Uglerod, tabiatda uchrashi, allotropiyasi, fizik-kimyoviy xossalari, ishlatilishi
Download 38.5 Kb.
|
Uglerod karbiti
Uglerod, tabiatda uchrashi, allotropiyasi, fizik-kimyoviy xossalari, ishlatilishi Uglerodning atom massasi 12,0112 (Z=6) ga teng, elektron konfigurasiyasi 1s2, 2s2, 2p2. Tabiiy uglerodning barqaror izotoplari: C(98,89%), 13C(1,11%), 14C izotop havoning ustki qavatlarida azotning neytronlar bilan to’qnashuvi natijasida kosmik nurlar ta’sirida hosil bo’ladi: 147N + 01n → 11H + 146C Uglerod tabiatda birikmalar, erkin holda va minerallar ko’rinishda, hayvon va o’simlik organizmidagi organik moddalar, ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning tuzlari: bo’r, marmar, ohaktosh, dolomit CaCO3∙MgCO3 minerali, gidrokarbonatlar Ca(HCO3)2, Mg(HCO3)2 va karbonat angidrid, tabiiy suvlar tarkibida uchraydi. O’simlik va hayvon organizmlarining qoldig’i bo’lgan toshko’mir, torf, neft va tabiiy gaz asosiy qismi ugleroddan iborat. Erkin uglerodning uchta allotropik shakl o’zgarishi (olmos, grafit, karbin) ma’lum. Olmos rangsiz, tiniq qattiq jism (uning qattiqligi Moos shkalasida 10 ga teng). Olmosning texnikadagi ahamiyati g’oyat kattadir. Issiqlik va elektr tokini kam o’tkazadi. Olmos kristallari atomli panjaraga ega bo’lib, kubik sistemaga kiradi va tetraedrik shaklda bo’ladi. Uning qattiqligi atomlari orasidagi kuchli bog’lanishdan va kristall panjarasining mustahkamligidandir. Olmosga kislota ham, ishqor ham ta’sir qilmaydi. Olmos havoda 860-10000C da, kislorodda 720-8000C da yonadi. Kislorodsiz joyda olmos 18000C qizdirilsa, grafitga aylanadi. Grafit kul rang tusli qattiq modda bo’lib, qo’l bilan ushlaganda xuddi yog’lik buyum kabi seziladi. Grafit silliq, yumshoq bo’lib, uning tuzilishida uglerod atomlari parallel tekisliklardagi muntazam oltiburchakning uchlariga joylashgan. Grafit bilan qog’ozga chizilganda qog’ozda izlar qoladi. Grafitdan qalam, elektrodlar, metallarni suyuqlantirish uchun tigellar, surkov moylari, qora bo’yoqlar tayyorlanadi. Sun’iy grafit olish uchun koks va qumdan tayyorlangan aralashma havosiz elektr pechlarida 2500-30000С gacha 1-2 sutka davomida kuydiriladi. Karbin uglerodning uchinchi allotropik shakl o’zgarishi bo’lib, uglerodning chiziqli polimeridir. Birinchi marta 1960 yilda olingan, qora tusli kukun bo’lib, yarim o’tkazgich xossasiga ega, zichligi 1,9 – 2 g/sm3 ga teng barqaror modda. Tabiatda karbin Bavariyada uchraydi. Qurum amorf ko’mirning eng oddiy ko’rinishidir. Koks, suyak ko’miri, hayvon ko’miri ham amorf ko’mir hisoblanadi. Amorf ko’mirlar tabiatda uchramaydi, ular faqat sun’iy yo’llar bilan olinadi. Qurum qora bo’yoq, tush olishda va kauchukdan rezina buyumlar, amirkon teriga va grammofon plastinkalariga qo’shiladigan bo’yoq tayyorlashda ishlatiladi. Yog’ochni quruq haydash yo’li bilan pista ko’mir olinadi, uni yuqori harorat suv bug’i bilan ishlash orqali aktivlangan ko’mir hosil qilinadi. Aktivlangan ko’mir katta sirtga ega bo’lganligi sababli adsorbent, metallurgiyada qaytaruvchi sifatida, kimyo sanoatida, harbiy ishda va boshqa sohalarda keng qo’llaniladi. Koks toshko’mirni havosiz joyda qizdirish orqali olinadi. Uglerodning barcha allotropik shakl o’zgarishlari hech qanday erituvchida erimaydi, faqat kuchli oksidlovchilar bilan reaksiyaga kirishadi. Uglerod yuqori haroratda ko’pgina metalllar, vodorod, kislorod, ftor, azot va boshqa bir qancha metallmaslar bilan birika oladi. Uglerodning birikmalari nihoyatda ko’p, buning sababi uglerodning metallar bilan ham, metallmaslar bilan ham birikishi va uglerod atomlarining o’zaro birika olish xususiyatiga ega ekanligidadir. Uglerodning metallar va metalmaslarga o’xshash ba’zi elektromusbat elementlar bilan hosil qilgan birikmalari karbitlar deb ataladi. Masalan, kalsiy karbit CaC2, alyuminiy karbit Al4C3, kremniy karbit SiC va hokazo. Cho’g’langan ko’mir qaytaruvchi xossaga ega, ko’pgina oksidlaridan kislorodni tortib oladi: 2ZnO + C = CO2 + 2Zn SiO2 + 2C = Si + 2CO Uglerodning vodorod bilan hosil qilgan birikmalari nihoyatda ko’p bo’lib, uglevodorodlar deb ataladi. Uglevodorodlarga metan CH4, etan C2H6, etilen C2H4, atsetilen C2H2 va boshqalar misol bo’la oladi. Uglevodorodlar va ularning xossalari soni juda ko’p va ular organika kursida o’rganiladi. Download 38.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling