Ular quyidagilar
Download 15.76 Kb.
|
Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya psixologik konsultatsiya jarayonining qonuniyatlarini o
Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya psixologik konsultatsiya jarayonining qonuniyatlarini o’rganadigan zamonaviy fandir. Konsultatsiya lotincha “consultare” so’zidan olingan bo’lib, “maslahat bermoq”, “g’amxo’rlik qilmoq” ma’nolarini anglatadi. Shunga ko’ra konsultatsiyaga o’zbek tilidagi maslahat so’zi ma’nodosh bo’la oladi. Konsultativ psixologiya fanining vujudga kelishi XX asrning o’rtalariga to’g’ri keladi. Bu jarayon bevosita Djeyms Byujental 1987-yil “Psixoterapevt san’ati” kitobini g’arbda nashr qilishi bilan bog’liq. Ushbu asar 2001-yil Rossiyada chop etilgan. Konsultativ psixologiya klinik jihatdan og’ishga ega bo’lmagan odamlarga psixologik yordam ko’rsatish maqsadida vujudga kelgan amaliy psixologiya tarmog’idir. H. Burkus va B. Steffire (1979) psixologik konsultatsiya jarayoniga quyidagi ta’rifni beradi: “Konsultatsiya-patsient bilan psixologning professional munosabatidir”. Psixologik konsultatsiyaning maqsadi potsentga hayot yo’lida yuzaga kelgan emotsional va shaxslararo xarakterdagi muammolarni yengishga ko’maklashishdan iborat. Psixolog olimlar George va Cristiani 1990-yil konsultativ psixologiyaning asosiy maqsadini ajratib berdi. Ular quyidagilar: Patsient xulq atvorini o’zgartirish natijasida undagi ijtimoiy chegaralanishni bartaraf etish hamda samaraliroq hayot tarzida yashashini ta’minlash. Mijozda hayotiy qiyinchiliklarni yengib o’tish uchun yangi layoqatlarni shakllantirish. Samarali qaror qabul qilish malakasini shakllantirish. Patsientda shaxslararo qiyinchiliklarda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish. Mijozni shaxs sifatida takomillashish, o’z patensialini namoyon qilishga erishtirishdan iborat. Oilaviy nizolar turlari 1. Er-xotin o’rtasidagi. 2. Qaynona-kelin o’rtasidagi. 3. Qaynona-kuyov o’rtasidagi. 4. Ovsinlar o’rtasidagi. 5. Ota-onalar va farzandlar o’rtasidagi. Oilada yuzaga kelish ehtimoli bo’lgan nizo-janjallarning sabablarini aniqlash va ularning oldini olish masalalarini ijobiy hal qilish uchun birinchi navbatda ularni kimlar o’rtasida yuz berayotganligini farqlab olish maqsadga muvofiqdir. Oilaviy nizolarda kimlar ishtirok etayotganiga ko’ra ularni quyidagicha asosiy turlarga ajratish mumkin: 91 er-xotin o’rtasidagi nizolar; qaynona-kelin o’rtasidagi nizolar; qaynona-kuyov o’rtasidagi nizolar; ovsinlar o’rtasidagi nizolar; ota-onalar va farzandlar o’rtasidagi nizolar Download 15.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling