Udk davronova malika davronqulovna
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
a. oripov va e. vohidov sheriyatida psixologizm muammosi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mundarija.
- II Bob Abdulla Oripov lirikasida psixologizm
- III Bob Erkin Vohidov she’riyatida ruhiy tahlil
- Umumiy xulosalar
- КИРИШ Mavzuning dolzarbligi
- Magistrlik dessirtatsiyasining maqsad va vazifalari
- Ilmiy ishning yangiligi.
- Tadqiqot ishining asosiy manbalari .
- Tadqiqot metodologiyasi.
- Tadqiqot obyekti va predmeti
- Natijalarning joriy va e’lon qilinishi
- Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
1 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI Qo‘lyozma huquqida UDK ________ DAVRONOVA MALIKA DAVRONQULOVNA A. ORIPOV VA E. VOHIDOV SHE’RIYATIDA PSIXOLOGIZM MUAMMOSI 5A 111201 – O‘zbek tili va adabiyoti Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya Ilmiy rahbar: F.f.n. dots. G. Imomova
Qarshi-2014
2 Mundarija. Kirish……………………………………………………………………………….3 I Bob O’zbek she’riyatida psixologizm muammosi ……………..………....8 I.1. Psixologizm va psixologik tahlil………………………………………………8 I.2. Lirik kechinma va ruhiy iztirob………………………………………………22 I Bob yuzasidan xulosalar………………………………………………………...28
…………………………......29 II.1. Shoir she‘riyatida lirik pafos………………………………………………...40 II.2. Shoir she‘riyatida so‘z va obraz…………………………………………......51 II Bob yuzasidan xulosalar………………………………………………………..59
………………………......60 III.1. Shoir lirikasining psixologik o‘ziga xosligi. ……………………………….68 III.2. Shoir she‘riyatida ruhiy tahlil va ruhiy qiyofa……………………………...74 III Bob yuzasidan xulosalar………………………………………………………81
3 КИРИШ Mavzuning dolzarbligi. ―Ijtimoiy hayotimizni isloh qilish va yangilash boshlanib ketganligi bois ma‘naviy madaniyatning qudratli qatlamlari ochildi. Ular xalq ruhiyatining vatanparvarlik, milliy iftihor, butun dunyo uchun bag‘ri kenglik tomon keskin o‘zgartirib yubordi. Bu esa xalq ruhi qudratining birinchi belgisidir‖ deb takidlaydi. Prezidentimiz Islom Karimov. Darhaqiqat, xalqimizning milliy istiqlolni qo‘lga kiritib katta bir tarixiy xodisa sifatida dastavval uning ruhiy barkamollikka erishuvi, dunyo qarashi, tafakkuri va ma‘naviy olamida o‘ziga xos o‘zgarishlarning vujudga kelishi uchun keng imkoniyat yaratdi. Badiiy ijodda inson ruhiy dunyosi tasvirini tadqiq etish esa adabiyot ilmining juda muhim va ancha murakkab masalalaridan biridir.
Abdulla Oripov va ―Erkin Vohidov she‘riyati nazmimiz tarixida alohida bosqichni tashkil etadi. Ularning she‘riyati falsafiy tafsilga moyilligi, erkin fikrlashning kuchayishi dolzarb muammolarga dadil qo‘l urishi ijtimoiy adolat haqoniyligi rost so‘zni aytishga intilish eng muhimi xalq hayotiga chuqur kirib borishi bilan boshda ijodkordan farqlanishadi. Insonning ichki qiyofasini mukammalroq chizib berish uni butun ―Ichu toshi‖ (Abdulla Oripov ) bilan tasvirlash she‘riyatimizning bugungi qiyofasini begilaydi. Bugungi kun she‘riyatining eng dolzarb masalalardan biri badiiy psixologizm Abdulla Oripov , ―Erkin Vohidov lirikasining ko‘rki bo‘lib qoldi. Badiiy psixologizm muammosi rus, o‘zbek va boshqa qardosh xalqlar adabiyotshunosligi nasriy asarlar misolida keng va atroflicha o‘rganilgan bo‘lsada lirik asarlardagi psixologizm muammosi yetarlicha tadqiq etilmagan. Ayniqsa ―Psixologiya‖ ichki olam kechinmalari tasviri qanday usul vositalari orqali amalga oshirilganligi va u alohida ijodkorlar she‘riyatida qanday mavqe kasb etishi singari birqator muammolar
4 e‘tibordan chetda qolib kelmoqda. Shu ma‘noda Abdulla Oripov va ―Erkin Vohidov she‘riyatida lirik qahramon ruhiy olami qalb manzaralari, tasvirini maxsus tadqiq qilish uning g‘oyaviy estetik vazifalarini, shakllarini, tasvir vositalarini o‘rganish adabiyotshunoslikning dolzarb masalalardan biridir. Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi ham ana shunda.
mazkur bitiruv malakaviy ishi asosan quyidagi maqsad va vazifalarini nazarda tutadi. - ―o‘zbek- she‘riyatida psixologizm‖ muammosini o‘rganish. - Abdulla Oripov she‘riyatida ruhiy iztirob va ijodiga xos poetik qonuniyatlarni tadqiq etish - psixologizm va psixologik tahlilni shoir she‘rlari misolida o‘rganish - shoir she‘riyatiga xos lirik kechinma va ruhiy iztiroblarni tahlil qilish - shoir Abdulla Oripov lirikasiga xos nafis so‘z qo‘llash mohoratini tadqiq etish - Erkin Vohidov she‘riyatining o‘ziga xos indidual hususiyatlari va ruhiy tahlildan foydalanish mahoratini o‘rganish. Shoir Erkin Vohidovning lrikasidagi ruhiy qiyofa va psixologizm alohida tadqiq etish. Ilmiy ishning yangiligi. Mazkur magistrlik dissertatsiyasida Abdulla Oripov va ―Erkin Vohidov she‘riyatida psixologizm muammosi tadqiq qilib o‘rganildi. Badiiy psixologizm adabiy asarning tur va janrda bo‘lishidan qatiy nazar u insonning ichki olamini, qalb va ruhidagi o‘zgarishlarni murakkab his va kechinmalarni teran tadqiq etadi. Lirik asardagi badiiy psixologizm va ruhiyat tahlili nasriy asarlardagidan farq qiladi. Lirik asarlarda tasvirlangan ruhiy olam va kechinmalar she‘riyatning o‘ziga xos hususiyati-vaziyatning mavhumligi, mazmuning umumiyligi ma‘lum kechirmani yuzaga keltirgan voqeaning noma‘lumligiga asoslanadi.
5 Inson ruhiy olami tasviri lirik asarlarning o‘zida ham turlicha bo‘lishi mumkin. Bu konkret sheriy asar lirikaning qaysi janr va shakllariga mansub bo‘lishiga bog‘liq. Lirik qahramon ruhiy dunyosi tasviri va tahlili lirikaning sof lirik, falsafiy psixologik va voqeband ko‘rinishlarida nisbatan kengroq namoyon bo‘ladi. Lirikaning mana shu ko‘rinishida, ijodkorlar shaxsiy uslubida lirik qahramonning ichki kechinmalarini qay tarzda namoyon bo‘lishini o‘rganish bitiruv malakaviy ishining o‘ziga xos yangiligidir.
A. Oripov va E. Vohidov ijodini psixologizm nuqtai nazaridan o‗rganish bilan bog‗liq masalalar ustida to‗xtalishdan avval, umuman o‗zbek adabiyotida psixologizm masalasining o‗rganilish darajasi ustida to‗xtalsh joiz. Chunki, bu masala chuqur tadqiq etilmagan. Ayrim o‗rinlarda ikki-uch jumla keltirilganini hisobga olmaganda, shunda ham poeziya borasida emas, asosan nasriy asarlar misolida, deyarli teran fikrlar bildirilgan hollar uchramaydi. Sirasini aytganda A. Oripov ijodi ham E. Vohidov ijodi ham o‗zbek adabiyoti tanqidchiligida o‗z ifodasini topgan. Buning kabi ilmiy munosabatlarni O. Sharafiddinov, M. Qo‗shjonov, U. Normatov, B. Norboyev, O. Abdullayev, B Qosimov va boshqa ko‗plab munaqqidlar asarlarida kuzatishimiz mumkin. Binobarin ularning poeziyasiga xos kashfiyotlar, poetik til imkoniyatlari, ifoda uslublari yetarli o‗rganilgan. Biroq shoirlarning ijodida asosiy o‗rin tutguvchi ruhiy-psixologik aspektlar adabiyotshunoslar tomonida deyarli tadqiq qilinmagan. Buning asosiy sabablaridan biri esa, adabiyotshunoslik bir vaqtlari adabiy muhitda keng tarmoq otgan "konfiliktsizlik" nazariyasi illatlaridan batamom qutilmaganlikda ko‗rinsa, yana bir jixati biz tadqiq qilayotgan shoirlarning ijodi sotsialistik realizm talablariga doimo ham mos kelmaganiligida ko‗rinadi.
6 Shuning uchun ham biz bugungi tadqiqotimizda mustaqil fikr aytishga harakat qildik.
Tadqiqot metodologiyasi. Ishga O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ma‘naviy-madaniy meros, ilm-fan va milliy madaniyatni rivojlantirish, milliy o‗zlikni anglash haqidagi fikrlari, o‗zbek adabiyotshunosligida erishilgan yutuqlar metodologik asos qilib olindi. Tadqiqot obyekti va predmeti. Abdulla Oripovning "Mitti yulduz"(1968), Ruhim"(1972), "Yuzma-yuz"(1978), "Yillar armoni"(1986), "Tanlangan asarlar to‗plami"(2000); Erkin Vohidovning "Yoshlik bayozi"(1968), "O‗zbegim"(1976), "Tanlangan asarlar to‗plami"(2000) turli davrlarda chop etilgan she‘riy to‗plamlari va publitsistik maqolalarida bayon etilgan adabiy qarashlari, fikr-mulohazalari asos qilib olingan. Natijalarning joriy va e’lon qilinishi. Mavzu 2013-yilning dekabr oyida O‗zbek adabiyoti kafedrasi yig‗ilishida tasdiqlanib universitet ilmiy kengashiga tavsiya qilingan. Universitet ilmiy kengashining _____ majlisida tasdiqlangan. Mavzu bo‗yicha 3 ta maqola e‘lon qilingan: "Ehtiyoj farzandi" (2013 QDU, "Fan, texnika, innovatsiya"). Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya ishning umumiy tavsifini aks ettirgan kirish, uch asosiy bob, olti fasl, umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxatidan tarkib topgan bo‗lib, 103 betni tashkil qiladi.
7 I BOB. O‘ZBEK SHE’RIYATIDA PSIXOLOGIZM MUAMMOSI. I.1. Psixologizm va psixologik tahlil.
Psixologizm - o‗z-o‗zidan anglashilib turibdiki, insonning asab tizimi, uning ongi bilan bevosita aloqador mavzu. U tabiatning ko‗pdan ko‗p sirlarini o‗zida saqlab keladi. Shuning uchun ham inson ongining faoliyati, jamiyat va tabiat bilan o‗zaro aloqadorligi, uning zamon va makon tushunchasida tutgan o‗rni barcha davrlarda yuksak darajada taraqqiy etgan aql egalarini qiziqtirib kelgan. Ma‘lumki, inson harakat qilish, ko‗rish, eshitish, fikrlash, hisoblash, mulohaza yuritish, mushohada qilish, musiqani tushunish va boshqa bir qator qobiliyatlar egasi. Bular oliy narv faoliyati bo‗lib hisoblanadi. Dunyoning juda ko‗plab daho darajasiga yetishgan kishilarning psixologik olamini tahlil qilganimizda, ularning boshqalardan farqli jihatlari "yarq" etib ko‗zga tashlanadi: alohida fenomen sifatidagi xislatlari yaqqol namoyon bo‗ladi.
O‗zbek xalqi tarixan xuddi mana shunday fenomenlar tug‗ilib o‗sgan mintaqa sifatida mashhur. Dunyo tamadduniga tamal toshini qo‗ygan zotlarimiz bor. Ularning ma‘naviy mulkidan xalqimiz uzoq muddat bebahra yashab kelgani sir emas. Istiqlol tufayli biz jamiyatimizning barcha jihatlarini isloh qilishga kirishdik. Jumladan, adabiyot va adabiyotshunoslik sohalarida ham yangilanish jarayonlari - davr talabi tarzida ro‗y bermoqda. Ammo bu ishlar shunchaki, azaliy alfozda emas, yangicha dunyoqarash, zamonaviy talablar tarziga ko‗ra bo‗lmog‗i lozim. Zotan, davlatimiz rahbari ta‘kidlaganlaridek: "Bizning o‗z oldimizga qo‗ygan maqsadimiz... bunday ulug‗ zotlarning hayot yo‗li va qoldirgan merosini to‗liq tasvirlash emas, balki ularning eng buyuk namoyondalari timsolida ma‘rifat, ilm-fan, madaniyat, din kabi
8 sohalarning barchasini o‘zida uyg‗unlashtirgan xalqimizning ma‘naviy olami naqadar boy va rang-barang ekanini isbotlab berishdan iboratdir" 1 .
O‗tmishimizga taalluqli bo‗lgan har bir narsa ibrat va saboq maktabi uchun dastur bo‗lib xizmat qiladi. Zero, "... har bir yangi davr bosib o‗tilgan yo‗l - moziyni anglash ehtiyojini paydo qiladi, chunki bugun va ertaning ildizlari hamisha kechaning bag‗rida qoim" 2 . Umuminsoniyatga taalluqli bo‗lgan qonuniyatlar mavjud. Hind braxmanlarida: "Insonning ko‗zi, o‗zidan boshqa hamma narsani ko‗rishga qodir" degan aqida bor. Ijodkorning nigohi bundan mustasno deb bo‗lmaydi, ammo "...ijodkor, ayniqsa shoir ijtimoiy dolzarb muammolarni bir chetga yig‗ishtirib qo‗yib, "ko‗z qorachig‗ini ichga qaratadi"_. Binobarin, psixologizm - bu muallifning badiiy bo‗yoqlar bilan qahramonning ichki olami manzarasini chizishga bo‗lgan urinishdir.
Mazkur mavzuda yuritayotgan fikrlarimizni yanada yorqinroq ifoda etish maqsadida, baayni shu masalada ilmiy izlanishlar olib borgan o‗zbek va rus adabiyotshungoslarining ilmiy tadqiqotlari ustida bir oz to‗xtalsak. Adabiyotda psixologizm atamasining ikki xili mavjud, deydi rus adabiyotshunoslari. Keng ma‘noda u butun boshli adabiyotning umumiy xususiyatlarini, inson hayoti va xarakterini yaratish sanatini o‗z ichiga qamrab oladi. Shu ma‘noda psixologizmning bu turi barcha asarlar uchun taalluqli hisoblanadi. Alohida asarlarga xos bo‗lgan psixologizm esa, bu atamaning tor ma‘nodagi xususiyati bo‗lib, u inson qalbining qiynoqlari, qitiqlari, kechinmalarini haqqoniy va hayotiy tarzda yoritish vositasi sifatida ijodkorning qobiliyatidan dalolat beradi.
1
2 Ulug‗bek Hamdam. Yangi o‗zbek she‘riyati. T.: Adib n. 2012, 4 b.
9 Adabiyotshunos A.B. Yesin: ―Psixologizm – u alohida adabiy shakl bo‗lib, uning ortida badiiy mazmun va g‗oyaviy-ta‘sirchan mohiyatni bayon etish san‘ati mavjud‖_, deganida shularni nazarda tutgan edi. Yesinning fikricha, fikrni psixologik tasvir vositalari bilan ifoda etishning uch asosiy shakli mavjud. Ulardan ikki turiga I.V. Straxov o‗z tadqiqotlarida quyidagicha ta‘rif bergan: "Birinchisi, insonning ichki olamini badiiy talqin qilish: bunda ichki ovoz, xayol va tasovvurlarni obrazlashtirish orqali qahramonning botinida ro‗y beradigan kechinmalar idrok qilinadi. Ikkinchisi - tashqi tasvir: bunda inson psixikasining zohirida namoyon bo‗ladigan holatlar, ya‘ni yuzining bujmayishi, qoshining chimirilishi, ovozining qaltirashi va hok birlamchi bo‗lib hisoblanadi"_. Yesin shunga qo‗shimcha ravishda psixologik tasvir vositalarining yana bir shakli bor, degan fikrni ilgari suradi. Bu muallif tomonidan lirik qahramonning ruhiy dunyosida kechayotgan holatni to‗g‗ridan-to‗g‗ri bayon qilinishi, deydi. Mazkur tadqiqotlarimizning asosiy mavzusiga kirishishdan avval, inson psixikasi, uning psixologiyasi haqida bir muddat to‗xtalish maqsadga muvofiq deb hisoblayman. Chunki adabiy hodisa sifatida qaralayotgan psixologizm masalasi aynan insonning bosh miya faoliyati bilan vobastadir. Bu borada jiddiy ilmiy izlanishlar olib borgan rus olimlari quyidagi fikrlarni ilgari surganlar: "Psixologizm – muhim adabiy hodisa bo‗lib, u inson qalbini teran anglash, voqea va hodisalarning mazmun-mohiyatiga chuqur kirib borish, tadqiq etish imkonini beradi. Psixlogizmni birinchilardan bo‗lib adabiy hodisa sifatida fanga olib kirgan va unga adabiy uslub (priyom) deb izoh bergan Chernishevskiy L.N. Tolstoyning dastlabki hikoyalarini o‗qish asnosida shunday xulosaga kelgan. Binobarin biror-bir yumushni bajarish asnosida insonning ruhiy holati qanday bo‗lsa, mehnatining mahsulida u aks etadi. Jumladan she‘riyatda ham. Binobarin har
10 bir ishning hosilasida, u jismoniy mehnat bo‗ladimi yoki aqliy, qat‘iy nazar, ruhiyatning nuqsi bo‗ladi. Demakki ijodkorning ijod jarayonida ruhiy holati muhim, biroq ruhiyat insonning irodasiga bo‗ysunmaydi. Uni hosil etadigan, ruhiy holatning o‗zgarishiga sabab bo‗ladigan, salbay yoki ijobiy ta‘sir ko‗rsatadigan bir qator faktorlar mavjud - mana shularning barchasi asarning psixologizmini bildiradi. Masalan, yosh bilan bog‗liq omillar, hayot tashvishlari, turmush ikir-chikirlari va hokazolar shular jumlasidandir. Demak, aytish mumkinki, asarning psixologizmini ijodkorning ruhiy holati belgilaydi. Filologiya fanlari Ulug‗bek Hamdamov mazkur mavzu atrofida atroflicha to‗xtalib, "davr – shaxs – she‘riyat munosabati bo‗yicha asosiy ilmiy konsepsiya"sini ilgari surgan. Unga ko‗ra: "birinchidan, she‘riyat ijtimoiy hodisa sifatida insonning ruhiy mohiyatidan ibtido oladi; ikkinchidan, har qanday yaxshi she‘r markazida o‗zining quvonch va tashvishi, orzu va armoni bilan inson turadi. (Insonda esa bashariyatga xos barcha fazilatlar va illatlar tarkib topgandir – izoh bizniki); uchinchidan, inson mohiyati durli davrlar she‘riyatida turlicha jilo beradi. Chunki har bir davr alohida spetsifikaga ega ijtimoiy-psixologik muhit sifatida insonga – shoirga o‗z ta‘sirini o‗tkazadi va bu ta‘sir she‘r shoir orqali she‘rga ko‗chadi" 1 . Psixologizm - adabiyotshunoslikda qo‗llaniladigan atama, adabiy jarayon: u asar qahramonining his-tuyg‗ulari, ehtiroslari, o‗y va kechinmalarini to‗la va batafsil ifoda etish vositasi. Ma‘lumki, psixologik xarakterdagi asarlarda ijodkor e‘tiborni tashqi detallarga emas ichki tomonga qaratadi. Biz juda ko‗p holatlarda asarlarda adabiy qahramonning tashqi qiyofasi tasnif etilishini emas, uning ichki dunyosi chuqur tahlil etilganini kuzatganmiz. Buning kabi asarlarda tashqi va ichki tasnif son
1
11 jihatidan farq qilinishidan tashqari, ularning o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlik ham o‗zgaradi. masalan, oddiygina bayondan iborat bo‗lgan asarlarda tashqi tasnif bevosita ishtirok etsa, bu holatda ular umumiy mazmunga bo‗ysundiriladi, adabiy qahramonning qalb kechinmalari bilan bog‗lanadi. Kundalik turmushdagi o‗zining bevosita vazifasini bajarish barobarida, boshqa bir muhim yumushni ham o‗z zimmasiga oladi: psixologik jarayonlarni hosil qiladi va boshqaradi. Narsa va hodisalar shu kabi yondashuv asnosida bahs, munozara mavzusi bo‗lib xizmat qiladi. "...Davr falsafiy mavzular ichida eng abstrakt xarakterga egaligi bilan ajralib turadi. Sababi, uning moddiylashagan konkret bir shakli yo‗q. Bu abstraktlikka faqat inson faoliyatigina konkretlik baxsh eta oladi"_. Professor N. Rahimjonovning mazkur fikrlari ham yuqoridagi mavzuni davom ettirib keladi. Badiiy ijodning o‗ziga jalb etuvchi jihatlaridan biri, uning inson ichki olamidagi qorong‗u va mavhum tilsimlarni ochish qobiliyatidir. U qalbda kechadigan jarayonlarni shu qadar aniq-oydin ifoda etadiki, boshqa bir fan hali bunga qodir bo‗lgani yo‗q. Hatto eng zamonaviy tibbiyot ham inson ruhiyati, uning qalbi bilan bog‗liq tadqiqotlarda masalaga chuqurroq kirishga muvaffaq bo‗lgan emas. "Uzoq davom etib kelayotgan tarixiy adabiy hayotda, - deydi A.B. Yesin, - psixologizmning sirli, ammo samarali jihatlaridan biri, ijodkor inson qalbi haqida so‗zlay turib, har bir o‗quvchi bilan uning o‗zi haqida gaplashayotgandek bo‗ladi" 1 . Psixologizm – bu badiiy asarning uslubiy tasnifi bo‗lib, u orqali personajlarning ichki dunyosi chuqur va mufassal bayon etiladi. Ko‗zga ko‗rinmaydigan, qo‗lga ilashmaydigan hissiyotlar, fikrlar, tuyg‗ular qiyofa kasb etadi go‗yo. Bunda qalb kechinmalari juda noziklik va mohirlik bilan tahlil qilinadi. Xuddiki kimyoviy
1 Yesin A. B. Psixologizm russkoy klassicheskoy literaturi. M., 1988.
12 elementlar o‗zaro birikib, moddiylashgan bir unsurni paydo qilgani kabi, ijodkor insonning zohirida ro‗y beradigan qahr-g‗azab, nafrat, quvonch va boshqa hodisalarning hosil bo‗lish sabablarini ochib beradi. Ko‗zga ko‗rinmas zarralar insondagi yetmish ikki tomirning qaysi bir tolasidan oqib kelayotganini, u oxir-oqibat qaysi nuqtada qanday ko‗rinishda namoyon bo‗lishini ko‗rsatib beradi. Bu – dialektika: har qanday oqibat sabab va sababchisiga ega. Deylik yuzga toshma toshdi, demakki ovqat hazm qilish tizimida ish chatoq. O‗n ikki barmoqli ichak faoliyati buzilgan. Parhez va malham tavsiya etiladi... Shu o‗rinda ta‘kidlash joizki, insonning zohiri uning ichki olamiga ko‗zgu vazifasini o‗taydi. Kasalini ming yashirsang ham, isitmasi oshkor etgani kabi kishining botinida kechadigan har qanday jarayon uning zohirida aks etadi. Binobarin, professor Komil Imomovning ibtidoiy jamoa tuzumida "...inson hayoti, noma‘lum hodisalarga javob topishga urinish, e‘tiqodiy tushuncha, tasovvurlar yaratishga, shuningdek momaqaldiroq, chaqmoq, bo‗ron, zilzila, sel kabi g‗ayri oddiy ko‗ringan hodisalarga qarshi kurasha oladigan kuchni izlash, ajdodlar ruhiga sajda qilish, notabiiy kuchga sig‗inish, ilohiy qudratga ishonch, himmatiga topinish kabilar tashkil etgan", deb yozadi "Mifologik afsonalar"_ nomli maqolasida. Demakki, bundan bir ma‘no kuzatiladi. Odamning dunyoni anglashga, uning sir-sinoatlarini idrok qilishga bo‗lgan intilishi – ruhiy-psixologik jarayonlarning mohyatini tashkil etadi. Bu borada aniq va tabiiy fanlar bilan shug‗ullangan ilm egalaridan farqli o‗laroq, ijod ahli turli narsa va hodisalarni yoki muayyan shaxslarni ideallashtirish orqali muammoga o‗z yechimlarini taqdim etadilar. A.S. Pushkinning "Ruslan va Lyudmila"si, Hamid Olimjonning "Oygul bilan Baxtiyor" she‘riy dostonlari shuning yaqqqol misolidir. Basharti, shu o‗rinda V. Zinchenkoning quyidagi fikrini keltirib o‗tish o‗rinli: "Psixologizm - bu to‗qima obrazga (adabiy
13 qahramon) xos bo‗lgan tuyg‗ular, hissiyotlar va kechinmalarning to‗la, batafsil va chuqur tahlili va ularni badiiy vositalar orqali ifoda etilishidir" 1 .
psixologizm xos, ya‘ni inson haqida muxtasar tushuncha adabiyotda ham falsafada ham, dastlabki hayot uchqunlarining ilohiyligidan kelib chiqadigan bo‗linsa, psixologik emas, antologik talqin qilinmog‗i lozim". Shuning uchun ham u L.Y.Ginzburg va A.B. Yesin tomonidan tavsiya etilgan psixologik tahlil hamda lug‗atlar tizimini to‗ldirishni: etik, dramatik va lirik psixologizm tushunchalarini kiritish mantiqli va to‗g‗ri ish bo‗lishini taklif etadi. Bu masalada yakuniy bir to‗xtamga kelish ko‗p bahs va munozaralarga sabab bo‗lishi turgan gap. Shuning uchun ham hali tamoman yechimini topmagan mazkur masala ustida ortiq to‗xtalmaymiz. Mavzuga taalluqli fikrlar silsilasida uni eslatib o‗tganimiz esa, shunday qarashlar borligi haqida ma‘lumot berishdan iborat edi xolos. O‗zbek she‘riyatida psixologizm muammosi hali o‗rganilmagan mavzu desak, yoki aniqroq aytganda chuqur tadqiq etilmagan soha desak yanglishmagan bo‗lamiz. Chunki o‗tgan tuzumning hukmron mafkurasi buning kabi yondoshuvlarni nafaqat yoqlamagan, balki, xuddi iqtisodiyotda ko‗p ukladli ishlab chiqarishga yo‗l bermagani yoki xususiy mulkka oyoq tirab qarshi turgani singari, adabiyotda ham sotsialistik realizm qobig‗idan tashqari chiqishga ruxsat bermas edi. Sababi, Prezidentimizning "Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch" nomli asarida ta‘kidlanganidek: "... dunyodagi zo‗ravon va tajovvuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki millatni o‗ziga tobe qilib, bo‗ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‗lsa, avvalambor, uni
1
14 qurolsizlantirishga, ya‘ni eng buyuk boyligi bo‗lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma‘naviyatidan judo qilishga urinadi" 1 .
bejizga emas. Zotan o‗tgan asrning hukmron mafkurasi xalqimiz ongiga xuddi mana shunday zo‗ravonlik yo‗li bilan daxl qildi. Birgina misol tariqasida yuzlab millat va elatlar istiqomat qiladigan mamlakatda yagona til siyosatini yuritish uchun qilingan urinishlarni olib ko‗raylik. Avval tillarni qisqartirib zonal tillarni vujudga keltirish, so‗ngra yagona til - muomala vositasini joriy etish rejalashtirilgan edi. Bu islohotlar o‗zini bilgan, o‗zligini anglagan kishilarga haqoratomuz bo‗lib tuyulgani ham shundan. Shuning uchun ham rus bo‗lmagan xalqlar adabiyotida mazkur mantiqqa tanqidiy munosabat tarzida asarlar dunyoga kelgan edi. Bir so‗z bilan aytganda "xalqning vijdoni" martabasidagi kishilar ona tilining himoyasiga otlanishgan. Jumladan Erkin Vohidovning "Ona tilim", Abdulla Oripovning "Ona tilimga" nomli she‘rlari ham mana shu mantiqqa munosabat tarzida yozilgan. Mana u Erkin Vohidov talqinida: Notiq dedi: "Taqdir shul: Bu jahoniy iroda. Tillar yo‗qolur butkul, Bir til qolur dunyoda. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling