Ulug` bobomiz haqida
Download 8.72 Kb.
|
5-sinf diktant
5-sinf I variant Ulug` bobomiz haqida Sharq she`riyatining porloq yulduzi Alisher Navoiy 1441- yilning 9-fevralida Hirot shahrida dunyoga keldi. Uning otasi G`iyosiddin Muhammad o`g`lining tarbiyasiga katta e`tabor berdi. Alisher yoshligidan boshlab ko`p kitoblar o`qidi, o`zi ham she`rlar yoza boshladi. Navoiy 1470- yilga borib mukammal bilim egasi, xalqqa tanilgan shoir va davlat arbobi bo`ldi. 1469-1481-yillarda u obodonchilik borasida juda katta ishlar qildi. Ariqlar qazdirib, suv keltirdi, masjid-u madrasalar qurdirdi, bog`-rog`lar yaratdi. Shu bilan birga shoir behisob she`r va gazallar, dostonlar yozdi. 1501- yilning boshida Alisher Navoiy vafot etdi. 5-sinf
Amir Temur Sohibqiron Muhammad Tarag`ay Bahodir o`g`li Amir Temur yoshlik chog`idan mard, g`ururli, o`tkir zehn va aql-u idrok egasi bo`lib o`sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy san’atni o`rgandi. U yoshligidan boshlab o`z oldiga ona yurtini mo`g`ul bosqinchilaridan ozod qilish maqsadini qo`ydi, yer yuzida buyuk saltanat sohibi sifatida el va elatlarning boshini qovushtirdi. Uning zamonida madaniyat, ilm-u fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa, she’riyat beqiyos rivoj topdi. Amir Temurning madaniyat va din ahllariga ko` rsatgan chaeksiz mehr- muruvvati, ayniqsa, ibratlidir. Ko`hna tarix sahifalari buyuk bobomizning millat va el - ulus manfaati bobida chekkan mislsiz zahmatlari hamda ko`rsatgan shijoatlariga guvohlik beradi. 5-sinf
Ohangdor qo`shiq Mana, 1992-yil 10-dekabrdan buyon madhiyamiz jaranglaganda hammamiz uni tik turib eshitamiz, imkoni topilgan vaqtda jo`r bo`lib kuylaymiz. Madhiyamiz turli munosabatlar bilan chet ellarda yangraganda, biz uni biz uni boshqa davlatlar madhiyalari bilan taqqoslash imkoniyatiga ega bo`lamiz. Mutal Burhonov madhiya janrining dunyodagi bir mukammal namunasini yaratgan. U har qanday o`zbekistonlikning ruhini ko`tarib qalbini jo`sh urdiradi, fikr tuyg`usini kuchaytirib yuboradi. Madhiya matnini O`zbekiston Xalq shori Abdulla Oripov yozgan. She’rda vatanparvarlik ruhi, yurt madhi bosh mavzu bo`lib kelgan. Matn to`rt banddan iborat. Naqorat ikki marta kelganini hisoga olsak, jami o`n ikki satrda bor gap aytilgan. Madhiyada jami bo`lib oltmishta takrorsiz so`z qo`llangan. Download 8.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling