105
- fayllarni chop etishga tayyorlash jarayonini tezlashtiradi (ayrim
vaqtlarda
bir necha marta), ayniqsa agar RIP Post Script til emulyatoriga emas, balki uning
haqiqiy amalga oshirilishiga ega bo‟lsa;
- tasvirni cho‟zishni, o‟lchamlarga hech qanday cheklash qo‟ymasdan, uni
avtomatik tarzda plotter formatiga mos fragmentlarga bo‟lib, keyinchalik bir butun
qilib yelimlash bilan bajarish imkonini beradi.
CorelDraw va PhotoShop vazifalarining ko‟plarini
mujassamlab,
tasvirni
rastrli – vektorli tahrirlash imkonini beradi (bunday integral vazifalar eksport –
import bo‟yicha fayllar operatsiyalariga sarflanadigan vaqtni tejaydi).
Shunday qilib, dasturli RIP plotter texnologiyalarining
zarur elementiga,
plotterlar ishlari unumdorligi va sifatini oshirishning
ahamiyatli vositasiga
aylanadi.
Nazorat savollari va topshiriqlar
1.
Loyihani tayyorlashni GAT yoki LIAT ga o‟tkazishning
umumiy
texnologiyasi nimalardan iborat bo‟ladi?
2.
Uch o‟lchamli grafikaga ishlov berishning asosiy texnologiyalarini sanab
bering.
3.
Grafikaviy stantsiya nima? LIAT bilan
ishlashda u qanday asosiy
ishlarni bajaradi?
4.
Rastrli va vektorli tasvirlarga tarif bering.
5.
Raqamli tasvirni yaratishning qanday usullarini bilasiz?
6.
Gibrid texnologiyalar nimalardan iborat bo‟ladi?
7.
Raqamli tasvirni olishda qanday vositalardan foydalaniladi?
8.
Skanerlash jarayoni nimalarni o‟z ichiga oladi?
9.
Qanday grafikaviy fayllar formatlarini bilasiz?
10. Qaysi grafikaviy format ma‟lumotlarni siqishning eng yuqori darajasiga
erishishni ta‟minlaydi?
11. Vektorlashning qanday dasturiy vositalarini bilasiz?
12. LIATda qanday rastrli – vektorli tahrirchilardan foydalanish mumkin?
106
13. Qanday qurilma grafikaviy ma‟lumotlarni qog‟ozga
chiqarishni
ta‟minlaydi?
14. Grafikaviy chiqarish qurilmalarining asosiy turlarini sanab bering.
15. Grafikaviy chiqarish qurilmalarining asosiy markalarini ayting.
16. Grafikaviy fayllarni plotterga chiqarishning
turli xil usullarining
ustunliklari va kamchiliklari nimalardan iborat?
Do'stlaringiz bilan baham: