Muvozanat saqlash krbiliyati va uni tarbiyalash uslubiyati.
Muvozanat deganda gavdani turg`un bir xolatda saqlash qobiliyati
tushuniladi. Muvozanat statik va dinamik bo`lishi mumkin. Biror bir holatda
turishda kishining gavdasi mutloq harakatsiz bo`lmaydi, u doimo tebranib turadi.
Kishi biror daqiqa muvozanatni yo`qotish va uni qaytatdan tiklab turadi. Kishida
muvozanat funktsiyasi qanchalik takomillashgan bo`lsa, u muvozanatni shunchalik
tez tiklab oladi, unda tebranish amplitudasi shunchalik kichik bo`ladi.
Muvozanat saqlashni tarbiyalash muvozanat saqlash mashqlari deb
ataladigan mashqlarni harakatlar va xolatlarni takomillashtirish bilan bajariladi.
Agar harakat texnika jixatdan to`g`ri bajarilayotgan bo`lsa, muvozanatni saqlash
ancha oson bo`ladi. Jumladan, asosiy tik turgan xolatda muvozanat saqlash uchun
biror buyumga imkon boricha gorizontal ravishda qarash va uni O`zgartirmaslik
kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |