Ular asosan quyidagilar: kollektivlik, og`zakilik, anonimlik, varinatlilik, an’anavilik


Download 15.8 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi15.8 Kb.
#225167
Bog'liq
xalq og'zaki ijodining o'ziga xos xususiyatlari


Ular asosan quyidagilar: kollektivlik, og`zakilik, anonimlik, varinatlilik, an’anavilik.

KOLLEKTIVLIK. Fol’klor asarlari uzoq asrlardan beri davom etib kelayotgan ijodiy protsessning mahsulidir. Og`zaki badiiy ijod asarlarning takomili va sayqallanishiga kollektivning ijodkorlik roli kattadir.

Fol’klor asarlari xalq o`rtasida so`z san’atkorlari tomonidan ijod qilingan. Ammo ularning ijod jarayoni xalq (kollektiv) bilan chambarchas bog`liq bo`lganligi sababli yaratgan asarlari kollektiv ijodiga aylanib ketgan. Ikkinchidan, har bir so`z san’atkori fol’klor asarlariga o`zicha o`zgartirishlar, qo`shimchalar kiritavergan. Fol’klor asarlariga kollektiv hissasining qo`shila borishi oqibatida u kollektiv ijod mahsuli bo`lib qoladi.

Fol’klor asarlari improvizatsiya yo`li bilan badiha tarzida yaratiladi, og`izdan og`izga ko`chib yuradi, tarqaladi. Badiha maxsus tayyorgarliksiz, birdan aytilgan so`z, she’r, ekspromt, xalq og`zaki ijodi namunalari: xalq qo`shiqlari, laparlar ko`rincha badixa yo`li bilan yaratiladi. Xalq baxshilarining xozirjavoblik bilan qiladigan aytishuvlari improvizatorlik namunasidir. Fol’klordagi bu xususiyat og`zakilikdir.

ANONIMLIK. Fol’klor asarlariga xos xususiyatlardan biridir. Xalq og`zaki ijodi asarlari uzoq asrlar mahusuli bo`lib, ularning dastlabki ijodkori, ijrochisi noma’lumdir. Chunki, fol’klor asarlari og`zaki tarzda yaratilgani uchun ham uning dastlabki ijodkori unutilib ketilaveradi.

Og`zaki ijod protsessida va kollektivning fol’klor asari syujetiga, mazmuniga erkin munosabatda bo`lish natijasida bu asarning ko`plab variantlari maydonga keladi. Fol’klor asarlarining Varinatlilik xususiyatilari bu asarlarning uzoq asrlar mobaynida saqlanib qolshiga sabab bo`ladi. Chunki bu xil syujetni turli joylarda turli baxshilar o`zicha ijro etadi. Har bir ijrochi fol’klor asarlarining u yoki bu varintiga erkin munosabatda bo`ladi, asar mazmuni o`z zamonasi talablariga yaqinlashtiradi. Oqibatda fol’klorda bir xil syujetda o`nlab, hatto yuzlab varintlar paydo bo`lishi mumkin. Varinatlilik xususiyatini «Alpomish» dostoni mislida yaqqol ko`rishimiz mumkin. Bu doston asrlar davomida professional va havaskor ijrochilar tomonidan qo`llanib keladi.



Demak, fol’klor asarlari kollektiv ijod mahsuli; u og`izdan - og`izga, avloddan-avlodga o`tadi, uning yangidan yangi variantlari yaratiladi, har bir ijrochi o`z qo`yilayotgan fol’klor asariga ijodiy munosabatda bo`ladi, asar kompozitsiyasiga turli xarakterdagi o`zgartirishlar kiritadi, syujetni yangi-yangi obrazlar, tasviriy vositalar, voqealar bilan to`ldiradi, o`ziga ma’qul bo`lmagan obrazlarni, voqealarni, tasviriy vositlarni to`g`ridan-to`g`ri tushirib qoldiraveradi. Fol’klor asarlari syujeti va kompozitsiyasiga kiritilgan yangi obrazlar, voqealar, ifoda-tasvir vositalari o`ziga xos qatlamni tashkil etadi.

Fol’klor asarlariga xos belgilardan yana biri an’anaviylikdir. Fol’klor asarlariga xalq jonli tilli elementlari, ijro etilayotgan joyning sheva xususiyatlari saqlanib qoladi. Xalq og`zaki ijodi asarlarining ko`pchiligiga xos bo`lgan xususiyat ularning kompozitsion qurilishidagi ayrim trafaret jumlalarning, bir xil qolipga tushgan misralarning («bir» bor ekan, bir yo`q ekan», «qirg`iy degan qush o`ltirar qiyoda»... kabi), asardan asarga ko`chib yuradigan obrazlarning (dev, ajina, afandi, yalmog`iz kabi) ko`p uchrashidir.
Download 15.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling