Udk: hasanov nodir hamroqulovich yer osti suvlari "korizlar" va ulardan foydalanish
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
yer osti suvlari korizlar va ulardan foydalanish tarixi nurota tumani misolida
Qatlamlararo (artezan) suvlar. Suv o’tkazmaydigan ikki qatlam orasiga
joylashgan suv o’tkazadigan qatlamda suv to’planishidan qatlamlararo yer osti suvlari hosil bo’ladi. Bunday suvlar bosimsiz va bosimli bo’lishi mumkin. Qatlamlararo bosimsiz yer osti suvlari yer yuzasidan ikkinchi, uchinchi suv o’tkazmaydigan qatlamlar orasidagi qatlamlarda joylashgan bo’lib, doimo grunt suvlarining ostida uchraydi. Bu suvlar suv saqlovchi qatlamlarni to’ldira olmaydi, chunki ular past-baland relyefli tog’li va tog’ oldi rayonlarida uchraydi, daryo va jarlik o’zanida buloq tarzida yer yuzasiga chiqib, oqar suvlarga qo’shiladi. Qatlamlararo bosimsiz suvlarning ta'minlanish soxasi suv singuvchi qatlamning yer yuzasiga chiqqan qismiga to’g’ri keladi va tarqalish maydoniga mos tushmaydi. Bu suvlar oqimi grunt suvlari oqimiga o’xshash bo’ladi. Qatlamlararo bosimli yer osti suvlari, odatda, suv o’tkazmaydigan va suv singiydigan qatlamlarning tektonik xarakatlari ta'sirida hosil bo’lgan sinklinal yoki monoklinal strukturalarida yuzaga keladi. Suv singadigan qatlamlar tog’li rayonlarda yer yuzasiga chiqib, atmosfera yog’inlaridan tuyinadi va singiyotgan suv o’z og’irlik kuchi ta'sirida nishablik bo’yicha pastga qarab oqa boshlaydi. Suv qatlam g’ovakliklari va bo’shliqlarini to’ldirib, o’z xarakati davomida burmaning sinklinal qismidan antiklinaliga qarab ko’tarila boshlaydi. Natijada bosim yuzaga keladi. Suvli qatlamning yuqori xam pastki tomonidan qatlamlar o’zidan suvni o’tkazmaganligi sababli suv bosimi vaqt o’tishi bilan juda kuchayadi. Agar suvli qatlam burg’u qudug’i yordamida ochilsa, suv satxi quduq bo’ylab yuqoriga ko’tarila boshlaydi, shuning uchun xam bosimli suv deb ataladi. Suv satxi esa pyezometrik satx deyiladi Pyezometrik satx balandligi dengiz yuzasi yoki nisbiy olingan gorizontal tekislikka nisbatan aniqlanadi. Kartada xar xil pyezometrik satxlarni birlashtiruvchi chiziq gidroizopyez deb ataladi. Bosim kuchi suv singuvchi qatlamning yer yuzasiga chiqan qismining mutloq balandligi bilan suv ochilgan joy balandligining farqi orqali topiladi. Ayrim paytlarda suvli gorizontning ochgan quduqlardan suv yer yuzasiga fontan bo’lib otilib chiqadi. Bosimli suv gorizontlari suv o’tkazmaydigan qatlamlar bilan bo’linib, qat-qat bo’lib joylashadi va yer osti suvlarining artezian xavzalarinihosil qiladi. Suv singadigan qatlamning yer yuzasiga chiqqan suv bilan ta'minlanadigan
qismi suvli gorizontning tuyinish soxasideyiladi. Bosimli suvlarning yer yuzasiga chiqadigan joyi oqish soxasi yoki bo’shalish soxasi deyiladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling