Topshiriqlar.
1.Ikkita haqiqiy son berilgan. Agar birinchi son ikkinchisidan katta bo’lsa, birinchi sonni, aks holda ikkala sonni ham chiqaruvchi dastur tuzilsin.
-
Ikkita haqiqiy son berilgan. Agar birinchi son ikkinchisidan kichik yoki teng bo’lsa, birinchi sonni nolga aylantiruvchi, aks holda o’zgarishsiz qoldiruvchi dastur tuzilsin.
-
Uchta haqiqiy son berilgan. Shu sonlardan (1,3) oraliqga tegishlilarini aniqlovchi dastur tuzilsin.
-
x,y haqiqiy sonlari berilgan. Ularning kichigini sonlar yig’indisining yarmiga, kattasini ko’paytmasining ikkilanganiga almashtiruvchi dastur tuzilsin.
-
Uchta haqiqiy son berilgan. Ulardan manfiy bo’lmaganlarining kvadratini chiqaruvchi dastur tuzilsin.
-
a, b, c, d haqiqiy sonlari berilgan. Agar bu sonlar d ≥ c ≥ b ≥ a shartni qanoatlantirsa, har bir sonni ularning kattasiga almashtiruvchi; a>b>c>d shartni qanoatlantirsa sonlarni o’zgarishsiz qoldiruvchi, aks holda har bir sonni kvadratga oshiruvchi dastur tuzilsin.
-
Kvadrat tenglamaning ildizlarini topuvchi dastur tuzilsin. ax2+bx+c=0 ko’rinishidagi tenglama kvadrat tenglama deyiladi. 8. Aylana radiusi va kvadrat tomoni ma’lum. Qaysi figuraning yuzasi katta?
9. Kvadrat va doira yuzasi ma’lum. Aniqlang:
-
kvadratga doirani joylashtirish mumkinligini;
-
doiraga kvadratni joylashtirish mumkinligini.
10. Ikki xonali son berilgan. Aniqlang:
-
uning birinchi yoki ikkinchi raqamlari kattaligini aniqlang;
-
uning raqamlari tengligini.
-
Ikki xonali son berilgan. Uning raqamlari kublari yig’indisining to’rtlanganligi sonning kvadratiga tengligini aniqlang. Masalan, 48 soni uchun javob o’rinli, 52 soni uchun o’rinsiz.
-
Ikki xonali son berilgan. Aniqlang:
-
uning raqamlari yig’indisi yana ikki xonali son bo’lishini;
-
a soni uning raqamlari yig’indisidan kattaligini.
13. Ikki xonali son berilgan. Aniqlang:
-
uning raqamlari yig’indisi uchga karraligini;
-
uning raqamlari yig’indisi a soniga karraligini.
-
Uchta haqiqiy sonlar berilgan. Ulardan manfiymaslarini kvadratga, manfiylarini to’rtinchi darajaga ko’taring.
-
Bir biriga teng bo’lmagan x va y haqiqiy sonlar berilgan. Bu ikkita sondan kichigini ularning yig’indisining yarmi bilan, kattasini esa – ularning ko’paytmasini ikkilanganligi bilan almashtiring.
-
XOY tekislikda A nuqta o’zining koordinatalari bilan berilgan. U qayerda joylashganligini ko’rsating (qaysi o’qda yoki qaysi chorakda).
-
m, n butun sonlar berilgan. Agar sonlar teng bo’lmasa, ularni shunday almashtiringki, berilganlarni kattasiga, agar teng bo’lsa, unda nollar bilan almashtiring.
-
a, b, c sonlar orasidan manfiylarini sonini hisoblang.
-
a, b, c sonlar orasidan musbatlarini sonini hisoblang.
-
a, b, c sonlar orasidan butunlarini sonini hisoblang.
-
k soni a, b, c sonlarning qaysilarini bo’luvchisi bo’lishini aniqlang.
-
Agar xonadagi issiqlik 600 S dan oshsa, “Yo`ng’in xavfi” deb xabar beradigan, bino yo`ng’in datchigi modeli tahlili dasturini tuzing.
-
Guruch ikkita paketga solingan. Birinchi paket og’irligi m kg, ikkinchisiniki n kg. Quyidagilarni aniqlovchi dastur tuzing: a) Qaysi paket og’irroq – birinchisimi yoki ikkinchisi;
b) Eng og’ir paket massasini.
-
Odamning quyidagi guruhlardan: maktab yoshigacha, o’quvchi, ishchi, nafaqaxo’rlardan biriga taalluqli ekanligini yosh ma’lumotlariga qarab tahlil qiluvchi dastur yozing. Yoshi klaviaturadan kiritilsin.
-
Ikkita natural son berilgan. Ularning o’rta arifmetigi butun sonligini aniqlang.
-
Uchburchakning uchta a, b va c tomonlari berilgan. Bu uchburchak to’g’ri burchakli uchburchak va qaysi tomoni gipotenuza ekanligini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |