Udk raxmonova gulnora
-bob. Ta’lim-tarbiya sifatini oshirishda didaktik tamoyillarga
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
talim-tarbiya sifatini oshirishda didaktik tamoyillarga yondashish mexanizmlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Umumiy o’rta ta’lim o’qituvchilarining didaktik tamoyillardan foydalanishini takomillashtirish shakl va metodlari. Tajriba-sinov ishlari va
- Ilmiylik tamoyilini amalga oshirish uchun quyidagilarga amal qiling
- Ta’limning tizimli va izchil bo’lishi qoidasini amalga oshirish uchun quyidagilarga amal qiling
- Ta’lim da tarbiyaning birligi qoidasini amalga oshirish uchun quyidagilarga amal qiling
- Uchinchi bob bo’yicha xulosa
3-bob. Ta’lim-tarbiya sifatini oshirishda didaktik tamoyillarga yondashish mexanizmlarini takomillashtirish yo’llari 1. Umumiy o’rta ta’lim o’qituvchilarining didaktik tamoyillardan foydalanish darajasi tahlili Ta’lim-tarbiya sifatini oshirishda didaktik tamoyillarga yondashish yuzasidan tajriba - sinov ishlari quyidagi 3 bosqichda olib borildi: 1.Tayyorgarlik bosqichi. 2. Tajriba- sinov ishlarini bevosita tashkil etish bosqichi. 3. YAkunlovchi bosqich. Tajriba sinov ishlarini tashkil etishda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi: 1. Pedagogik kuzatuvni tashkil etish 2. Muammoning nazariy va amaliy jihatdan o’qituvchilar bilish holatini aniqlash maqsadida suhbatlar tashkil etish. 3. Anketa va test so’rovnomalarini o’tkazish. 4. O’qituvchilar ishtirokida o’tkazilgan anketa va test, so’rovnomalar natijasida tadqiqot faoliyatini yanada boyitish. 7. Ta’lim-tarbiya sifatini oshirishda didaktik tamoyillardan foydalanish metod va vositalarini aniqlash. Tadqiqot muammosi ustida izlanish va o’qituvchilarining didaktik tamoyillarni bilish va unga amalda rioya qilishlarini aniqlash bevosita va bilvosita pedagogik kuzatish, suhbat hamda pedagogik testlarni tashkil etish kabi metodlardan foydalanildi. Tajriba-sinov ishlarining yakuniy bosqichida quyidagi vazifalar hal etildi. 1. Amaliy faoliyat jarayonida o’qituvchilarda didaktiktamoyillarni bilish darajasini ifodalovchi ma’lumotlarni umumlashtirish. 2. Umumlashtirgan materiallarni matematik-statistik metod orqali qayta tahlil etish. 3. Matematik-statistik tahlil natijasiga ko’ra umumiy xulosalar chiqarish. Ta’lim-tarbiya sifatini oshirishda didaktik tamoyillarga yondashish muammosining muvaffaqiyatli tadqiq etilishi mavjud adabiyotlarni nazariy tahlil etilishi, ta’lim muassasalari amaliyotining o’rganilishi hamda o’qituvchilar faoliyatining mavjud holatiga baho berilishiga ham bog’liq. Binobarin, ushbu urinish muammoning hal etilgan va etilmagan jihatlarini aniqlashga yordam beradi. SHu sababli asoslovchi tajriba davrida nazariy tahlil, hujjatlarni o’rganish, pedagogik kuzatish, anketa, test, suhbat, intervyu metodlari yordamida umumo’rta ta’lim maktablari o’qituvchilarining didaktik tamoyillarni bilim va ulardan foydalanishning mavjud darajasini baholashga alohida e’tibor qaratildi. Mavjud adabiyotlarni o’rganish shundan dalolat beradiki, ta’lim jarayonida qator tamoyillarga amal qilish ko’zda tutiladi. Mavjud manbalarni nazariy jihatdan o’rganish, yangi turdagi ta’lim muassasalari faoliyatini bevosita tahlil qilish, ijtimoiy-gumanitar fanlar, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha mas’ul shaxslar bilan tashkil etilgan muloqotlar natijasi mustaqillik yillarida O’zbekistonda umumta’lim maktablarining o’qituvchilarida didaktik qonun va tamoyillarga oid yaxlit manba mavjud emasligini ko’rsatdi. Garchi, o’qituvchilar fanlarni o’qitish, shuningdek, o’quvchilarga ta’lim muassasasining faoliyati yo’nalishiga muvofiq kasbiy bilimlarni berishga yo’naltirilgan ayrim ixtisoslik fanlari doirasida ta’lim iamoyillariga mal qilsalarda, ularning ta’lim qonuniyat va tamoyillari to’g’risidagi nazariy bilimlari tizimli emas. Buning asosiy sababi bo’lg’usi o’qituvchilar va yosh o’qituvchilarning didaktik tamoyillar mohiyati va ahamiyatini yaxshi bilmasligidadir. SHuningdek, ta’lim va tarbiya jarayonlari o’rtasidagi muvofiqlikning mavjud emasligi ham bunga sabab bo’lmoqda. Navoiy viloyati Karmana shaxridagi 15- o’rta umumta’lim maktabida tajriba ishlarini olib borish jarayonida o’qituvchilarning bir qismi ta’lim tamoyillari mohiyatini chuqur bilmasligining guvohi bo’ldik. Ular bilan tezkor savol-javoblar tashkil etdik (5-ilova). Bunda 40 nafar o’qituvchi ishtirok etdi. Uning 20 nafari nazorat guruhida va 20 nafari tajribv guruhida ishtirok etdi. O’qituvchilarning ta’lim tamoyillarini bilish va amalda unga rioya qilish darajasini quyidagi jadvalda ko’rishimiz mumkin (1-jadval). № Ta’lim tamoyillari Nazorat guruhi Tajriba guruhi Nazorat guruhi Tajriba guruhi Eksperimentdan oldin Eksperimentdan keyin Bila- di Rioya qiladi Bila- di Rioya qiladi Bilad i Rioy a qilad i Biladi Rioya qila- di 1. ta’limning ilmiy bo’lish qoidasi 17 15 17 14 18 16 20 19 2. ta’limning tizimli va izchil bo’lishi qoidasi 16 14 16 15 17 15 19 18 3. ta’lim va tarbiyaning birligi qoidasi 19 16 17 15 19 17 20 18 4. ta’limda nazariyaning amaliyot bilan boglab o’qitish qoidasi 18 15 16 14 18 16 19 18 5. ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi 16 13 15 12 17 15 19 17 6. ta’limda ko’rsatmalilik qoidasi 20 18 19 18 20 18 20 19 7. ta’limning o’quvchilarga mos bo’lishi qoidasi 18 15 17 14 18 16 19 18 8. ta’limda bilim, ko’nikma va malakalarni puxta va mustahkam o’rganish qoidasi 17 15 17 14 18 16 19 17 9. ta’limda o’quvchiga xos xususiyatlarni hisobga olish qoidasi 19 15 18 15 19 16 20 16 Shu narsa aniqlandiki, ta’lim tamoyillaridan ta’limda nazariyaning amaliyot bilan boglab o’qitish qoidasi, ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik qoidasi hamda ta’limda o’quvchiga xos xususiyatlarni hisobga olish qoidasiga ko’pgina o’qituvchilar rioya qilishmayapti. Biz tajriba guruhlarida ta’lim tamoyillari mohiyatini chuqur tushuntirib berishga harakat qildik, ularning har biri haqida keng va prezentatsiyali shaklda tushuncha berdik (2-ilova). Pedagoglardan ta’lim tamoyillariga to’liq amal qilinmaslkning asosiy sabablari nimada ekanligi so’ralganda ularning umumiy javoblarida quyidagilar qayd etildi: - Didaktik tamoyillar mohiyatini ochib beruvchi manbalarning yetarli emasligi; - pedagoglarning didaktik tamoyillarni tizimli, izchil, uzluksiz tashkil etish malakalarining yuqori darajada emasligi; - ta’lim tamoyillaridan foydalanishni ilmiy asosda samarali tashkil etishga oid metodik manbalarning yetishmasligi; - didaktik tamoyillarning ta’lim-tarbiya beruvchi imkoniyatlardan oqilona foydalanilmayotganligi va boshqalar. - «Shaxsan siz o’z faoliyatingizda ta’lim tamoyillariga e’tibor qaratasizmi?» degan savolga pedagoglar tomonidan qaytarilgan javoblar miqdori ko’rsatkichlarda ba’zan e’tibor qarataman degan javoblar ko’proq uchraydi. Asoslovchi tajriba davrida sinov ishlarida ishtirok etgan pedagoglar ular e’tiborlariga havola etilgan savollarga javob qaytarar ekanlar, ta’lim-tarbiya jarayonida didaktik tamoyillarga amal qilishni kuchaytirishga oid quyidagi takliflarni ilgari surdilar: - O’qituvchilarni didaktik qonuniyatlar va tamoyillar haqidagi nazariy manbalar bilan; - pedagogik jamoalar o’rtasida didaktikaning dolzarb masalalariga oid umumiy yoki alohida maxsus seminarning tashkil etilishiga erishish; - ta’lim tamoyillaridan foydalanishda yuqori samaralarga erishayotgan rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribalaridan samarali foydalanish; - ta’lim muassasalarida ta’lim tamoyillari bshyicha to’plangan ilg’or tajribalarni umumlashtirish va ularning respublika miqyosida targ’ib etilishiga erishish va boshqalar. O’qituvchilarda ta’lim tamoyillarini bilish darajasining tahlili ularda va unga amal qilish bugungi kun talablari darajasida emasligini tasdiqladi. Bu holat ularning bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlashga qaratilgan anketa so’rovlari savollariga qaytargan javoblarida aks etadi. O’qituvchilar e’tiboriga anketa so’rovlaridan tashqari og’zaki savollar ham havola etildi. Bundan ko’zlangan maqsad ularning ta’lim tamoyillari to’g’risidagi shaxsiy qarashlarini o’rganishdan iborat edi. Asoslovchi tajriba – sinov jarayonida anketa so’rovlari, maxsus test so’rovlari, bevosita va bilvosita pedagogik kuzatish, o’qituvchilarning didaktik tamoyillarni bilish va unga amal qilish darajasini tahlil qilish asosida quyidagi jadval shakllantirildi: O’rta umumta’lim maktab o’qituvchilarida didaktik tamoyillarni bilishning mavjud darajasi (2-jadval) Tajriba bosqichlari Tajriba guruhi O’qituvchilar soni – 20 nafar Nazorat guruhi O’qituvchilar soni – 22 nafar Past O’rta Yuqori Past O’rta Yuqori Tajriba boshida 10 9 1 10 9 3 O’rta umumta’lim maktab o’qituvchilarida didaktik tamoyillarni bilishning rivojlanish darajasi (3-jadval) Tajriba bosqichlari Tajriba guruhi O’qituvchilar soni – 30 nafar Nazorat guruhi O’qituvchilar soni – 32 nafar Past O’rta Yuqori Past O’rta Yuqori Tajriba oxirida 1 15 4 8 11 3 Jadval ko’rsatkichlaridan anglanadiki, tajriba-sinov ishlariga jalb etilgan o’qituvchilar didaktik tamoyillar mazmuni, nazariy va amaliy mohiyatlarini talablar darajasida yoritib yoki o’z xatti-harakatlarida aks ettirib bera olmadilar. Bu esa o’z-o’zidan tajriba-sinov ishlarining navbatdagi bosqichlarida ularga bu borada ham puxta nazariy bilimlarni berish maqsadga muvofiq ekanligini tasdiqladi. 2. Umumiy o’rta ta’lim o’qituvchilarining didaktik tamoyillardan foydalanishini takomillashtirish shakl va metodlari. Tajriba-sinov ishlari va uning samaradorlik darajasi Tadqiqot olib boriladigan ta’lim muassasalaridagi o’quv va tarbiyaviy ishlarni o’rganish va tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilarga turli metod seminarlar, ma’ruzalar, davra suhbatlari, munozaralar shaklida ta’lim-tarbiya sohasidagi yangiliklarni, didaktika sohasidagi dolzarb muammolarni muhokama qilib borish lozim. Bundan tashqari maktablardagi ilg’or o’qituvchilar tajribalarini, aynan, didaktika sohasidagi ommalashtirib borish ko’zda tutilishi lozim. Ushbu tashkil etilgan tadbirlarda ta’lim tamoyillari mohiyati va mazmunining chuqur anglanishiga erishish lozim. Tadqiqot ishimizda maktab o’qituvchilari bilan seminarlar, ma’ruzalar, davra suhbatlari, munozaralar tashkil etib, ularga didaktik tamoyillar tushuntirib borildi. O’qituvchilarga quyidagi tavsiyalar berildi: Ilmiylik tamoyilini amalga oshirish uchun quyidagilarga amal qiling: - O’quvchininig o’quv materialidagi qonuniyatlarni tushunishi va o’zlashtirishi uchun to’g’ri sharoit yaratish. - Nazariy qoidalarni tushunarli tarzda, sodda shaklda yetkazib berish. - Nazariy ma’lumotlar tizimini shy ma’lumotlarda tevarak- atrofdagi dunyoni qanchalik chuqur aks etganligi nuqtai nazaridan o’rgatish. - O’quvchilarga o’rganish uchun ilmiy jihatdan ishonarli, amalda sinab ko’rilgan ma’lumotlarni berish. - Ta’lim jarayonida o’quvchilarni hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti darajasiga muvofiq keladigan ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, yoshlarni ilmiy-tadqiqot usullari bilan tanishtirib borish. - Ta’lim jarayonida fan-texnika yutuqlaridan foydalana oladigan o’qitish usullarini ham takomillashtirib borish. Ta’limning tizimli va izchil bo’lishi qoidasini amalga oshirish uchun quyidagilarga amal qiling: - O’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini ta’minlash uchun sxema, rejalardan foydalaning. O’quv materiali mazmunini mantiqan tugallangan qismlarga ajrating, ularni ketma-ket amalga oshiring. - O’quv predmeti-fanning kichraytirilgan nusxasi. O’quvchilarga uning tizimini ko’rsating, o’z predmetingiz to’g’risidagi tushunchani fanning, real borliqning bir zarrasi sifatida shakllantiring. Fanlararo aloqalardan foydalaning. - Mantiqan elementar va sodda bo’lsada, ongli o’zlashtirish ko’pincha qiyin kechadigan tushunchalarni o’quvchi ongiga sinchkovlik bilan joriy qiling. - O’qitishda tizimlilik va izchillikni ta’minlash uchun o’zlashtirilganlarni tez-tez takrorlang. - YAngi o’quv materialiga oddiy, oson, tabiiy kirishib ketadiganlardan tashqari hech narsa qo’shmang. - O’zquvchilaringizni mustaqil ishlashga muntazam o’rgatib boring, borgan sari qiyinroq narsalarni qiyinroq narsalarni mustaqil yechish uchun imkoniyat yarating. - YA.A.Komenskiyning nasihatini unutmang: “Hamma narsa ketma- ketlikda shunday olib borilishi lozimki, bugungilarning hammasi kechagilarni mustahkamlasin va ertangilari uchun yo’l ochib bersin” Ta’limda bilim, ko’nikma va malakalarni puxta va mustahkam o’rganish qoidasini amalga oshirish uchun quyidagilarga amal qiling: - Mavzuning muhimligini tushuntiring va qiziqarli holatda yetkazing. -O’quvchilarning kuchini qimmati kam bo’lgan materiallarni eslab qolishga sarflamang, o’quvchilarning ortiqcha zo’riqishiga yo’l qo’ymang. -Dangasalikka qarshi kurashing, yangilikni o’rgatishdan oldin, yangilikka qiziqish va unga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiring. - Darsda qiziqarli “chekinishlar”, eksperimentlardan foydalaning.Bolaga pand-nasihatdan ko’ra rivoyat, afsona, masal yaxshi samara berishining unutmang. -Bilimlarni mustaqil takrorlashdan keng foydalaning. - O’quvchilar xotirasini rivojlantiring. -O’quv materialiga tabaqalashtirilgan yondashuvdan foydalaning, har bir o’quvchining o’rganilayotganlarning hammasini emas, balki, asosiysini ongli, chuqur va mustahkam o’zlashtirish to’g’risida g’amxo’rlik qiling. -Bola qalbiga zo’rma-zo’raki kiritilgan bilim mustahkam bo’lmasligini unutmang. - O’rganilganlarni takrorlash va mustahkamlashni shunday o’tkazingki, bunda o’quvchilarning faqat xotirasiga emas, balki tafakkuri, sezgisi ham faollashsin. -Mustaqil takrorlashlarni tashkillashtiring va rahbatlantiring. Ta’lim da tarbiyaning birligi qoidasini amalga oshirish uchun quyidagilarga amal qiling: - Maktab o’quvchilariga ta’lim berishni tarbiyalash va ularning umumiy rivojlanishlari bir butunlikda amalga oshiring. - O’quv fanlarining har biri, xatto, ayrim mavzu va mavzuchalari ham, shubhasiz, tarbiyalovchilik harakteriga ega, bundan unumli foydalaning. - Ta’lim jarayonida mavzularning mazmunidan kelib chiqadigan tarbiyaviy tomonlarini to’g’ri belgilang va uni ta’lim bilan birga, bir butunlikda amalga oshirishni ta’minlang. - Tabiy fanlarni-matematika, ximiya, biologiya, astronomiya va boshqa fanlarning ham tarbiyaviy imkoniyatidan foydalaning. - Maktab ta’limidagi gumanitar fanlarning ham tarbiyaviy mohiyati juda muhimligini unutmang. Ayniqsa, ta’lim bilan tarbiyaning birligini ta’minlamoq uchun: a) bayon qilinayetgan o’quv materiallarining mazmunini ham ilmiy, ham g’oyaviy jihatdan to’g’ri tashkil qiling; b) t’lim jarayonida hadislardan foydalanishni tashkil eting; v) bayon qilinayotganlarning puxta va mustahkam o’zlashtirilishiga va turmushda unga amal qilinishiga erishing; g) ta’limda muammoli jaryonni vujudga keltiring, o’quvchilarning qiziqishlari, faollik va tashabbuskorliklarini ta’minlashga e’tiborni kuchaytiring; d) ta’lim jarayonida o’quvchilarning uyushqoqlik, intizomlilik va javobgarlikni sezish, o’zaro yordam xislarini tarbiyalashni ta’minlang. Tajriba-sinov ishlarining ikkinchi bosqichi quyidagi tadbirlarning o’qituvchilarda didaktik tamoyillarni bilish rivojlanishini tasdiqladi: «Ta’lim- tarbiya samaradorligini oshirish vositalari», «Didaktik tamoyillarning o’quvchilar bilim va kshnikmalarini rivojlantirishdagi o’rni», «Zamonaviy sharoitda ta’limni tashkil etish” kabi mavzularda tashkil etilgan suhbat va munozaralar. Shuning uchun o’qituvchilarni didaktik tamoyillarni to’liq o’zlashtirishini ta’minlash maqsadida quyidagi talablar ishlab chiqildi. Ular: - ta’lim-tarbiya tizimidagi, pedagogika fanidagi yangiliklarni o’qituvchilarga o’rgatishni aniq reja asosida tashkil etish; - ularni amalga oshirish metodikasini ishlab chiqish; - ta’lim-tarbiyadagi sifat o’zgarishlarini aniqlash; - mashg’ulotlar va tarbiyaviy tadbirlarni innovatsion texnologiya usullari asosida tashkil etish; - didaktik qonunlarni to’liq o’zlashtirish va ulardan o’rinli foydalanish. Kuzatishlar natijasida o’qituvchilar faoliyatida ayrim kamchiliklar mavjudligi ko’zga tashlandi. Bular: o’qituvchilarda pedagogika fanini yaxshi bilmaslik, pedagogik mahoratli yetarli shakllanmaganligi, ta’lim tamoyillarini chuqur bilmaslik, tamoyillardan ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda foydalana bilmaslik va boshqalar. Tajriba-sinov ishlarining ikkinchi bosqichi quyidagi tadbirlar o’qituvchilarni didaktik tamoyillar bilan qurollantirishdagi ahamiyati katta ekanligini tasdiqladi: ”Ta’lim qonuni –ta’lim-tarbiyaga e’tibor namunasi”, “Haqiqiy o’qituvchi qanday bo’lishi kerak?”, “Pedagogik mahorat qanday shakllantiriladi?”, “Ta’lim tamoyillari: jahon tajribasi g’oyalari”, “Ta’lim- tarbiya samaradorligini oshirishda o’qituvchi va texnologiyalarning roli”, “Didaktik tamoyillarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyati”, “Didaktika va metodikadagi eng so’nggi yangliklar”, mavzularida suhbat, bahs-munozara, davra suhbati, ko’rik-tanlov, kecha, haftalik, axborot-targ’ibot, forum, amaliy trening, ma’ruza, konferensiya, uchrashuv hamda muzey ekskursiyalari. Bundan tashqari o’qituvchilar bilan turli treninglar tashkil etdik, blits so’rovlar o’tkazdik. Ta’lim prinsiplari va ularni qo’llashga oid muammoli topshiriqlarni tajriba guruhidagi o’qituvchilar bilan muhokama qilib, yechimlarini topdik. Tajriba ishlari davomida kuzatilgan holatlar tadqiqotimizning mazmunini kengaytirish, ta’lim-tarbiya sifatini oshirishda didaktik tamoyillarga yondashish mexanizmini ishlab chiqish vazifasini yukladi. Uchinchi bob bo’yicha xulosa Uchinchi bobda bildirilgan fikrlar asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin: Pedagogik yo’nalishda amalga oshiriluvchi tadqiqotlarning samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega shartlardan biri – bu maxsus metodikani ishlab chiqish sanaladi. Shu sababli tadqiqot davrida umuta’lim maktablari o’qituvchilarida didaktik tamoyillarni bilish va amalda ularga rioya qilishini takomillashtirishga oid metodikani ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratildi. Amaliy faoliyat natijalarining ko’rsatishicha, tajriba- sinov ishlarini quyidagi metodikaga muvofiq amalga oshirish ilmiy izlanish samaradorligini ta’minlaydi: «Ta’lim tamoyillari va uning mohiyati» nomli anketa so’rovi, «Ism-sharifi" usuli, «Didaktika va ta’lim tamoyillari» nomli tzkor savol-javob, turli treninglar va ta’lim prinsiplari va ularni qo’llashga oid muammoli topshiriqlar yechish. Tajriba-sinov ishlarining ushbu metodika asosida tashkil etilishi ularning samaradorligini ta’minlab, tadqiqotning muvaffaqiyatli kechishiga ham zamin yaratadi. Olingan natijalar maxsus metodikaga muvofiq amalga oshirilgan tajriba-sinov ishlarining samarali yakunlanganlini tasdiqladi. XULOSA Ta`lim tizimimizdagi eng muhim vazifalardan biri – O’zbekistonning ta`lim tizimini istiqlol ruhi bilan takomillashtirish, uni o’zimizning mumtoz pedagogik an`analarimiz bilan boyitish, chet el pedagogikasidagi ilg’or jihatlarni o’zlashtirish, yangi-yangi samarali o’quv predmetlarini ta`lim tarkibiga kiritish bilan jahondagi ilg’or pedagogikalardan biriga aylantirishddan iboratdir. Shu mulohazalardan kelib chiqqan holda ta'lim va tarbiya tizimidagi muvaffaqiyatlar bevosita ta'lim qonuniyatlari va tamoyillari bilan bog’liq ekanligini ta’kidlash lozim. O’qituvchi faoliyatining muvaffaqiyati avvalo u didaktik prinsip (qonuniyat) larni qanchalik to’g’ri amalga oshirishiga bog’liq. Ta’lim prinsiplarining barchasiga rioya qilish va ularni amalga oshirish yo’li bilan o’quv-tarbiya jarayonining samaradorligi oshiriladi. Ta’lim mazmuni, vositalari, usullari, tashkiliy shakllarini maktab oldiga qo’yilgan ijtimoiy talablarga muvofiqlashtirish, bolalarning eng yuqori darajadagi taraqqiyotini ko’zlab ta’limni tashkil etish, o’quvchilarning ma’lumot mazmuni va faoliyat usullarini parallel egallashlariga erishish kabi tadbirlarni o’quv-tarbiya jarayoniga uzluksiz joriy etish yo’li bilan ta’limning natijasi, uning sifati yaxshilanadi, ta’lim uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalanishga shart-sharoit tayyorlanadi. Ta’limning samaradorligini oshirishga oid tadbirlar va ularni o’quv-tarbiya jarayoniga tadbiq etish yo’li bilan qo’lga kiritiladigan yutuqlar ta’lim prinsiplari asosida oldindan belgilanadi. Mustaqil Respublikamizda uzlukiz ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar milliy ta`lim-tarbiya tizimini takomillashtirishga, zamon talablari bilan uyg’unlashtirilgan, jahon andozalari darajasiga mos «milliy modelni» hayotga tadbiq qilishga, ma`naviyatimizni yanada yuksaltirishga qaratilgan. Har bir o’qituvchi shuni anglab yetishi muhimki, o’quv jarayonini samarali qurish – bu, ishda o’zini oqlagan pedagogik qonuniyatlar, qoidalar, didaktik qoidalarni hozirgi zamon sharoitidagi yangi masalalarni hal qilishda ijodiy foydalangan holda, ulardan butunlay va o’zaro aloqada foydalanish demakdir. Ta’lim mazmunining yangi modeli avvalo, o’qitish jarayonining tarbiyaviy imkoniyatlarini va o’quvchida hosil bo’ladigan bilim, ko’nikma, malakalardan ijtimoiy hayotda foydalana olish salohiyatini kengaytirmog’i lozim. Umumta’lim mazmunida taqdim etiladigan bilimlar bir butun yaxlit tizim sifatida izchil bayon qilinishiga erishish lozim. Bunda mazkur bilim va tushunchalar birinchi navbatda, muayyan fan tarmog’iga hamda ishlab chiqarishga xosligini nazarda tutish talab etiladi. O’qitishning muqobil tomonlarini tanlash uchun butun qonuniyatlar birligini va didaktik qoidalarini e‘tiborga olish zarur. Ta‘lim prinsiplariga o’tmishda mashhur allomalarimiz ham katta e‘tibor berganlar. Masalan, Abu Nasr Forobiy va Abu Ali ibn Sinolar ushbu prinsiplar xususida o’z asarlarida bayon qilganlar. Jumladan, qomusiy olim Ibn Sino asarlarida ham didaktikaning prinsiplariga, xususan ko’rsatmali o’qitishga qiziqish bilan qaragan. Olim inson haqiqatdan mavjud narsalarni yoki ularning tasvirini ko’rib idrok etishi tufayli unda ob‘ektiv voqelikni to’g’ri aks ettiradigan tasavvur shakllanishini o’qtirgan. O’qitish qonuniyatlaridan uni samarali tashkil qilishga nisbatan muayyan muhim talablar kelib chiqadiki, buni o’qitish qoidalari deb ataydilar. O’qitish qoidalarini bilish o’qitishning zarur usullarini yanada ishonchliroq tanlashga imkon beradi. Pedagog olimlarning fikr-mulohazalarini umumlashtirib xulosa sifatida aytishimiz mumkinki, o’qitish prinsiplari yosh avlodga ta‘lim va tarbiya berish maqsadlariga muvofiq o’qitishning xarakterini belgilaydigan asosiy yetakchi qoidalardir. Xulosa qilib aytganda, didaktik tamoyillar ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish uchun zarur. Ta’lim-tarbiya jarayonida didaktik tamoyillarga amal qilish quyidagi jarayonlarni faollashtirishga imkon beradi: - fanning muhim g’oyalarini ochib berishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan o’quv fanlari asosiy jihatlariga o’quvchilar e’tiborini jalb etish; - idrok etish masalalarini murakkablashtirib borib, o’quvchilar ijodiy tashabbuskorligi va o’quv mustaqilligi ko’lamini kengaytirish aloqadorlikni samarali amalga oshirish uchun didaktik vositalarni turli xilliklarini qo’llash; - didaktik tamoyillarga amal qilgan holda o’quvchilarning fanga va mavzuga bo’lgan qiziqishni shakllantirish; - o’qituvchilar va o’quvchilar o’rtasida ijodiy hamkorlikni amalga oshirish; - hozirgi zamon dunyoqarashi muammolari va masalalarini hayot bilan hamohang asosda o’rganish. - darsliklarda mavzulararo uzviylik ta`minlashga e’tibor qaratish lozim. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling