Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»


Download 1.23 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/66
Sana25.10.2023
Hajmi1.23 Mb.
#1720949
TuriУчебное пособие
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   66
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

Nutq tovushlarining o‘zgarishi. Nutq tovushlarini talaffuz 
qilganimizda turli xil o‘zgarishlarga uchraydi. Ba’zan tovush almashishi, 
ba’zan tovush tushishi hodisasi ro‘y berishi mumkin. Bulardan tashqari 
tovush o‘zgarish hodisalarining quyidagi turlari mavjud. Singormanizm, 
assimilyasiya, dissimilyasiya, metateza, tovush orttirilishi, tovush 
moslashuvi va boshqa hodisalar.
Singormanizm 
hodisasi. 
Singormanizm 
unli 
tovushlarning 
moslashuvi, ohangdorligi, uyg‘unligini qamrab oladi. Singormanizm 
hodisasi faqat turkiy tillarga xos. Eski o‘zbek tilida bu hodisaga amal 
qilingan. Hozirgi kunga kelib, sekin-sekin bu hodisa unitilib ketayapdi. Bu 
hodisaga binoan so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida qanday unli kelsa, keyingi 
bo‘g‘inda ham shu unli kelishi lozim. Masalan: uzum, quruq, burun kabi.
Dissimilyasiya hodisasi. Dissimilyasiya ikkita o‘xshash tovushning 
noo‘xshash tovushga aylanib ketish hodisasidir. Dissimilyasiya hodisasi 
ham ikki xil bo‘ladi: a) progressiv dissimlyasiya: zarur – zaril, birorta - 
bironta. b) regressiv dissimliyasiya: koridor- kolidor, ittifoq – intifoq kabi.  
Assimilyasiya hodisasi. Assimilyasiya qator kelgan tovushlar bir-
biriga ta’sir qilib o‘xshash tovushga aylanib ketishidir. Bu hodisa ikki xil 
bo‘ladi. a) oldingi tovushning keyingi tovushgi o‘ziga moslashtirishi 
progressiv assimlyasiya deyiladi: aytdi –aytti, yurakga – yurakka. b) 
keyingi tovushning oldingi tovushni o‘ziga o‘xshatib olishi regressiv 
assimlyasiya deyiladi: tuz+siz –tussiz, bir+ta – bitta kabi. 
Metateza hodisasi. Metateza undosh tovushlarning talaffuzga qulay 
bo‘lishi uchun o‘rin almashinishidir: yog‘mir – yomg‘ir, tuproq – turpoq, 
aylanmoq – aynalmoq kabi. 
Tovush orttirilishi hodisasi. Tovush orttirilishi hodisasi so‘zning 
barcha o‘rinlarida, ya’ni boshida, o‘rtasida, oxirida kuzatiladi: stadion – 
istadion, spravka – ispravka, fikr – fikir, tank – tanka kabi.

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling