Uchun qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtissodiyotga xorijiy in vestitsiyalar jalb qilishning mintaqaviy xusuiyatlari
1.1-jadval.
Xorijiy investitsiyalarning chegaraviy qiymatlari CHegaraviy darajasi Indikator nomi
KO1 KO2
KO3 K1 K2 K3 Xorijiy
investitsiyalar hajmining YaIM hajmiga
nisbati, % 25 21 17 13 8 3 Agar ushbu tasnifiy indikatorlar bo’yicha O’zbekistonga jalb qilinib kelinayotgan xorijiy investitsiyalar chegaraviy qiymatlarini tahlil qiladigan bo’lsak, 2002-2012 yillar davomida xorijiy investitsiyalarning chegaraviy qiymatlari 4,1 foizdan 5,0 foizga yoki qariyb 22 foizga ko’tarilgan. Lekin, shunday bo’lsada, o’tgan 10 yillik oraliqda, chegaraviy qiymat ko’rsatkichi notekis rivojlanib kelgan. Xususan, 2008 yilda 7,4 foizga, 2010 yilda esa 7,0 foizga yetgani holda, 2010-2012 yillar oralig’ida 29 foizga pasaygan (2-ilova). Bunday notekis dinamik xususiyatni shubhasiz, 2008 yildagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida yuzaga kelgan jahon kapital bozoridagi o’ziga xos faollikning keskin pasayishi, asosiy investitsiya resurslarini eksport qiluvchi rivojlangan mamlakatlar hamda xalqaro moliya muassasalarining kapital yo’naltirish bilan siyosatidagi tub o’zgarishlar bilan izohlash mumkin. Mazkur diagramma ma’lumotlaridan ko’rinadiki, o’tgan 10 yil davomida O’zbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalarning chegaraviy darajasi K2ga to’g’ri keladi. K2 inqirozli holatning tahlikali bosqichi bo’lib, albatta uning oldini olish zarur hisoblanadi. 4 V.I.Yarochkin. Sekyuritologiya – nauka o bezopasnosti jiznedeyatelnosti. M.: «Os-89» 2000., s-67 Ayni paytda, mamlakatimizda erishilib kelinayotgan yuqori iqtisodiy o’sish, bank va bankdan tashqari kredit institutlari kapitallashuv darajasining oshishi, aholi jamg’armalari hamda korxona o’z mablag’larining yalpi investitsiya hajmidagi ulushining o’sishi xorijiy investitsiyalar oqimidagi oqsoqlikning o’rnini to’la qoplay oldi. CHunonchi, Respublikada amalga oshirilib kelinayotgan iqtisodiy islohotlar natijalari ko’ra, “2012 yilda iqtisodiyotimizga 11,7 milliard 700 million dollar miqdorida ichki va xorijiy investitsiyalar jalb etildi yoki bu boradagi ko’rsatkich 2011 yilga nisbatan 14 foizga o’sdi. Jami investitsiyalarning 22 foizdan yoki 2 milliard 500 million dollardan ortig’ini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi, ularning 79 foizdan ko’prog’i to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalardir. E’tiborga sazovor tomoni shuki, jami investitsiyalarning qariyb 74 foizi ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilashga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirishga yo’naltirildi” 5 . 2012 moliya yili davomida jami ichki va tashqi xorijiy investitsiyalar hisobidan texnik va texnologik qayta jihozlash uchun yo’naltiriladigan investitsiyalar hajmi 8 milliard 650 million dollardan oshgani yoki 2012 yildagi barcha kapital qo’yilmalarning 74 foizini tashkil etgani printsipial muhim ahamiyatga egadir. Lekin, mamlakatga keltirilayotgan zamonaviy texnologiyalar mutloq asosiy qismining xorijdan keltirilishini hamda milliy ichki investitsiya resurslarining xorijiy texnologiyalarga yo’naltirilishi qo’shimcha valyuta zahiralari sarfini taqozo etishini inobatga oladigan bo’lsak, xorijiy investitsiyalar chegaraviy qiymatining pasayishini mutloq ijobiy baholash maqsadga muvofiq emas. SHuningdek, milliy iqtisodiyotning alohida tarmoqlari bo’yicha xorijiy investitsiyalarning chegaraviy qiymatlari aniqlanganda ahamiyatga molik bo’lgan muammolar borligi aniqlandi. 5 “Bosh maqsadimiz– keng ko’lamli islohotlar va modernizatsiya yo’lini qat’iyat bilan davom ettirish” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. 18.01.2013 y
Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, 2009 yil mamlakat YaIM tarmoqlararo taqsimlanganda neft-gaz tarmog’iga 3851,9 mln. AQSH dollar, telekommunikatsiyaga 1216,7 mln. AQSH dollar, moliya sektoriga 1364,8 mln. AQSH dollar, transportga 9722,1 mln. AQSH dollar, yengil sanoatga 2184,9 mln. AQSH dollar, energetikaga 1592,3 mln. AQSH dollar, kommunal xo’jalikga 2233,1 mln. AQSH dollar, kimyo sanoatiga 850,1 mln. AQSH dollar va mashinasozlikga 2911,4 mln. AQSH dollar to’g’ri kelgan. O’z o’rnida, O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, 2009 yili jalb qilingan xorijiy investitsiyalarning neft-gaz tarmog’iga 1959,4 mln. AQSH dollar, telekommunikatsiyaga 382,4 mln. AQSH dollar, moliya sektoriga 121,4 mln. AQSH dollar, transportga 72,1 mln. AQSH dollar, yengil sanoatga 65 mln. AQSH dollar, energetikaga 58,8 mln. AQSH dollar, kommunal xo’jalikga 57,6 mln. AQSH dollar, kimyo sanoatiga 10,9 mln. AQSH dollar va mashinasozlikga 3,8 mln. AQSH dollar to’g’ri kelgan. Indikativ yondashuv yordamida neftgaz tarmog’iga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar nisbati solishtirilganda ushbu ko’rsatkich 50,9 foizni, telekommunikatsiyalar sohasida 31,4 foizni, moliya sektorida 8,9 foizni, transportda 0,8 foizni, yengil sanoatda 3,0 foizni, energetika majmuasida 3,7 foizni, kommunal xo’jalikda 2,6 foizni, kimyo sanoatida 1,3 foizni hamda mashinasozlikda 0,3 foizni tashkil qilgan. Ushbu ko’rsatkichlardan kelib chiqib, milliy iqtisodiyotning faqat neftgaz va moliya sektoriga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hajmi ijobiy ko’rinish kasb etadi. Qolgan tarmoqlarga investitsiyalarni jalb qilish hajmi esa juda past darajada bo’lib, ushbu tarmoqlarga xorijiy investitsiyalarni minimal darajada jalb qilinishiga erishilmasa, tarmoqlarda oqsash hamda iqtisodiy pasayish kuzatalishini ko’rish mumkin bo’ladi. SHu o’rinda, 2008-2010 yillar mobaynida milliy iqtisodiyotga jalb qilingan xorijiy investitsiyalar hajmini oshishi hamda tahlikali holatning birmuncha yaxshilanganligiga qaramasdan, salbiy holat saqlanib qolmoqda. Bundan tashqari, milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalar jalb qilish bo’yicha investitsiya dasturlarining bajarilish holatining tahlili natijasida ayrim muammolar mavjudligi ma’lum bo’lmoqda. 2009 yil yakuniga ko’ra, xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil qilingan 4443 ta korxonadan faqat 4124 tasi yoki 92,8 foizi faoliyat yuritayotganligi ma’lum bo’lib, qolgan 319 ta korxonalar ayrim muammolarga ko’ra o’z faoliyatini to’xtatganligi aniqlangan. Xususan, faoliyat ko’rsatmayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning 209 tasi – Toshkent shahriga; 16 tasi – Toshkent viloyatiga; 10 tasi – Samarqand viloyatiga; 7 tasi – Andijon viloyatiga; 8 tasi – Farg’ona viloyatiga; 16 tasi – Surxondaryo viloyatiga; 5 tasi – Buxoro viloyatiga; 6 tasi – Namangan viloyatiga; 4 tasi – Jizzax viloyatiga; 1 tasi – Navoiy viloyatiga; 13 tasi – Qashqadaryo viloyatiga; 7 tasi – Qoraqalpog’iston Respublikasiga; 13 tasi – Sirdaryo viloyatiga; 4 tasi – Xorazm viloyatiga to’g’ri keladi. Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, faoliyat yuritmayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning 65,4% Toshkent shahriga to’g’ri keladi. Lekin shunga qaramasdan, 2009 yildagi xorijiy investitsiyalar jalb etish dasturi asosida ishga tushirilgan korxonalarning 80,4% Toshkent shahri hissasiga to’g’ri kelgan. Biroq 2009 yilning o’zida boshqa hududlarda joylashgan hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga talab sezgan 45 ta korxonalar mavjud bo’lib, ularning 20 tasi – Andijon viloyatida, 17 tasi – Buxoro viloyatida; 4 tasi – Qoraqalpog’iston Respublikasida; 3 tasi – Navoiy viloyatida; 1 tasi – Jizzax viloyatida joylashgan. Agar korxonalarni hududlarda tashkil qilinishi to’g’ri amalga oshirilsa va mavjud muammolar bartaraf qilinmasa, faoliyat yuritmaydigan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning soni yanada oshishi mumkin bo’ladi. Tahlil natijasida, ushbu korxonalar o’z faoliyatini amalga oshirmayotganligi quyidagi muammolar bilan bevosita bog’liqligi aniqlandi: ü xom-ashyo sotib olishga aylanma mablag’larning yetishmasligi; ü qishloq xo’jalik maxsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarda xom ashyoning yetishmasligi (pomidor, o’rik va b.); ü infratuzilmaga oid muammolar, jumladan korxonalarning elektr energiya, tabiiy gaz, suv va yoqilg’i-moy maxsulotlari bilan ta’minlashda uzulishlar; ü texnologiya va asbob-uskunalarning eskirganligi, ishlab chiqarilgan maxsulotning xalqaro standartlarga javob bermasligi va raqobatbardosh emasligi; ü korxonalarda marketing xizmatining to’g’ri tashkil qilinmaganligi, tovar ishlab chiqaruvchilarning chet el bozorlari, ishlab chiqaruvchilari va xaridorlari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlanmaganligi, korxonalarda marketing bilan shug’ullanuvchi xodimlar bilimining yetarli darajada emasligi. SHuningdek, tahlil davomida hududlarga xorijiy investitsiyalarning kirib kelishiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi muammolar ham mavjuddir: v investitsiya infratuzilmasining yetarli darajada rivojlanmaganligi; v tadbirkorlarning biznes-ko’nikmalari, shu jumladan investitsiya loyihalari bilan ishlash tajribasi va huquqiy bilimlari yetarli darajada emasligi; v investorlar uchun yaratilgan imtiyoz va afzalliklardan foydalanishdagi to’siqlar; v soliq, bojxona, bank sohalarida, shuningdek investorlarga yer ajratish bilan bog’liq muammo va to’siqlar; v Mahalliy hokimliklar tomonidan u yoki bu masalalarni hal etishga oid qarorlarni tezkorlik bilan qabul qilinmasligi, byurokratik to’siqlarning mavjudligi; v investitsiya takliflari va loyiha texnik-iqtisodiy asoslarining belgilangan talablarga javob bermasligi; v loyiha tashabbuskorlarining moliyaviy-iqtisodiy ahvolining nochorligi; v mahalliy hokimliklarning xorijiy investorlarni hudud to’g’risida batafsil ma’lumotlar bilan ta’minlashda faol ishtirok etmayotganligi. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling