Umum ped na amal-O`um 13-14
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Ta‘lim mazmuni boyib, rivojlanib boradimi? O‘zbekistonda uni qanday yo‘llar bilan takomillashtirilib borilyapti? "Yangi demokratik jamiyat qurayotgan bizning mamlakatimizda ta‘limning mazmunini quyidagi yo‘llar bilan takomillashtirishni nazarda tutiladi: fan va tajribadagi eng yangi muvaffaqiyatlarni aks ettirish; ikkinchi darajali va ortiqcha murakkablashtirilgan materiallardan qutilish; o‘rganilayotgan fanlar ro‘yxatini va materiallar hajmini aniqlash hamda o‘quvchi yoshlar, albatta, o‘zlashtirib olishi kerak bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarning optimal hajmini belgilash; o‘quv fanlariga oid asosiy tushunchalarni va yetakchi g‘oyalarni juda ham aniq bayon qilish; o‘quvchilarni pedagogik texnologiyalar: kompyuter, kserks, elektron pochta va shu kabi boshqa bilimlar bilan qurollantirish hamda ularda shu texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish. Umumiy ta‘lim - bu o‘quvchilarning har tomonlama umumiy tayyorgarligini va rivojlanishini ta‘minlovich fan asoslarini egallab olishdir. Kasbiy ta‘lim - insonning o‘zi tanlagan, nisbatan tor yo‘nalishdagi mehnat faoliyatiga xizmat qiladi. Politexnika ta‘limi - o‘quvchilarning hozirgi zamon ishlab chiqarish asoslari, uning energetikasi haqidagi bilimlar sistemasi bilan ta‘minlaydi hamda inson faoliyatining turli sohalaridagi ish operatsiyalarini o‘zlashtirib olish uchun baza ahamiyatiga ega bo‘lgan bir qator mehnat ko‘nikma va malakalarini egallash nazarda tutiladi. Ta‘lim mazmuni o‘zi nima? Uning ma‘lumot mazmuni bilan munosabati Ma‘lumot mazmuni - yoshlarning ma‘lumoti, taraqqiyoti, tarbiyasini mo‘ljallab hozirgi zamon fani, texnikasi, ishlab chiqarishi, fikrlashining umumiy asoslarini didaktik ishlov berish yo‘li bilan tanlangan bilimlar,ko‘nikma- malakalar, ijodiy faoliyat tajribasi va munosabatlardir 1 . Ta‘lim mazmuni- yoshlarni ma‘lumotli qilish, taraqqiy ettirish, tarbiyalash maqsadida ma‘lumot mazmunidan tanlanib, ta‘lim jarayoniga olib kirilgan bilim, ko‘nikma-malaka, faoliyat usullari hamda tabiat, jamiyat va tafakkur xodisalarini emotsional baholashga doir munosabatlardir. Ta‘lim mazmuni ma‘lumot mazmuni asosida tanlanadi. Ta‘lim mazmunini o‘rgatish va o‘zlashtirish yo‘li bilan ma‘lumot mazmunini amalga oshirishga, binobarin, yoshlarni ma‘lumotli qilish, taraqqiy ettirish, tarbiyalashga qarab boriladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling