Udk 371 Kamaova Nilufar Ilxomovna
Download 0.56 Mb.
|
xalqaroKamalova N.I. - maqola
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi tinglovchilari uchun ovoz effektlari, turli mult qahramonlar va yorqin rangli fonlar yordamida tayyorlangan taqdimotlar tayyorlash katta qiziqish uyg’otadi. Yuqoridagi kabi taqdimotlarni tuzishda guruhning AKT savodxonligi hisobga olish, agar guruh tinglovchilarining aksariyati kompyuterda ishlash ko’nikmalariga ega bo’lsa, unda animatsiyalarni vaqtga bog’lash, ketma-ketligini o’zgartirish, havolalar qo’yish, taqdimotni qo’shimcha sozlovlari bilan tanishtirish maqsadga muvofiq. Agar guruh tinglovchilarining AKT savodxonligi o’rtacha bo’lsa u holda bu guruhda taqdimotni loyilash va oddiy o’tish animatsiyalarini qo’llashni o’rgatish kifoya bo’ladi. Media savodxonlikni rivojlantirishda o’qituvchi nafaqat o’z fanini balki, dars beradigan guruh fanidan ham bilimlarga ega bo’lishni talab qiladi. Shu bilan birga taqdimotlarni tayyorlash uchun kerak bo’lgan vositalar (rasmli, animatsiyali, ovozli hamda videoli fayllar) majmuiga ega bo’lishi kerak. – o‘quv jarayonining tarkibiy tuzilishini to‘g‘ri belgilash, xususan, qatnashchilarning mehnat tajribasi, ijtimoiy va kasbiy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi o‘qitishning innovatsion shakl, metod va vositalarini tanlash hamda hamkorlikdagi erkin-ijodiy ta’lim muhitini yaratish kerak. Media va axborot kontentini ishlab chiqish ta’lim oluvchilar uchun amaliy vazifalarni o’rganish va bajarish jarayonida o’qishga to’liq kirishish imkonini beradi. Media mahsulotlarini yaratish jarayonida pedagoglar o’z g’oya va qarashlarini ifoda etgan holda, o’zligini namoyon qilish va ijodiy jarayonni o’rganishlari mumkin. Masalan, ISpring dasturida online testlar tuzishda o’qituvchilarga ijodiy topshiriqlar berish mumkin. Bunda, o’quvchilarning nafaqat shu fanga oid bilimlarini baholash va mustahkamlash, balki ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan testlar tuzishni vazifa qilish mumkin. Bu bilan o’qituvchilarning mustaqil ishlashi ta’minlanib, ularning kreativliklarini rivojlantirish mumkin. Pedagoglarning o’quvchilariga tanishtirayotgan media mahsulotlari qanchalik xilma-xil bo’lsa, media ta’lim shunchalik sermazmun va chuqurroq bo’lib boradi. Media va axborot borasida savodxonlikni rivojlantirishning eng yaxshi usuli – turli medialardan foydalanishdir, bunda ko’nikmalarni ortirishda avtomatik tarzda ko’p marotaba mediadan foydalanishning o’zi yetarli emas. Buning uchun qadriyatlar uchun kurashishga, ma’lum bir media resurs tanlash borasida o’ylashga o’rgata oladigan, o’quvchini ishonchli ma’lumot tomon yo’naltiradigan medialarning ommabopligi bilan bog’liq masalalar bo’yicha yordam bera oladigan o’qituvchi kerak[2]. Katta yoshdagi kishilarni axborot savodxonligini oshirishdagi eng katta afzalliklardan biri – bu ularning katta hajmdagi bilim va ko‘nikmalarga egaligidir. Katta yoshdagi kishilarda ma’lum darajada biror-bir narsani o‘rganish qobiliyati shakllangan bo‘ladi, masalan, ularga qanday axborot kerakligini oldindan ayta olishadi, zaruriy ma’lumotlarni yozib olib, ularni umumlashtirishadi va h.k. Shularni inobatga olgan holda pedagog andragog ta’lim oluvchilarda motivatsiya uyg’otib darslarni tashkil qilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi. Adabiyotlar Ishmuxammedov R., Mirsoliyeva M. O‘quv jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalari. – T., 2014. Namazov B., Fayziyeva M., Djalilov G’. Media va axborot savodxonligi. Pedagoglar uchun metodik qo’llanma. – T., 2018. Змеев С.И. Основы Андрогогики: Учебное пособие для ВУЗов. – М.: «Флинта: Наука»б 1999. Ziyonet.uz materiallari. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling