UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
25
shundagina o‘quvchidagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablari aniqlanadi va ularni bartaraf qilish uchun izlanishlar
olib boriladi.
Xulosa qilib aytganda ta‘lim qoidalari umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini
amalga oshirishga
qaratilgan o‘qish va o‘qitish jarayonlarining yo‘nalishi, o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o‘zlashtirilishi, bilim
va ko‘nikmalar hosil qilishning asosiy qonun va qoidalari yig‘indisi bo‘lib, ular bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir.
Savol va topshiriqlar
1.
―Didaktika‖ tushunchasini ta‘riflab bering.
2.
Didaktikaning predmeti va ob‘ekti nimalardan iborat?
3.
Didaktikaning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
4.
Didaktikaning asosiy kategoriyalari qaysilar?
5.
Didaktik konsepsiyalardan qaysilari bilan tanishsiz?
6.
Rivojlantiruvchi ta‘limnig asosiy tamoyillari qaysilar?
7.
Muammoli ta‘limning mohiyati nimadan iborat?
8.
―Ta‘lim
va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyatlari‖
tushunchasini Siz qanday
tushunasiz?
9.
Zamonaviy didaktik tizimning o‘ziga xos belgilari nimalardan iborat?
10.
Pedagogik paradigma nima? Ta‘limning asosiy paradigmalarini aytib bering.
Ma‘ruza
6-mavzu: TA`LIM MAZMUNI. DAVLAT TA`LIM STANDARTLARI.
Reja:
1.Ta‘lim to‘g‘risidagi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta‘lim mazmuniga qo‘yilgan talablar.
2.Ta‘lim mazmunini belgilash va uning tarixiy xarakteri.
3.Umumiy o‘rta ta‘lim davlat standartlari asosida ta‘lim mazmunining ifodalanishi.
4.Ta‘lim mazmunini aks ettiruvchi normativ hujjatlar:
A) O‘quv rejalari,
B) dasturlar,
S) darsliklar va ularning tuzilishiga qo‘yilgan talablar.
Do'stlaringiz bilan baham: