Ученые выяснили, у кого никогда не бывает онкологии это шок!


Download 26.5 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi26.5 Kb.
#1758406
Bog'liq
F hha-WPS Office


F hha
PROMOTED CONTENT

Ученые выяснили, у кого никогда не бывает онкологии - это шок!


RadarMedia

Mana prostatitning yagona yechimi! Erkaklar buni o'qishlari kerak


Uropro

Mundarija:


KIRISH………………………………………………………………….…2-5
ASOSIY QISM:
1. O’zbek tilshunosligida metafora hodisasining ishlatilish ahamiyati…..6-15
2. O’tkir Hoshimovning ‘’ Ikki eshik orasi” asarida metafraning qo’llanish doirasi………………………………………………………..…….……16-25
3. .O‘zbek tilidagi lingvistik metaforalar, ma’lum so‘zning leksik ma’nosidan qanday jarayon bilan ko‘chma ma’no hosil qilishiga ko’ra turlari…….26-28
III. UMUMIY XULOSALAR………………………………………….29-30
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………..….31
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgach, ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir. So‘nggi yillarda ta’lim tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi pedagogik-psixologik tushunchalar, interfaol metodlarni ta’lim beruvchi tomonidan o‘zlashtirilib va qo‘llanib borilishi ta’lim mazmunini tubdan o‘zgartirib yubordi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi

O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I. Karimovning “Barkamol avlod yili” davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoyishida “…o‘quv jarayoniga yangi kommunikatsiya va pedagogik tex nologiyalarini elektron darsliklar hamda multimedia vositalarini keng joriy etish hisobiga mamlakat maktablari, kasb-hunar kollejlari va litseylarida, oily ta’lim muassasalarida ta’lim berish sifatini tubdan yaxshilash, ta’lim muassasalarining o‘quv laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o‘qituvchilar va murabbiylarning mashaqqatli mehnatini moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirishning samarali tizimini shakllantirish” ko‘zda tutilgan1. Metafora - bu tildagi universal hodisa hisoblanadi. Uning universalligi makon,zamonda, tilning ichki imkoniyatlari tuzilishi va amalda namoyon bo'lishi orqali yuzaga keladi. Bu barcha tillarga va hamma asrlarda deyarli uchraydi; u tilning turli jihatlarini qamrab olishi harakterlanadi.


Tilshunoslik fanida metafora hodisasi - tilshunoslikdagi mavjud iboralarni qayta ko'rib chiqish jarayonida yangi ma'nolarni yaratish jarayoni sifatida ham, tayyor metaforik ma'no sifatida ham ko'rib chiqilgan. Bu mavzu bo'yicha keng ko'lamli adabiyotlar mavjud. Metaforani o'rganish bo'yicha ishlar bugungi kungacha davom etmoqda va u haqida bir qancha ilmiy maqolalar ham yaratilgan. Tilshunoslikda metaforani o'rganadigan turli yo'nalishlar ko'rib chiqiladi. Birinchi o’rinda o’zbek tiliga bu tushunchaning qanday yuzaga kelganligi uning qanday vazifalarni bajarishiga to’xtaladigan bo’lsak; o’zbek tilida so’zlarning bir qancha tushunchalrni ifodalashi natijasida yuzaga kelgan birlik desak ham mubolag’a bo’lmaydi. Natijada so’zlarni o’rganishda ikki tushuncha yuzaga keladi, ya’ni so’zlarda o’z ma’nodan tashqari unga betaraf bo’lsa ham, uning uslubiy ma’no ifodalaydigan shakli matnda mavjud bo’ladi Masalan; ( zehni o’tkir ) birligida narsaning belsisi odamga ko’chishi, o’rin- joyga “ chorbog’ “ ko’chishini misol qilib olsak bo’ladi. Ta’lim tizimidagi rivojlanish jamiyat taraqqiyotining negizini tashkil etadi. Buning uchun muntazam tarzda boshlang‘ich ta’lim tizimida qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalarni o‘zlashtirish, shu orqali o‘quvchilarn ing kompetensiyalarni egallash jarayonlarini jadallashtirish, ularni rivojlanayotgan jamiyat talablariga moslashtirish taqozo etiladi. Sifatli ta’lim olish ehtiyojining kuchayishi O‘zbekiston fuqarolarining muhim hayotiy qadriyati sifatida tobora dolzarblashmoqda. Chunki sifatli ta’lim ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va haqqoniylikning asosiy omilidir. “Farzandlarimizni mustaqil fikrlashga, zamonaviy bilim va kasb-hunarni chuqur egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun hamisha dolzarb masala hisoblanadi”, deb o‘z ma’ruzalarida ta’kidlab o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning ana shu so‘zlari biz, ta’lim sohasi ishtirokchilari uchun ham dasturulamaldir, ham ustuvor vazifa bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda fan sohalarini tizimli o‘rganish va uning afzalliklari ta’limda yangi-yangi innovatsion yondashuvlar yuzaga kelishida davlatning o‘zi bosh islohotchi ekanligini qaror va farmonlar mazmunida bugungi kun ilm-fani va ta’limi oldiga qo‘yilgan vazifalar aniq hamda ravshan belgilab qo‘yilgan.Muammoning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbek va jahon tilshunosligida so‘z va uning ma’nolari xususida ko‘plab ilmiy-nazariy qarashlar mavjud bo‘lib, unda so‘z ma’nolaring o‘ziga xosligi, mohiyati, turlari, xususan, so‘z ma’nolarining ko‘chishiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar maydonga kelgan. Bu borada taniqli tilshunos olim M. Mirtojiyevning xizmatlari alohida o‘rin tutadi. O‘zbek tilshunoslaridan S. Usmonovning “Metafora” nomli maqolasi, R.Rasulov, M.Narziyevalarning “Leksikologiyani o‘rganish” nomli asarida so‘zning ko‘chma ma’nolarini o‘rgandilar. Sh. Rahmatullayev “Hozirgi adabiy o‘zbek tili” darsligida ma’no ko‘chish usullarini to‘rt guruhga bo‘lib o‘rganadi. Ko‘chirish qorishiq holda uchrashini aytib o‘tadiO.Azizov “Tilshunoslikka kirish” kitobida sinekdoxani metafora tarkibiga kiritadi O‘zbek tilshunosligida ko‘chma ma’nolarni o‘rganish bo‘ yicha prof. M.Mirtojiyev va uning shogirdlari I.Shukurov, Z.Tohirov, D.Xo‘jayeva; shuningdek, prof. Sh.Rahmatullayev va uning shogirdi R.Yunusovlar chuqur ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordilar. Jahon tilshunosligida rus tilshunoslari L.A.Bulaxovskiy tadqiqotlarida ko‘chma ma’no yuzaga kelishini tasnifladilar. BMIning ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Tadqiqot Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi kafedrasining rejasi asosida amalga oshirildi. Tadqiqotning maqsadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi ma’no ko‘chish usullarini interfaol metodlar asosida o‘rganish hamda xarakter-xususiyat metaforalarini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishni nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etishdan iborat. Tadqiqotning vazifalari. Tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalarni hal etish nazarda tutildi:
- ma’no ko‘chish usullari o‘rganilish tarixini tadqiq qilish;
- ma’no ko‘chish usullari o‘rganishda xorijiy tajribalardan foydalanish;
- umumiy o‘rta ta’lim maktablarida metaforalarni interfaol usullarda o‘rganish; Quyidagi o’rganishlar asosida turli olimlar tomonidan o’rganib chiqilgan. Hozirgi kunda ham shu qoidalar xususida ishlar olib borilmoqda.
Kurs ishining maqsadi: O’zbek tilshunosligida metafora ko’chimini o’rganish.
Kurs ishining vazifalari:

Metafora hodisasini grammatik jihatdan tahlil qilish,



Metafora ko’chimining ma’no turlari o’rganish,

Metafora ko’chimining boshqa turlaridan farqi,
Download 26.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling