10-Mavzu: Qarorlar qabul qilish jarayoni
Asosiy savollar:
1.Boshqaruv qarorlarining mohiyati.
2.Boshqaruv qarorlarini tayyorlash jarayoni va qabul qilish bosqichlari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: boshqaruv qarori, tashkiliy qaror, intuitiv qaror, qaror qabul qilish jarayoni, qarorni ishlab chiqish, qarorni bajarish, programmalashtirilgan qaror.
Mavzuda ko`rib chiqiladigan muammolar:
1. Тo`g`ri qaror qabul qilish va ularni boshqaruv faoliyatining samaradorligiga ta’siri.
Qarorlarni qabul qiluvchilar va ularni amalga oshiruvchilar o`rtasidagi aloqalar.
Boshqaruvda qarorlarni optimallashtirish va unga ta’sir etuvchi shart-sharoitlar, omillar tahlili.
1-savol bo`yicha dars maqsadi:
1.Boshqaruv qarorlari mohiyatini ochib berish.
2. Boshqaruv qarorlarining ko`rinishlarini tushuntirish.
Identiv o`quv maqsadi:
1.1. Boshqaruv qarorlariga ta’rif bera oladi.
1.2. Boshqaruv qarorlarining xususiyatlarini izohlay oladi.
1-savol bayoni:
Qarorlar qabul qilish har qanday boshqaruv faoliyatining muhim qismidir. qarorni boshqaruv mehnati mahsuli, uni qabul qilishni esa ushbu mahsulotni paydo bo`lishiga olib boruvchi jarayon sifatida qarash mumkin. qarorlarni qabul qilish tajriba oshgan sari yuzaga keladigan ko`nikmalardan hisoblanadi.
Qarorlarni qabul qilish tashkilotning istalgan holati, ya’ni kelajagi va hozirgi kuni orasidagi uzilishini qisqartiruvchi harakatlar yo`nalishi, alternativalari yoki variantlari ichida ongli anglangan tanlov demakdir. Тashkilotda qarorlarni qabul qilish har xil bosqichdagi menejerlar tomonidan amalga oshiriladi va ushbu qarorlar tashkilotning bitta bo`linmasiga yoki butun faoliyatiga o`z ta’sirini o`tkazishi mumkin. Shuning uchun qabul qilinayotgan qarorlar uchun ma’suliyat quyidagicha: odam tomonidan amalga oshiriladigan ongli, maqsadli faoliyati, qadriyatlari yo`nalishiga va faktlarga asoslangan xulqi; tashkiliy muhitning ijtimoiy va siyosiy holati chegaralarida alternativalar tanlash; umumiy boshqaruv jarayonining bir qismi; menejerning har kundalik ishining zaruriy qismi; barcha boshqa boshqaruv funktsiyalarini bajarilishi uchun ahamiyatli bosqichdir.
Qarorni to`g`ri qabul qila bilish juda ko`p narsalarga, jumladan, bilim, tajriba, vaziyatni yaxshi bilish va to`g`ri baholash, yetarli ma’lumotlarga ega bo`lishga va vaqtga bog`liq bo`ladi. Тo`g`ri qarorlarni qabul qilish boshqaruv san’ati doirasiga oid, bilimlar va ko`nikmalar majmuasi esa rahbarning mahorat darajasini belgilaydi. qaror bu alternativa tanlash demakdir.
Тashkiliy qarorlar-rahbar o`z lavozimidan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarishi uchun amalga oshirishi lozim bo`lgan tanlovdir. Eng samarali tashkiliy qaror aynan amalda haqiqatan ham ruyobga chiqadigan qarordir. Тashkiliy qarorlar programmalashtirilgan va programmalashtirilmagan qarorlarga bo`linadi. Programmalashtirilgan qarorlar ma’lum tadbirlar yoki harakatlar ketma-ketligini amalga oshirish natijasidir. Odatda qarorlarda mavjud alternativalar cheklangan bo`lib, tashkilot tomonidan berilgan yo`nalishlar doirasidagina tanlov amalga oshiriladi. Programmalashtirilgan qarorlar, odatda, tipik qaytarilib turiladigan vaziyatlarga qarata tuzib olinadi. Programmalashtirilmagan qarorlar nisbatan yangi vaziyatlarda, noma’lum omillar bilan bog`liq hollarda talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |