Uglevodorodli gazlar tarkibidagi nordon komponentlar


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana09.06.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1474344
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
uglevodorodli-gazlar-tarkibidagi-nordon-komponentlar-va-ularni-gazning-xossalariga-ta-siri (1)

Karbonil sulf’id (𝐶𝑂𝑆) – rangsiz, hidsiz, oson alalngalanuvchan, juda zaharli gaz 
bo’lib, 50,2 ℃ haroratda kondensatsiyalanadi. Uglerod okso sintezi REK – ishlab 
chiqarish binolarida 1 𝑚𝑔 𝑚
3

dan ko’p emas, aholi punktlarida 0, 15 𝑚𝑔 𝑚
3

dan 
oshmasligi lozim. Qizdirganda uglerod dioksidi, uglerod disul’fidi, uglerod monooksidi 
va oltingugurt hosil qilish bilan parchlanadi. 
Merkaptanlar (𝑡𝑖𝑜𝑙𝑙𝑎𝑟 − 𝑅𝑆𝐻) – spirtlarning analogi bo’lib, kislorod atomi 
oltingugurt atomi bilan o’rin almashgan. Shu sababli, 𝑆 − 𝐻 bog’ining 
dissosiatsiyalanish energiyasi 𝑂 − 𝐻 bog’inikidan kichikligi sababli, merkaptanlar 
spirtlarga nisbatan faol. Keskin yoqimsiz hidli bu birikmalar suvda erimaydi. Biroq, 
organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Merkaptanlarning o’tkir hidi tabiiy gaz odorantlari 
sifatida qo’llashda foydalaniladi. Merkaptanlar metal bilan kontaktda ta’sirlashib, metal 
merkaptidlarini hosil qiladi. Ya’ni, merkaptanli korroziya sodir bo’ladi. 300 ℃gacha 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 75
qizdirganda merkaptanlar sul’fidlar va vodorod sul’fidi hosil qilish bilan parchalanadi. 
Aksar katalizatorlar uchun merkaptanlar zahar hisoblanadi. 
Sul’fidlar va disul’fidlar (𝑅 − 𝑆 − 𝑅, 𝑅 − 𝑆 − 𝑆 − 𝑅)uglevodorodlarda 
yaxshi eriydi. Biroq, suvda deyarli erimaydi. Ular neytral bo’lsada, ishqor bilan 
ta’sirlashadi. Sul’fidlar 400 ℃ qizdirilganda vodorod sul’fidi va alkenlar hosil bo’lishi 
bilan, disul’fidlar esa – vodorod sul’fidi va alkenlarga yana qo’shimcha merkaptanlar 
hosil bo’lishi bilan parchlanadi. Sul’fidlar bilan qiyoslaganda disul’fidlar reaksiyaga 
kirishish qobilyati yuqoriroq.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling