Uchun qulay investitsiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda
II BOB. MINTAQADA XORIJIY INVESTITSIYALARDAN
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtissodiyotga xorijiy in vestitsiyalar jalb qilishning mintaqaviy xusuiyatlari
II BOB. MINTAQADA XORIJIY INVESTITSIYALARDAN
FOYDALANISH XUSUSIYATLARI 2.1. Barqaror iqtisodiy o’sish sharoitida Farg’ona iqtisodiy mintaqasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari Milliy iqtisodiyotning tarkib jihatdan takomillashuvida mintaqalarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, uning bevosita sifat o’lchovi – mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi muhim o’rin tutadi. Mintaqaviy rivojlanish o’z navbatida unda sodir bo’ladigan iqtisodiy jarayon va munosabatlarning keng qamrovliligi, alohida tarmoq, sektorlar, tarmoqlararo hamda mintaqalararo aloqadorlikning uyg’unligi tizimida namoyon bo’ladi. Bozor munosabatlari takomillashuvining bugungi tajribasi shuni ko’rsatadiki, milliy iqtisodiyotning, uning ibtidosi sifatida, alohida mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida investitsion jarayonlar – aholi bandligi, daromadlari, ichki bozorning to’yinishi, resurs safarbarligi darajalarida, shuningdek, kapital jamg’arilishining, xorijiy va ichki investitsiyalar oqimlarining muhim yo’nalishi sifatida o’z ifodasini topmoqda. SHu jihatdan ham O’zbekiston mintaqaviy tuzilmalarining yaqin istiqboldagi rivojlanishi ularning o’ziga xos shart-sharoiti, investitsion va tadbirkorlik muhitiga ko’ra investitsion jarayonlarning har tomonlama takomillashuvi bilan uzviy bog’liq. Ayni shu zaruriyat olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, undan kutilayotgan natijalarni izchil ro’yobga chiqarish bilan bog’liq vazifalar yechimiga har bir mintaqaning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib yondoshishni taqozo qiladi.
Bugungi zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda O’zbekiston iqtisodiyoti hududiy tarkib jihatidan 6 ta: Farg’ona, Toshkent, Mirzacho’l, Quyi Amudaryo, Zarafshon va Janubiy iqtisodiy mintaqalarga ajratib o’rganiladi. 6 Har bir iqtisodiy mintaqa joylashuvi, xo’jalik tizimi, ixtisoslashuvi, demografik jarayonlari, rivojlanish darajasiga ko’ra bir-biridan sezilarli darajada farq qilib, bu o’z 6 Soliev A. Mintaqaviy iqtisodiyot /O’quv qo’llanma. – T., “Universitet”, 2003 y. Qayumov A., Nazarova X., Egamberdiev F., Yakubov O’. Mintaqaviy iqtisodiyot /O’quv qo’llanma. – T., “Universitet”, 2004 y. Sadikov A. Osnovi regionalnogo razvitiya: teoriya, metodologiya, praktika /Monografiya. – T., “IQTISOD-MOLIYA”, 2005. navbatida mamlakat mintaqaviy iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishdagi bosh omil hisoblanadi. Mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajalari hamda amalga oshirilayotgan islohotlardagi tafovut ulardagi qulay tadbirkorlik muhiti shakllanishiga va iqtisodiy salohiyatning oshishiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Farg’ona iqtisodiy mintaqasi o’zining tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, geosiyosiy va ekologik xususiyatlariga ko’ra mamlakatning boshqa mintaqalaridan keskin farqlanadi. Mintaqa 3 ta ma’muriy birlik – Farg’ona, Namangan va Andijon viloyatlarini o’z tarkibiga olib, umumiy yer maydoni 19,2 ming km. kv.ni, aholisi 8544,7 ming kishini (2012 y.) tashkil qiladi. Mintaqa garchi mamlakat umumiy yer maydonining atigi 4,3 foizini egallasada, uning hissasiga mamlakat aholisining 28,5 foizi, yaratilgan yalpi ichki mahsulotning 16,9, sanoat ishlab chiqarishining 23,6, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 25,7, asosiy kapitalga jalb etilgan investitsiyalarning 8,2 foizi to’g’ri keladi (2.1-rasm). Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling