Умумий геология фанидан 1-лаборатория машғулоти
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
3.O\'rta va asosli tarkibli tog jinslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo’llanilishi
- Strukturasi
Strukturasi - to‘liq kristalli.
Teksturasi - yaxlit, ba’zan dog‘li yoki yo‘l-yo‘lli. Mineral tarkibi - plagioklazdan va monoklinli piroksendan iborat. Aksessor minerallari apatitdan, ilmenitdan, magnetitdan, ba’zan xromitdan tarkib topgan. Gabbro ba’zan ma’danli minerallarning to‘plamlariga ega bo‘lib, bu hollarda mis, nikel va titanning ma’dani sifatida qaralishi mumkin. Qo’llanilishi - Yuqori mustahkamlikdagi qurilish va bezak toshi sifatida binolarning tashqi va ichki bezaklari uchun, aksariyat hollarda silliqlangan plitalar shaklida keng qo‘llaniladi. Gabbro yuqori qovushoqligi bilan farq qiladi. Bu xususiyat uni qayta ishlashni qiyinlashtiradi. Gabbroning faqat asosli plagioklazdan (labrador) tarkib topgan turi labradorit deb ataladi. Asosli tarkibli tog jinslari Labradorit - to‘liq kristalli asosli jins. Rangi - odatda kulrang, jigarrang yoki deyarli qora. Ammo och tuslilari ham uchraydi. Uni tashkil etuvchi kristallari tomonlarida ko‘k rangli tovlanish kuzatiladi. Strukturasi - to‘liq kristalli, kristallari tog‘ jinslarida bir tekis taqsimlangan, yirik donali. Teksturasi yaxlit. Qatlamsimon, parallelepipedial alohidalikka ega. Aksariyat hollarda plagioklazdan — labradordan tarkib topgan bo‘lib, piroksenlar va ma’danli minerallarning qo‘shimchalariga (5-7% dan ko‘p emas) ega. Qo’llanilishi - Yuqori sifatli bezak tosh sifatida asosan monumental arxitekturada qo‘llaniladi. Uning ba’zi yorqin ko‘k va yashil irizatsiyali namunalari dekorativ-taqinchoq toshi sifatida foydalaniladi. Ular bilan Toshkent metropolitenining bekatlari va shaharning ko‘plab imoratlari bezatilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling