Uglevodlar, geteropolisaxaridlar boshqarilishining buzilishida kelib chiqadigan kasalliklar. Qandli diabet va ochlikda ketonuriya va ketonemiya


Download 413.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana04.02.2023
Hajmi413.46 Kb.
#1157261
  1   2   3   4
Bog'liq
Muxtorova.Biokimyo (1)



FARG’ONA JAMOAT SALOMATLIGI TIBBIYOT 
INSTITUTI XT YO’NALISHI 2-KURS 121-GURUH
TALABASI MUXTOROVA MUSLIMAXONDAN
BIOKIMYO FANIDAN TAYYORLAGAN USTAQIL


UGLEVODLAR, GETEROPOLISAXARIDLAR BOSHQARILISHINING 
BUZILISHIDA KELIB CHIQADIGAN KASALLIKLAR.QANDLI DIABET VA 
OCHLIKDA KETONURIYA VA KETONEMIYA
REJA:
1.Uglevodlar almashinuvining buzilishi.
2.Iglevodlar almashinuvida kelib chiqadigan Kasalliklar.
3.Qandi diabet
4.Ochlikda ketonuriya va ketonemiya
5.Xulosa


UGLEVODLAR
ALMASHINUVINING BUZILISHI
.Uglevodlar almashinuvining buzilishi bilan
yuzaga chiqadigan kasalliklar xilma-xildir. Organizmdagi moni-, di- va polisaxaridlarni
parchalovchi fermentning sintezida qatnashuvchi genning
mutatsiyasi natijasida
galaktozemiya,
fruktozuriya, pentuzuriya,
qand kasalligi va boshqa kasalliklar yuzaga chiqadi. Glikogenning
to`planib qolishidan glikogeneza va uglevodlar aminining to`planishidan esa mukopolisaxaridos
kasalliklari paydo bo`ladi.
Galaktozemiya. Bu kasallik organizmda galaktozo-1-fosfatni parchalovchi galaktoza-1-
fosfaturidiltransferaza
fermentning yetishmasligi tufayli yuzaga chiqadi. Organizm galaktozini
o`zlashtira olmaydi, shuning uchun u qonda va to`qimalarda to`planib, organizmga zaharli 
ta`sir ko`rsata boshlaydi.
Natijada
, jigarda o`zgarish paydo bo`ladi; buyrak ishi buzilishidan 
oqsillar siydikka o`tadi.



Shuning uchun bu kasallikda siydikda oqsil va aminokislotalar ko`p bo`ladi. Kasallik bolada ona sutini 
ema boshlagan dastlabki kunlardayoq paydo bo`ladi. Kasallik belgilari quyidagilardir: qayt qilish, 
sarg`ayish, ozish,
ich ketish
, organizmda suv miqdorining kamayishi, ichki organlar
rivojlanishining 
buzilishi
, aqliy zaiflik, kasallikning og`ir turida bola bir necha oydan keyin o`ladi. Kasallik 1:70000 
nisbatda uchraydi.Kasallikka tashxis qo`yishadi. Qondagi galaktoza miqdori aniqlanadi. Galaktozemiya
kasalligida galaktozaning miqdori oshib ketadi. Kasallikni vaqtida aniqlab parhez bilan davolash mumkin.




Download 413.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling