Udk: hasanov nodir hamroqulovich yer osti suvlari "korizlar" va ulardan foydalanish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/29
Sana05.01.2022
Hajmi1.58 Mb.
#207047
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
yer osti suvlari korizlar va ulardan foydalanish tarixi nurota tumani misolida

XULOSALAR 

 

 Suv  har  doim  va  har  vaqt  biosfеraning  muhim  qismini  tashkil  etib,  insonlar 



yashash  muhitining  ajralmas  qismi  bo’lib  qoladi.  Atrof-muhitimizning 

mavjudligini  ta'minlashda  zaruriy  vosita  bo’lib,  sayyoramizdagi  butun  tirik 

organizmlarni,  eng  avvalo,  butun  insoniyatni  yashashi  uchun  sharoit  yaratadi. 

Sayyoramizda o’simliklar va hayvonot dunyosining tarqalishi va ularning yashashi 

uchun zarur sharoitning mavjudligi, albatga, suv bilan bog’liq. Qaеrda suv ziyoda 

bo’lsa, u еrda butun tirik mavjudot gullab-yashnaydi va ko’payadi, aksincha, suv 

kam yoki umuman yo’q bo’lsa, hayotning o’zi ham bo’lmaydi. Suv insoniyatning 

madaniy hayotining shakllanishi va taraqqiy etishida sayyoramizdagi boshqa tabiiy 

rеsurslarga nisbatan sеzilarli rol o’ynaydi. Suvning sanoat va qiishoq xo’jaligidagi 

ahamiyati  bеqiyosdir.  Uning  maishiy  ehtiyojlarni  qondirish  uchun  zarur  vosita 

ekanligi hеch kimga sir emas. Suv inson organizmi, barcha o’simlik va hayvonlar 

tarkibini tashkil qiladi. Ko’plab tirik mavjudotlar uchun yashash muhiti vazifasini 

bajaradi. 

Hozirgi kunga kelib Nurota tumaning tog’li hududlarida haliyam ota bobolarimiz 

yaratgan  yer  osti  inshooti  korizlardan  foydalanib  kelishmoqda.  Bu  korizlar  xalq 

xo’jaligi  inson  faoliyati  uchun  naqadar  muhim  ekanligini  to’gri  anglashimiz  uni 

yosh  avlodga  uni  isrof  qilmaslik  qadriga  yetish  nechog’lik  muhum  ekanligini 

tushunishimiz  va  tushuntirishimiz  kerakliligini  hayotning  o’zi  ko’rsatib  turubdi. 

Shuning  uchun  yer  osti  ichimlik  suvlaridan  miyyorida  hamda  oqilona 

foydalanishimiz  bugungi  kunda  har  bir  fuqaroning  burchiga  aylanmog’i  joiz  deb 

hisoblayman. 

Xulosa  shuki,  er  osti  suvlaridan  foydalanishdan  avval  ular  tarqalgan  joylarning 

geologiya  va  gidrogeologiyaga  oid  sharoitlarini,  jumladan,er  osti  suvlarining 

shakllanish  va  harakatlanish  qonuniyatlarini  tarqalish  va  yotish  sharoitlarini, 

ximiyaviy  tarkibi  xossalarini,ularni  o’zida  ‘’sig’dirib’’  turgan  suvli  tabaalarning 

zaxiralarini  va  sh.k.ni  mufassal  o’rganish,shundan  keyingina  undan  foydalanish 

imkoniyatlari va istiqbollari xususida tavsiyanomalar ishlab chiqish lozim.  

 

 



 

 



 

 


Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling