oʻtadi. Hozirgi paytda asosiy landshaftlarning rivojlanishi ularga inson faoliyatining aralashuvini qay darajada ekanligi bilan belgilanadi. Sayxonliklarni oʻrganish, ularni guruhlash va kartalashtirish hududni ilmiy asoslangan uslublarda qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun tashkil etishga imkon beradi. Agarda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida fatsiyalar orasidagi farqlar unchalik e’tiborga olinmasa, aksincha tabiiy sharoitlari turlicha boʻlgan sayxonliklarda bu farqlar e’tiborga olinadi va turlicha foydalaniladi. Masalan, biron - bir suv ayirgʻich dasht tekisligidagi sayxonlikni shudgor sifatida foydalanilsa, ushbu hududni ajratib turuvchi balkalarni oʻrmon yoki oʻtloq yaylovlari sifatida foydalanish mumkin. Agarda yirik shudgorlangan massiv turli tipdagi sayxonliklardan iborat boʻlsa, unda ushbu hududda bir xil agrotexnik tadbirlarni qoʻllash tavsiya etilmaydi. Shunday qilib, tabiiy ichki turli-tumanligini bilish, ularda agrotexnik va tabiatni muhofazalovchi tizimlarni ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi, ular oʻz navbatida landshaftda kechuvchi geokimyoviy va biofizik jarayonlarni bir maromga solish va yer resurslarini yuqori tabiiy potensialini mavjudligini ta’minlaydi. Fatsiya va sayxonliklar quyi tabiiy-hududiy majmualar boʻlib, ular konkret yer uchastkasining tabiiy xususiyatlarini oʻzida aks ettiradi. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling