Umum ped na amal-O`um 13-14
-submodul. DIDAKTIKA (TA‘LIM NAZARIYASI)
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`z va iboralar
1.2-submodul. DIDAKTIKA (TA‘LIM NAZARIYASI) 5-mavzu: DIDAKTIKA. DIDAKTIKA - TA‘LIM NAZARIYASI SIFATIDA. TA`LIM TAMOYILLARI (PRINSIPLARI). REJA: 1. Didaktika haqida tushuncha. Ta‘lim jarayoni mohiyati va vazifalari. 2. O‘qitish jarayonining ta‘limiy - tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funksiyalari va ta‘limni amalga oshish bosqichlari 3. Didaktikaning asosiy kategoriyalari 4. Ta‘lim tamoyillari, ularning mohiyati va o`zaro bog`liqligi Tayanch so`z va iboralar Didaktika, ta‘lim, ta‘lim jarayoni, talim tamoyili (prinsipi), ta‘lim qoidasi, ta‘limning ilmiyligi, tizimlilik va izchillik, tabiiy va ijtimoiy fanlarning tarbiyaviy mohiyati, nazariy bilim, amaliyot, onglilik, faollik, ta‘limda ko‘rsatmalilik, o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, bilimning puxta va mustahkamligi. Didaktika haqida tushuncha. Ta‘lim jarayoni mohiyati va vazifalari Didaktika nima? U pedagogikaning qanday sohasi bilan shug‘ullanadi? Bilim jarayonining ilmiy, nazariy, uslubiy va amaliy asoslarini, ya‘ni ta‘lim, bilim berish, o‘qitish nazariyasi bilan pedagogikaning mustaqil bo‘limi didaktika- ta‘lim nazariyasi shug‘ullanadi. Didaktika - grekcha so‘z bo‘lib, "didasko", ya‘ni o‘qitish, o‘rgatish ma‘nolarini bildiradi. Ta‘lim qonuniyatlarini o‘rganish, tahlil qilish jarayonida ta‘lim tushunchasi uning mohiyati, mazmun va vaziflari, o‘qitish prinsiplari, shakllari haqidagi bilimlarni bayon etiladi. Didaktika pedagogikaning «nimaga o‘qitish», «nimani o‘qitish» va «qanday o‘qitish» kabi savollariga javob izlaydi. Ta‘lim - insoniyat tajribasining ma‘lum tomonlarini, ya‘ni o‘quvchilar ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi talablariga muvofiq darajada bilim va tarbiyaga ega bo‘lishlarini ta‘minlaydigan faoliyatdir. O‘qituvchi ta‘lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki bu jarayonda o‘quvchi, talabaga ta‘sir ko‘rsatadi, bu esa ularning bilim olishlarini yanada faollashtiradi, natijada o‘quvchi ta‘lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. Ta‘limdagi yutuqlar avvalo o‘qituvchiga bog‘liq. Mutaxassis sifatida o‘z fanini chuqur bilishi, pedagogik muloqot ustasi bo‘lish psixologik - pedagogik va uslubiy bilim va malakalarni egallashi, xar xil pedagogik vaziyatlarni zudlik bilan o‘rganish va baholash, pedagogik ta‘sir ko‘rsatishning maqbul usul va vositalarini tanlay olish qobiliyatiga ega bo‘lish kerak. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling