Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы


 CHiziqli va konturli obyektlarning maydonlarini hisoblash


Download 3.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/84
Sana06.11.2023
Hajmi3.13 Mb.
#1752168
TuriУчебное пособие
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   84
Bog'liq
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i

4.3. CHiziqli va konturli obyektlarning maydonlarini hisoblash 
YTLATda yechiladigan masalalarning eng ko‟p tarqalganlaridan biri - turli 
qanday qatlam uchun karta maydoniga tuzatib bog‟langan chiziqli va konturli 
obyektlarning maydonini hisoblashdir. Bu masalani yechishda maydonlarida defor-
matsiya natijasida o‟zgarish yo‟q kartalardan foydalanish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. 
YTLAT tarkibiga konturli obyektlarni identifikatsiyalashni va ularning 
yopiqligini nazorat qilishni ta‟minlovchi; masshtabsiz sturlitli belgilar bilan 
ko‟rsatilgan chiziqli va nuqtali obyektlarni identifikatsiyalash, ularning chiziqli 
o‟lchamlariga mos tarzda himoya mintaqalarini qurish; ajratilgan himoya maydon-
larini hisobga olgan holda, barcha obyektlarning maydonlarini hisobga olish; 
sektsiyalar va planshetlar ichida maydonlarni bog‟lash; planshetga yangi konturni 


62 
geodezik koordinatalari bo‟yicha tushirish va zarurat tug‟ilganda planshetda 
konturlarni qayta bog‟lash; obyektni bo‟lish yoki ikki va undan ko‟p konturlarni 
berilgan maydon ko‟rsatkichi bo‟yicha bittaga birlashtirish. 
Konturlar maydonlarini hisoblash bo‟yicha berilgan topshiriqning EHMda 
avtomatlashtirilgan tarzda yechilishining yiriklashtirilgan chizmasi 13– rasmda 
keltirilgan. 
Foydalaniladigan texnik vositalar va maxsus dasturlar to‟plamlaridan kelib 
chiqib, keltirilgan chizma o‟zgarishi mumkin. Shunga qaramasdan, yer tuzish 
ehtiyojiga mo‟ljallangan turli qanday avtomatlashtirilgan tizimda maydonlarni 
hisoblash bloki u yoki bu shaklda amalda o‟rin egallaydi. 
YTLATdan foydalanishda yotqizish tamoyili dasturiy ta‟minotga o‟ziga
xos talab qo‟yadi. Xususan, nuqta, kontur, konturlar guruhi (masalan, ularning
tartib raqamlari bo‟yicha), kartaning chegara bo‟yicha boshqa qatlamdan olingan,
hohlagan qismi va sh.o‟. uchun qatlamlarni grafikaviy va mantiqiy yotqizishda 
umumlashtirilgan ma‟lumotlarga bo‟lgan foydalanuvchining talabi qondirilishi 
kerak. Ma‟lumotnoma yotqizilish tamoyili bo‟yicha tuzilishi kerak, ya‟ni birinchi 
qatlam konturlariga ikkinchi qatlam konturlari kiradi, ularning turli bittasiga 
uchinchi qatlam konturi kiradi va sh.o‟.
Foydalanuvchining hohishiga ko‟ra, yotqizish natijalari yangi qatlam sifatida
saqlanishi, to‟plangan semantika ma‟lumotlari esa, ma‟lumotlar bazasiga kiritilishi 
mumkin. Tizim oddiy yoki to‟plangan qatlamdan berilgan qatlamni yoki pastki 
qatlamni ajrata olishi va uni mustaqil qatlam sifatida saqlay olishi ham kerak.


63 
13-rasm. Konturlar maydonlarini avtomatlashgan tarzda hisoblash chizmasi. 
Panorama majmuasi yordamida aniq maydonli va chiziqli ob‟ektlar bo‟yicha
maydon o‟lchamlarini avtomatlashgan tizimda hisoblash ishlariga misollar 14-15 
rasmlarda keltirigan. 

Download 3.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling