Умумий психодиагностика


Download 1.67 Mb.
bet10/70
Sana16.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1777737
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   70
Bog'liq
УМУМИЙ ПСИХОЛОГИЯ МАЪРУЗА (14)

Mashg‘ulot maqsadi: shaxsning eksplitsit va implitsit nazariyalar to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish.
Kutilayotgan natijalar:

  1. Z.Freydning psixoanaliz nazariyasini talqin qila oladi.

  2. Z.Freyd izdoshlarining shaxsga doir nazariy qarashlarini qiyosiy tushuntira oladi.

Z.Freydning psixoanalitik nazariyasi3
Z.Freyd g‘arb madaniyatiga chuqur ta’sir ko‘rsatdi. Agar ko‘chadagi 100 insondan so‘rasangiz taniqli psixologning nomini bilishlari haqidagi mulohazani Kit Stanovich (1996) ilgari suradi. Freydning klinik psixologiya va psixiatriyadagi ilmiy qarashlarini alohida o‘ringa ega. Z.Freyd nimani o‘rgandi? U she’riyat, pesa va falsafaga juda qiziqishi bo‘lganligi sababli, o‘z tadqiqotlari uchun vaqtni bekorga sarflamadi. U tibbiyot yo‘nalishida tahsil olgandan so‘ngra xususiy amaliyot bilan shug‘ullandi. U amaliyotda nevrologik sababga ega bo‘lmagan ruhiy o‘zgarishga ega bo‘lgan patsientlarga duch keldi. Masalan, baqquvvat bo‘lsa-da, patsient qo‘ldagi sezgilarni yo‘qolishining sababini Z.Freyd insonning aqliga bog‘liqligini aniqladi. Bunday holatda patsientni davolash yo‘li uning o‘z-o‘ziga munosabatini o‘zgartirishda degan xulosaga keldi.
Freydning kuzatishlari qator nevrologik buzilishlarning psixologik sabablari mavjudligi to‘g‘risidagi xulosaga olib keldi. Bu orqali Freyd ongsizlikni kashif qildi. Uning fikricha ko‘zi ojizlik yoki karlik, beixtiyor ko‘rmaslik va eshitmaslik xohishi insonga keskin xavotlikni uyg‘otar ekan. Freyd gipnoz ongsizlikka yo‘l deydi va patsientlarni davolashda undan foydalandi. Gipnoz patsientlari gipnoz tufayli o‘zlarining anglab bo‘lmas qobiliyatlarini ochdilar. So‘ngra u patsientlar o‘zlarini ruhiy engillashishlariga imkon beruvchi erkin assotsiatsiya usulini olib kirdi. Ushbu usulga ko‘ra patsient o‘zining dardlarini bayon etadi. Bu esa patsientlarga ruhiy engillik olib keldi. Freyd ruhiy buzilishlarning zamini, bugungi bezovtalanishlarning sababi patsientlarning o‘tmishi bilan bog‘liq, bolalikdagi tuyg‘ulariga borib bog‘lanishini ta’kidladi. Kasalliklarning ongsizlik sabablariga tayangan shaxs nazariyasini psixoanaliz davolash metodi bilan bog‘ladi. Freyd nazariyasining umumiy ko‘rinishi quyidagi 1-rasmda keltirilgan:


Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling