Uchta doʻst moshinaga oʻtiradi, 2 ta oldida, bittasi orqadan


Download 19.59 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi19.59 Kb.
#1565839
  1   2   3
Bog'liq
Komedi


Rolik 1
1-qism
Uchta doʻst moshinaga oʻtiradi, 2 ta oldida, bittasi orqadan.
Ruldagi odam remenni taqib endi yuraman desa orqadan "shirq" degan ovoz eshitiladi.
Oldidagilar orqaga qaraydi, orqadagi odam xavfsizlik kamarani taqqan boʻladi.
Odidagilar ogʻizini ochib qarab turadi. O`zaro suhbat boshlanadi : (keyingi oʻrinlarda -
h - haydovchi,
o -oldi yoʻlovchi,
b - orqa yoʻlovchi)
H: toming joydami?! yo kasalmisan?! yech remenni, sharmanda qilasan hammaga bizni! orqadayam o`tirib remen taqadimi odam?!
B: - bu mening shaxsiy xavfsizligim uchun, ishing bo`masin.
O: - tupoymisan?! man oldidan o`tirib remen taqmadim! orqada o`tirib remen taqishga balo bormi, yechchchch
H: - xov, agar GAI bo`maganda shimimdagi remenniyam yechib tashardim, YECH!
Oldidagilar orqadagini xavfsizlik kamarini yechish uchun qo`l cho`zib talashadi, orqadagi esa qattiq ushlab olib "yo'q, yechmayman!" deb baqirovradi, shunda mashina oldidan bir qiz dugonasi bilan o`tib ketadi-da aytadi:
Qiz: - "shunaqalar ko`payib ketvottiyey!, kettik-ketik"!

H: - sharmanda qilding butun mahallaga bizni!


2-qism:
shu do`stlar yo`lda ketayotgan bo`ladi, svetaforda to`xtaydi. o`ng tomondan boshqa moshina to`xtaydi. Boshqa moshina haydovchisi chap tomondagi moshinaga qaraydida, orqada remen taqib o`tirgan odamni ko`rib ko`zini katta ochadi. Haydovchi va odidagi do`stiga qarab turadida orqadagi remendagi yo`lovchi ishora qilib "Bo`mapti" deb boshini silkitadi.


Oldidagilar uyalganidan yuzlarini qo`llari bilan berkitib oynani ko`taradi. Oynada orqa tomonga ko`rsatkich (strelka) va uning tagida yozuv bor qog`oz bo`ladi: - "Biz uni tanimaymiz"
rolik 2
5-6 ta biznes hamkorlar majlis qilib o`tirgan bo`ladi:
1-: Qisqasi, tovar ertaga keladi. Bojxonadagi okaga qistirish kerak, bo`masa voobsha ikki baravar soliq to`laymiz;
2-: Ha, u oka ja tez hafa bo`ladigan, rozi qilish shart. Pul ajratish kerak, "ko'kidan" pochin!
3-: "Parik" kiygan opa bor-uu, o`shangayam 3-4 so`m berish kerak, o`tgan safat kam berdilar deb araz qigan, bugal qo`l qo`ymasligi mumkin.
4-: Eee, u opa muximmas, asosiysi mo`ylovli amakini hursand qilish, bitta konvertni to`la qilib, papkani ichiga solib rozi qivorish kerak!
5-: Uni buni qo`ylaring, kalni nima qilamiz, "yaxshiligimni unitmasalaring bo`ldi" deb shama qigan, ertaga qo`l qo`yar joyi bor-a!!
6-: E, pul yetadi. Rozi qilsak, rozi qilishadi!

Shunda 1-ni telefoni jiringlaydi.


1-: ha, xotin, nima bo`ldi, ishdaman, tezroq gapir. Pul? qancha? nimaga? 15 ming?! maktabga?! yarim yillik sinf fondiga?! sovun-sochiq olarmish?! o`qituvchisi so`rayapti?! Kim o`sha o`qituvchisi? ismi nima?! nima haqqi bor pul so`rashga?! Mana shunaqalar deb bolalar yoshligidan korrupsiyaga o`rganadi! Maktabi qaysiydi? Boraman hozir, dabdalasini chiqaraman. O`zini yonidan olsin kerak bo`lsa sovunni!

1-telefonni qo`yadi va sheriklariga aytib beradi: Qizimni o`qituvchisi sovun-sochiqqa pul obkelilar debdi, 15 mingdan! Kerak bo`sa yonidan to`lasin, yosh boladan pul so`rashga balo bormi!


2-: 100% qo`shilaman, bunaqa o`qituvchilar haydash kerak!
3-: shunaqa poraxo`rlar deb bollarimiz ikkichi bo`lib ketayapti, pul olguncha o`qit yaxshilab!
4-: oka bunaqalarni militsiyaga yozish kerak! qamash kerak bundaylar! televizorga ko`rsatib, butun xalqqa sharmanda qilish kerak!
5-: oka mani prokuror tanishim bor, bitta telefon, o`ziniyam, direktoriniyam haydaymiz!
6-: yarim yilga 15 mingdan?!! 20ta o`quvchisi bo`lsa 300 ming bo`ladi-ya!! sovun tursa 5 ming turar, ja bu poraxo`r o`qituvchikanmi?! Qamash kerak oka bularni.
1-: kettik bo'mas, guvoh bo'lib berasilar, yozamiz o'qituvchisiniyam, direktoriniyam ustidan


rolik 3
Taksi haydovchisi yo'lda ketmoqda, moshinasini haydab. Yo'lda bir militsiya formasidagi odam qo'l silkitib uni to'xtatdi. Haydovchi jahl bilan tushib, qo‘liga telefoni olib, kamerani yoqib baqirishni boshladi (H- hadovchi, M-militsiya):

H: - mana xalq ko‘rilar, mana militsiya bizda halol ishlab turgan odamni to`xtatyapti, mana qaranglar basharasiga (kamerani militsiyani yuziga tutadi), gapirma, og‘izningi ochma (militsiya endi gapirmoqchi bo‘lganida)! Ko‘rilar “body kamerasiyam” yo‘q! Nima kerak sanga, a?! Pulmi?! Bir so`mam bermayman sandaqalarga! Hujjat kerakmi - mana ol: guvohnomam, sug‘urtam, ishonchnomam! Ha, kammi?! Aptechkani ko‘rmoqchimisan, mana ol aptechkaniyam, tekshirish, hammasi joyda (aptechkani ichidan paxtani olib militsiyani yuziga bostiradi). Ha, buyam kammi ?! bagajni ko‘rmoqchimisan?! Mana bagaj, bo‘m bo‘sh (bagajni ochib ko‘rsatadi). Sandaqalar dastidan xalqqa tinchlik yo‘q, pastkashlar, halol ishlab yurgan taksichiniyam to‘xtatyapsanlar! Ayt, isming nima, gapir, gapir (kamerani militsiyani yuziga bosadi).


Militsiya: - bo`ldi-ey!, jinnimisan. Ishga kech qolyapman, taksi keragidi, shunga to‘xtatdim! Kalla joydami?!
Haydovchi: - iii, taksi kerakmidi oka, aytmaysizmi shunaqa deb! Qayerga borasiz, hozir ovorib qo‘yaman! Qayerga, qancha berasiz?!
Militsiya: - Bore, “peshkom” ketaman!
Haydovchi: - xoy oka, arzonga ovorib qo‘yardim lekin!
Rolik 4
Bir yigit tongda bogʻda (parkda) oʻrindiqda (skameykaga) telefonini oʻynab oʻtirganakan ertalab yugurishga chiqqan sport formasidagi (sportivka, tor triko) bir chiroyli qiz oldiga oʻtiribdi. Qizni qulogʻida quloqchin (naushnik). Qiz sportivkasini zamogini yechib, koʻzini yumib, orqaga suyanib, qoʻshiq eshitishni boshlabdi.
Yigit qarasa qizni qomati juda chiroyli ekan. Darrov yuzini boshqa tomonga buribdi, keyin yana sekin qarabdida, darrov yuzini teskari tomonga buribdi. Keyin oʻziga oʻzi - man uylanganman, man uylanganman, man uylanganman, man uylanganman.... deb tursa, yonidagi skameykada oʻtirgan boshqa bir yigit kelib uni itarvorib - "boʻydoqlarga joy ber unda" - dermish.


Rolik 5
Eski rahbarni lavozimini pasaytirib, xonasini yangi rahbarga berishibdi. (Eski rahbar - e.r.; Yangi rahbar - y.r.)

E.r: - Agzamjon endi bu sizni joyiz, biz qilgan xatolarni takrorlamang, korxona haqqiga hiyonat qilmang. Nima yordam kerak boʻlsa biz beramiz.


Y.r.: - boʻldi aka, rahmat. Ishonchilarni oqlayman
E.r.: - yaxshi.... Endi Agzamjon, man bu xonada 3-4 yil ishladim, shunga xonada, yaʼni endi sizni xonayizda bir-ikki oʻzim uydan obkelgan narsalarim boridi, shularni obketsam, qarshimassiza?!
Y.r.: - beʼmalol, beʼmalol
E.r.: - faqat oʻzimnikini olib ketaman, qolgani sizga, mayli.
Y.r.: - boʻldi, rahmat. Unda man tozalashga biror nima obkelay-a .... - shunaqa deb yangi rahbar chiqib ketibdi.
5 daqiqadan keyin kelib eshikni ochsa, xona boʻm boʻshmish! Stol-stul, shkaflar, hatto konditsioner ham yoʻqmish. Eski rahbar esa xonani oʻrtasiga narvon qoʻyib, shiftdan lampochkani yechayotgan ekan. U yangi rahbarga qarab: - uydan obkeganmanda, hali kerak boʻp qoladi – dermish.



Download 19.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling