Umbatov dovudjon ibrohimjanovichning
Nafas olish va chidamlilik
Download 349.91 Kb. Pdf ko'rish
|
gimnastika sport anjomlarida qollarda tik turish texnikasini orgatish va takomillashtirish
Nafas olish va chidamlilik.
Nafas olish anaerob imkoniyatlarni cheklovchi birinchi faktor bo`lmasa ham, u kishining chidamliligi uchun muxim ahamiyatga ega. Nafas olishning
to`g`ri
yO`lga qO`yilishi umuman jismoniy tarbiyaning soglomlashtirish vazifalaridan birini tashkil etadi. Harakatsizlik va O`rtacha jismoniy yuklama vaqtlarida burun orqali oxista chuqur nafas olish to`g`ri buladi. Mahlumki nafas olishning uchta asosiy tipi mavjud: kO`krak bilan, qorin bilan va aralash nafas olish. Diafragmal nafas olish eng samaralidir. O`pka ventilyatsiyasining maksimal bo`lishini taminlash kerak bo`lsa zur jismoniy ishlarda og`iz orqali tez — tez chuqur nafas olish mumkin. SHu bilan birga nafas olishga emas, balki nafas chiqarishga aloxida ehtibor berish kerak. Tashqi nafas olish funktsiyasi takomillashtirish uchun maxsus mashqlar qO`llash foydalidir. Bu mashqlarni tanlash va bajarish qoidalari ularning qanday maqsadlariga bajarilishiga bog`liq. CHidamlilikni tarbiyalashda avvalo quydagi vazifalar turadi: 1) anaerob imkoniyatlarni oshirish; 2) maksimal intensivlikdagi maxsus ish sharoitlarida nerv markazlarining ishga yaroqligini oshirish. YAkkama— yakka baxslashuv va sport O`yinlarida chidamlilikni tarbiyalashda mashq turlarida ham intensivligi, ham harakat shakllari doimo O`zgarib turadigan ishlar xarakterlidir. SHuning uchun bunday sport turi bilan shug`ullanuvchilar chidamlilikni tabiyalash uchun xilma —xil tsiklik mashqlardan kross, yugurish, qayiq xaydash keng foydalanadilar. Kuchlilik xarakteridagi mashqlarda chidamlilikni tarbiyalash xususiyatlari. Biror bir kuch mashqlaridagi chidamlilik odatda bu mashqni mumkin bo`lgancha takrorlash soni bilan xarakterlanadi. Ko`pgina xollarda kuch mashqlardagi chidamlilikni tarbiyalashning samarali va amalda qulay uslubi uzliksiz hamda intervalli mashq tipidagi aylanma trenirovka xisoblanadi, Download 349.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling