Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы
YTLATning ahamiyati, o’rni va vazifalari
Download 3.13 Mb. Pdf ko'rish
|
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i
1.3. YTLATning ahamiyati, o’rni va vazifalari
Yer tuzish loyihalarini ishlash, yer tuzish ishlarining asosiy qismlaridan biri hisoblanadi. Undan tashqari bu tarkibga quyidagilar ham kiradi : - davlat yer kadastri, monitoringi va yerlarni baholash ishlarini olib borish. Ularning ma‟lumotlari yer resurslarini boshqarish bo‟yicha qarorlar qabul qilishda axborot asosi sifatida xizmat qiladi; - plan-xarita materiallarini yaratish va yangilash, yer tuzish va yer kadastri ishlarini bajarish uchun zarur maxsus izlanish va qidiruvlarni o‟tkazish; - yer tuzish va yer kadastri uchun zarur topografik-geodezik ishlarni bajarish; - yer resurslaridan foydalanishni rejalash va bashoratlash; - yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‟yicha davlat dasturlarini ishlash va amalga oshirish; - yer tuzish loyihalari asosida yerlardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni tashkil etish; - yer munosabatlarini tartibga solishning huquqiy va iqtisodiy mexanizmlari vazifalarini amalga oshirish; 12 - yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini olib borish. Yer tuzish xizmatining ishi va unda yaratiladigan avtomatlashtirilgan tizimlarning samaradorligi barcha yuqorida sanab o‟tilgan vazifalar birgalikda yechilsagina yuqori bo‟ladi. Iqtisodiy islohotlar o‟tkazilayotgan yangi sturlioitda yer tuzish xizmatining vazifalari doirasi keskin kengaydi. Bu esa o‟z navbatida bir biri bilan aloqador, ko‟p bosqichli tarkibga ega va nafaqat ichki foydalanuvchilar, balki tashqi standart va nostandart so‟rovlar uchun ham ochiq avtomatlashgan tizimlarni yaratish zaruratini tug‟diradi. Bunday avtomatlashgan tizimlar 2-rasmda keltirilgan. 2-rasm.YTLAT bilan bevosita bog‟liq avtomatlashgan tizimlar Bu bo‟linishdagi ayrim tizimlar boshqa tizimlar tarkibiga kirishi ham mumkin (masalan TGMIBAT YEKAT tarkibiga kirishi mumkin). Biroq ularning asosiy funktsional vazifalari (1-rasm) ularning yuqori tizim tarkibida ham yetarli darajada mustaqil ishlash imkonini beradi. TGMIBAT ma‟lumotlarni elektron taxeometrlar, yer yo‟ldoshlari tizimlari, digitayzerlar, skanerlar, an‟anaviy usullar 13 va vositalardan foydalanib, aerotasvirgeodezik va yerda tasvirga olish usullari yordamida olishga mo‟ljallangan. Uning yordamida olingan obyekt to‟g‟risidagi ma‟lumotlar asosida topografogeodezik ma‟lumotlar banki yaratiladi. 3-rasm. Yer resurslarini boshqarishda qo‟llaniladigan avtomatlashgan tizimlar Тopografo-geodezik ma‟lumotlarni olish va ishlov berishning avtomatlashgan tizimi (ТGMIBAТ) Ichki tizimlar: kosmik, aerotasvirgeodezik, yerda to‟planadigan ma‟lumotlar. Kartografik ma‟lumotlarga ishlov berishning avtomatlashgan tizimlari (KMIBAТ). Ichki tizimlari: kartografik materiallarni sonli ma‟lumotlarga aylantirish va yer yuzasining sonli modelini yaratish; koordinatalarni, shartli belgilarni, karta o‟lchamlarini sonli ko‟rinishga aylantirish; kartalarni tuzish, geografik tahrirlash, ko‟paytirish, yangilarini yaratish. Yer kadastrining avtomatlashtirilgan tizimi (YEKAТ). Ichki tizimlari: yer yuzasining sonli modellarini yaratish, yig‟ish va tuzatishlar kiritish; birlamchi ma‟lumotlarga ishlov berish; yer egaliklari va yerdan foydalanishlarning yerlarini hisobga olish, ro‟yxatdan o‟tkazish; yerlardan foydalanishni nazorat qilish, yer monitoringi; me‟yoriy ta‟minotni shakllantirish; standart so‟rovlar bo‟yicha hujjatlarni tayyorlash, nostandart so‟rovlarni ta‟minlash. Rejaviy yer tuzish hisoblashlari avtomatlashgan tizimi (REТHAТ). Ichki tizimlar: maxsus me‟yoriy axborot ta‟minoti; yerdan foydalanishni rejalash va bashoratlash; yerdan samarali foydalanishni tashkil etish bo‟yicha tadbirlarni dasturlash; yerdan foydalanishning maxsus tartibi va shartlariga ega hududlar chegaralarini belgilash. Yer tuzishni loyihalashning avtomatlashgan tizimi (YEТLAТ). Ichki tizimlari: me‟yoriy axborot ta‟minoti; yer tuzish ishlarini tashkil qilish va rejalashtirish; loyiha oldi hisoblashlari; xo‟jaliklararo yer tuzish; xo‟jalikda ichki yer tuzish; ishchi loyihalash 14 Kartografik ma‟lumotlarga ishlov berish tizimi (KMIBAT) kartografik materiallarning raqamli ma‟lumotlarga aylantirish va hududning raqamli modelini yaratish, yaratilgan yoki boshqa tizimlardagi hududning raqamli modellaridan kartalarni tuzishda, ularni ko‟paytirishda grafikaviy tahrirlashda foydalanish uchun qo‟llaniladi. Yer kadastrining avtomatlashtirilgan tizimi (YEKAT) yer uchastkalarining son va sifat tavsiflari bo‟yicha ma‟lumotlarni o‟zida mujassamlaydi va yer hisobini olib borishga, yer egaliklari va yerdan foydalanishlarni ro‟yxatga olishga, tuproq bonitirovkasini o‟tkazishga, yerlarni baholashga, yerlardan foydalanish ustidan nazoratni olib borishga va davlat organlarini yer munosabatlarini huquqiy tartibga solish, iqtisodiy ta‟sir va rag‟batlantirish usullaridan foydalanishlari uchun axborot bilan ta‟minlashga qaratilgan. RETHAT yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishni rejalash va bashoratlashga, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish sohasidagi maqsadli davlat dasturlarini ishlashga, yer munosabatlarini tartibga solishning iqtisodiy mexanizmini joriy etishga, standart va nostandart so‟rovlarni ma‟lumotlar bilan ta‟minlashga qaratilgan. YTLAT esa yer tuzish masalalarini yechishning asosiy tizimi bo‟lib, u xo‟jaliklararo va xo‟jalikda ichki yer tuzish ishlarini bajarishda, ishchi loyihalarni amalga oshirish ustidan mualliflik nazoratida foydalaniladi. 3-rasmda keltirilgan tizimlar orasidagi aloqalarni va yangi bozor iqtisodiyoti sturlioitidagi yer tuzish ishlari mazmunini tahlil qilish «O‟zbekiston yer resurlarini boshqarish» super tizimining modelini yaratish mumkinligini ko‟rsatadi va ushbu super tizim tarkibida YTLAT ning o‟rnini aniqlaydi (4 rasm). Yer tuzishni loyihalash ishlari bilan «O‟zdaverloyiha» instituti va uning viloyatlardagi bo‟linmalari shug‟ullanishlarini hisobga olib YTLAT ni ushbu institutda va uning viloyat bo‟linmalarida tashkil etish maqsadga muvofiqdir. 15 4-rasm. Davlat yer resurslarini boshqarishning avtomatlashgan tizimi tarkibida YTLAT Download 3.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling