5-kitobida “murakkab” dorilar, shuningdek zahar va antidotlarning tavsifi berilgan.Dori-darmonlarga oid materiallar quyidagi asarlarda ham keltirilgan: “Yurak kasalliklariga qarshi dorilar to’g’risida kitob”, “Hindiba xususiyatlari”, “Sirka-asalning xususiyatlari to’g’risida”, “Tibbiyot haqida she’r”. Avitsenna o’zidan avvalgi avlodlarning tajribasini sarhisob qilib, muomalaga o’simlik, hayvonot va mineral moddalardan kelib chiqqan dorivor mahsulotlarning yangi turlarini qo’shdi, kimyoviy usul bilan olingan dori-darmonlarni tibbiyot amaliyotiga kiritdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |