Yakuniy baholashda talaba 5 ta savolga yozma va 25 ta test savoliga javob berishi lozim.
har bir yozma savolga 2 ball ajratiladi.
agar savol mohiyati to`la ochilgan bo`lib, talabaning tanqidiy nuqtai nazari bayon qilingan bo`lsa–1,8-2 ball
savolning mohiyati ochilgan, asosiy faktlar to`g`ri bayon qilgan bo`lsa–1,4-1,7 ball
savolga javob berilgan, ayrim kamchiliklari bor bo`lsa – 1,0-1,3 ball
berilgan savolda javoblar chalkash va kamchiliklar ko`proq bo`lsa-0,6-0,9 ball beriladi
test savolining har biri 0,2 ballik tizimida baholanadi.
Eslatma: Тalabaning umumiy bali hisoblanganda yaxlitlab olinadi.
O`zlashtirish ko`rsatkichi:
86-100 ball – «a’lo»,
71-85 ball – «yaxshi»,
55-70 ball- «qoniqarli»
hisoblanadi.
Saralash bali -55.
IV. LEKTSIYALAR KURSI
1-mavzu: Menejment asoslari kursining predmeti va vazifalari
Asosiy savollar:
Menejment asoslari kursining predmeti va metodlari. Fanning vazifalari.
Тashkilot-menejment ob’yekti sifatida.
Boshqaruv tizimi tushunchasi.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Biznes, tashkilot, menejment, biznesmen, menejer, tadbirkorlik, tadbirkor, fanning ob’ekti, fanning maqsadi, fanning vazifalari.
Mavzuda ko`rib chiqiladigan muammolar:
1.1. Menejment asoslari kursini o`rganishdagi usullar va yondashuvlarning o`zaro bog`liqligi.
1.2 Тashkilotni menejment ob’ekti sifatida iqtisodiy-tashkiliy jihatdan ta’riflanishi va uning ko`rinishlari.
1-savol bo`yicha dars maqsadi: Тalabalarga menejmentning mohiyatini ochib berish va fanning predmeti, metodlari bilan tanishtirish.
Identiv o`quv maqsadlari:
1.1. Menejment asoslari kursining predmeti va metodlarini yoritib bera oladi.
1.2. Menejment asoslari kursining vazifalarini aytib bera oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |