Keys topshiriqlari
Quyidagi vaziyatlarda psixologik himoya mexanizmlarning ishlashini tahlil qiling:
a) M. Ajrashishgandan so‘ngra moddiy qiyinchilikka duch kueldi. U qimmat kiymlPosle razvodar anjozasini sportcha uslubga, ishga yayov borishga o‘zgartirdi. Hamkasblari va tanishlarini bunday keyinishni qulayligiga ishontirdi, oqibatda sayirlarga chiqishidan jismoniy zo‘riqish olib, ortiqcha parhezga hojat qolmadi.
b) A. S. Uyga ko‘pincha shirakayf holda keladi. Oqibatda oilada juda ko‘p janjal yuz beradi. Ozmi, ko‘pmi rafiqasi mdo‘konga chiqqanda hamyonini ununtib qoldirib, olib ketish uchun zarurat tug‘ildi. Anton e’tiroz bildirdi: «Kam ichish kerak, shundagina unutmaydigan bo‘lasan».
v) S. Biologiya bo‘yicha uy topshiriqlarini tugatmagan edi. Sinf oldida uyatda qolmaslik uchun u boshim og‘rimoqda deb bahona topdi va sinfdan chiqib ketdi.
g) S. to‘rt yoshda barmoqni so‘rish odatini tark etgandi. Etti yoshida unga ota-onasi ajrashganligi va u onasi hamda “yangi ota” bilan yashashini ma’lum qildilar. Natijada u yana barmog‘ini so‘ra boshladi.
d) A., ayollar futboli bo‘yicha yuldkz, u o‘yin paytida oyoq paylarini cho‘zib oldi. U vrachdan umuman futbol o‘ynay olmasligi haqidagi ma’lumotni etishgach, futbol treneri ishi metodikasini o‘rganishga jadal kirishdi.
e) Kichkina I. onasi shapaloq tortib yuborgandan so‘ngar juda xafa bo‘ldi va o‘rnidan turib, o‘zi o‘ynab o‘tiradigan burchakka borib, qo‘g‘irchog‘ini kaltakladi.
j) S. asabiylashagan vaqtlarida pianinoga o‘tirib oladi. U bunday vaqtda bir nechta ajoyib musiqalar yaratdi.
z) O. doimo otasi boshqa oilaga ketib qolgach, uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashni doimo unutib qo‘ydi.
i) I. matematikadan imtihonni topshira olmadi va matematikaning juda murakkab fan ekanligini tushuntira boshladi.
3-mazu. Psixologiyada shaxsni o‘rganishlar nazariyasi (4 soat)
Reja:
Shaxs psixologiyada o‘rganishlar nazariyasining o‘rni.
Shaxs muammosini o‘rganishda o‘rganishlar nazariyasi vakillarining yondashuvlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |