Udk: hasanov nodir hamroqulovich yer osti suvlari "korizlar" va ulardan foydalanish
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
yer osti suvlari korizlar va ulardan foydalanish tarixi nurota tumani misolida
XULOSALAR
Suv har doim va har vaqt biosfеraning muhim qismini tashkil etib, insonlar yashash muhitining ajralmas qismi bo’lib qoladi. Atrof-muhitimizning mavjudligini ta'minlashda zaruriy vosita bo’lib, sayyoramizdagi butun tirik organizmlarni, eng avvalo, butun insoniyatni yashashi uchun sharoit yaratadi. Sayyoramizda o’simliklar va hayvonot dunyosining tarqalishi va ularning yashashi uchun zarur sharoitning mavjudligi, albatga, suv bilan bog’liq. Qaеrda suv ziyoda bo’lsa, u еrda butun tirik mavjudot gullab-yashnaydi va ko’payadi, aksincha, suv kam yoki umuman yo’q bo’lsa, hayotning o’zi ham bo’lmaydi. Suv insoniyatning madaniy hayotining shakllanishi va taraqqiy etishida sayyoramizdagi boshqa tabiiy rеsurslarga nisbatan sеzilarli rol o’ynaydi. Suvning sanoat va qiishoq xo’jaligidagi ahamiyati bеqiyosdir. Uning maishiy ehtiyojlarni qondirish uchun zarur vosita ekanligi hеch kimga sir emas. Suv inson organizmi, barcha o’simlik va hayvonlar tarkibini tashkil qiladi. Ko’plab tirik mavjudotlar uchun yashash muhiti vazifasini bajaradi. Hozirgi kunga kelib Nurota tumaning tog’li hududlarida haliyam ota bobolarimiz yaratgan yer osti inshooti korizlardan foydalanib kelishmoqda. Bu korizlar xalq xo’jaligi inson faoliyati uchun naqadar muhim ekanligini to’gri anglashimiz uni yosh avlodga uni isrof qilmaslik qadriga yetish nechog’lik muhum ekanligini tushunishimiz va tushuntirishimiz kerakliligini hayotning o’zi ko’rsatib turubdi. Shuning uchun yer osti ichimlik suvlaridan miyyorida hamda oqilona foydalanishimiz bugungi kunda har bir fuqaroning burchiga aylanmog’i joiz deb hisoblayman. Xulosa shuki, er osti suvlaridan foydalanishdan avval ular tarqalgan joylarning geologiya va gidrogeologiyaga oid sharoitlarini, jumladan,er osti suvlarining shakllanish va harakatlanish qonuniyatlarini tarqalish va yotish sharoitlarini, ximiyaviy tarkibi xossalarini,ularni o’zida ‘’sig’dirib’’ turgan suvli tabaalarning zaxiralarini va sh.k.ni mufassal o’rganish,shundan keyingina undan foydalanish imkoniyatlari va istiqbollari xususida tavsiyanomalar ishlab chiqish lozim.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling