Ular orasida


Ginekologiyaga aloqador bo’lmagan bir qator kasalliklar


Download 300.45 Kb.
bet4/4
Sana28.12.2022
Hajmi300.45 Kb.
#1017928
1   2   3   4
Bog'liq
ayollar

Ginekologiyaga aloqador bo’lmagan bir qator kasalliklar ham ayol jinsiy a’zosi salomatligi va komfortiga ta’sir qilishi mumkin. Masalan, vulva sohasida qichish va achish qandli diabet, qon kasalliklari, teri sarqiligi bilan kechadigan gepatit, buyrak faoliyatining buzilishi va boshqa patologiyalardan aziyat chekayotgan ayollarda kuzatilishi mumkin.
Bunday holda, vulva qichishi, achishi va boshqa alomatlarni davolash ularga sabab bo’lgan asosiy patologiyani bartaraf etishga, shuningdek normal vaginal ekosistemani saqlab qolishga qaratiladi.
Intim joylarning noto’g’ri gigienasi ham noqulaylik, qichishish va achishish paydo bo’lishiga olib keladi, terining qizarishi, toshma toshishi kuzatilishi mumkin. Normal vaginal florani saqlab qolishda intim gigiena uchun to’g’ri tanlangan vositalar yordam beradi.
Yodingizda bo’lsin, supermarketda birinchi to’g’ri kelgan flakonni sotib olish to’g’ri emas, yuvinish uchun gel fiziologik holatingiz va yoshingizga mos kelishi kerak, u tabiiy moddalarni o’z ichiga olishi, gipoallergen bo’lishi, kimyoviy qo’shimchalar va bo’yoqlar saqlamasligi kerakligini unutmang.
Vulaning diskomforti, quruqligi, qichishi va achishi sababi ayol va qizlarda jinsiy yetilish, homiladorlik, hayz, menopauza, stresslar natijasida va organizmdagi boshqa buzilishlarda gormonal fonning o’zgarishlari tufayli yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatda shifokor gormonal fonni normallashtirish uchun preparatlarni buyuradi. Qo’shimcha namlantirgich sifatida maxsus yog’lar va gellar tavsiya etiladi.
Ko’pincha achishish siydik-tanosil tizimning yallig’lanishlarida (sistit, servitsit, endometrit, adneksit, metrit) uchraydi. Davolash uchun kompleks tekshiruv o’tkazish, infektsiyani aniqlash va tegishli preparatlarni tanlash zarur.
Ayollar jinsiy a’zosining qichishi va achishi sababi shuningdek psixologik omillarga ham bog’liq bo’lishi mumkin — stress holati, jinsiy aloqadan oldin qo’rquv yoki o’tkazilishi kerak bo’lgan operatsiya tufayli tashvishlanish va hokazo. Bunday holatda alomatlarni bartaraf etish biroz mushkul sanaladi, psixoterapiya qo’llaniladi, sedativ preparatlar belgilanadi.
Download 300.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling