Tadqiqot nazariy va amaliy ahamiyati. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan
respublikamizda “Ta`lim to`g`risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi”, 2005-2009 yillarda maktab ta`limini isloh qilish to`g`risidagi
qarorlarining qabul qilinishi ta`lim jarayoniga mutloq yangicha yondashishni,
umumta`lim muassasalari faoliyatini tubdan o`zgartirib, jahon ta`lim standartlariga
javob beradigan, mukammal ilm dargohlarini bunyod etishni nazarda tutadi.
Mazkur qarorga asosan Respublikamizning barcha hududlarida o`rta umumta`lim
muassasalari qayta ko`rib chiqilib, zamonaviy o`quv qurollari bilan jihozlash
ishlari davom etmoqda.Tadqiqot natijalari Navoiy viloyatidagi yer osti suvlaridan
qishloq xo’jaligida foydalanishning umumiy strategiyasini aniqlaydi va qadimiy
koriz inshootlarining o’rganish jarayonida ilmiy asos sifatida xizmat qiladi
Ta`lim dargohlarida o`quvchilar bilimini yanada oshirish, ularni erkin fikrlovchi,
izlanuvchan, barkamol shaxs sifatida tarbiyalash uchun o`quvchilarning puxta
bilim olishlariga alohida e’tibor qaratilishi lozimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |