Umrini ziyo-la ulashib borar, Ilhaq tunlarimga umid osgancha
Download 55.5 Kb.
|
She'rlar
Yangi kun uchquni
Quyosh zaminni tark etar palla, Tabiat ikkiga bo’linar nogoh. Birisi shafaqning ko’ksida yonsa, Birisi salqinlik gashtidan ogoh. So’nggi shulalarda yarim tabiat, Yarim tabiat-chi, benasib bundan. Yo’q-yo’q so’nggi emas, otashin shula Bu uchqun darakdir yangi bir kundan. Tun Yulduzsiz bu osmon yerlarga tutash, Tanho oy samoning bag’rida kezar. Yaproqni quchoqlab olgan daraxtni, Qora tun sharpasin yog’dusi bezar. Sukunat xonishin bosar chigirtka, Beun ko’chalarni yoritadi oy. Atrof manzarasin ta’rifi bitmas, Olam go’zallikka juda-juda boy. *** Tongga yo’liqadi uyqisirab tun, Endi tong rasmini tizar borliqqa. Ishonch taxtlarini egallab olgan, Hayrat, yetajakdir yuksak yorliqqa.
Telbalik tojida izma-iz hayol. Bu borliq aslida yaralgan shu on, Go’zallik yo’liqqan mo’jizadan lol. Mag’rur soyalarga berkingan hislar, Quvonch-la yorilib quchar olamni. Tabiat kuyiga hamohanglikda, Shabboda yurgazar asta qalamni. Husn bobidagi eng sara bitik, Qog’oz yuzasida topar o’zini. Quyosh nurlari-la artadi olam, Baxtlardan cho’milgan yoshli ko’zini. Taqdir chizgilari uchunmi bilmam, Hayotga jon berar olam tun-u kun. Egatlar boshida boshlangan tongni Egatlar boshida kutadi yakun. Baxtim Baxting nima deya berdilar savol, Asl baxt taftini axtara ketdim. Kezdim yaylovlar-u bog’u-rog’larni Shu onda hayolim so’ngiga yetdim. Axir shunday go’zal ko’klam diyori , Bo’lmasmikan ayting baxtdan nishona. Ko’zlarni kuldirgan erklik nafasi, Bugun har qalblarda so’nmas shukrona. Alla-la uxlagan beg’ubor go’dak, Baxtlar yasayotir kipriklarida. Tushida quvonchga ko’priklar ular, Ko’nglim qolib ketdi ko’priklarida. Erta tong dalani uyg’otgan bobom, Uyg’otdi qalbimda yutga muhabbat. Boshimni silagan o’tli taftlar-la, Yurakda mehrdan yaraldi dastxat. Baxtimni uzoqdan izlab yuribman, Baxtlar gullayotir shul o’chog’ida. Qanchalar baxtliman, baxtliman shaksiz, Xalqin ardog’lagan yurt quchog’ida. Baxting nima deya berdilar savol, Asl baxt taftini axtara ketdim. Baxtlardan sarmasta jo’shqin yurakka, O’ZBEKISTON otli baxtimni bitdim. Download 55.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling