Umumiy biologiya 10. Variant 1


Biologiya – 10. Variant – 24


Download 0.67 Mb.
bet25/57
Sana02.09.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1672209
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57
Bog'liq
10-biologiya fanidan umumiy test savollari kitobcha 2

Biologiya – 10. Variant – 24.


  1. Modifikatsion o`zgaruvchanlikning ahamiyati nimada? A)organizmlarning ontogenezida tashqi muhitga moslashish imkonini beradi B)organizmlarning filogenezida tshqi muhitga moslanishini belgilaydi C)organizmlarning ichki muhitini tashqi muhitga bog`laydi D)organizmlarning har qanday ichki va tashqi omillarga moslanishini belgilaydi

  2. Modifikatsiyalarning kelib chiqishi organizmda qanday reaksiyalarning o`zgarishiga bog`liq? A)kimyoviy va fizikaviy B)biokimyoviy va fermentativ C)fiziokimyoviy va biokimyoviy D)biologik va kimyoviy

  3. Terida pigmentning ishlab chiqarilishi ... bog`liq, uning hosil bo`lishi ... ga bog`liq. A)genotipga, fenotipga B)genotipga, quyosh nuriga C)genga, xromasomaga D)xromasomaga, tashqi muhitga

  4. Yoz faslida odam terisida qanday modda ko`payishi kuzatiladi? A)melotonin B)melanin C)oksitotsin D)intermiden

  5. Agar o`simlik yorug`lik kam tushadigan joyda o`stirilsa, unga qanday o`zgarish kuzatiladi? A)ildiz tizimi kattalashadi B)poyasi yiriklashib, yo`g`onlashadi C)tanasi nimjonlanadi D)barg plastinkasi kattalashadi

  6. Organizmlarning qanday belgilari tashqi muhit sharoiti ta`sirida nisbatan kuchli o`zgaradi? A)sifat B)miqdoriy C)biokimyoviy D)irsiy

  7. Organizm miqdoriy belgilarining irsiylanishi va xilma-xilligi ... faoliyatiga bog`liq. A)xromasomalar B)tashqi muhit C)genlar D)miqdoriy belgilar irsiylanmaydi

  8. Har bir kasallikning har xil odamlarda turlicha kechishi nimaga bo`g`liq? A)tashqi muhitga B)reaksiya normasiga C)reaksiya normasining torligiga D)reaksiya normasining kengligiga

  9. Odam irsiyati qanday usullar yordamida o`rganiladi? 1)geneologik 2)sitogenetik 3)immunologik 4)biokimyoviy 5)populyatsion statik 6)egizaklar A)1,3,5 B)2,4,6 C)1,2,5,6 D)1,2,3,4,5,6

  10. Keyingi yillarda o`rta yoshli odamlarning necha foizida tasodifiy irsiy o`zgaruvchanlik – mutatsiyalar uchrashi aniqlangan? A)60 B)45 C)85 D)70

  11. Qaysi metod yordamida insonning ko`pgina belgilari, jumladam gen kasalliklarining nasldan-naslga o`tish qonuniyatlari aniqlangan? A)geneologik (shajara tuzish) B)sitogenetik C)egizaklar D)immunologik

  12. Qaysi metod yordamida insondagi qobilyat, iste`dod va boshqa fazilatlarning nasldan-naslga o`tish qonuniyatlari aniqlangan? A)geneologik (shajara tuzish) B)sitogenetik C)egizaklar D)immunologik

  13. Qanday kasalliklarning retsessiv holda nasldan naslga o`tishi geneologik usul bilan aniqlangan? 1)qandli diabet 2)tug`ma karlik 3)gemofiliya 4)shizofreniya 5)braxidaktiliya 6)sindaktiliya 7)ko`z shox pardasining irsiy degeneratsiyasi A)1,4,6 B)3,5,7 C)2,3,5,6 D)1,2,3,4

  14. Qanday belgi va kasalliklar autosoma dominant tipida (A-D-) irsiylanadi? 1)sochning jingalakligi 2)albinizm 3)ko`z qoraligi 4)chapaqaylik 5)miopiya

6)ko`k ko`zlik 7)braxidaktiliya 8)silliq soch 9)polidaktiliya 10)fenilketonuriya 11)rezus musbat omil 12)rezus manfiy omil 13)Io qon guruhi A)1,3,4,5,10,12 B)1,3,5,7,9,11 C)2,4,6,8,10,12,13 D)2,3,4,7,8,9,13

  1. Qanday belgi va kasalliklar autosoma retsessiv tipida (A-R-) irsiylanadi? 1)sochning jingalakligi 2)albinizm 3)ko`z qoraligi 4)chapaqaylik 5)miopiya 6)ko`k ko`zlik 7)braxidaktiliya 8)silliq soch 9)polidaktiliya 10)fenilketonuriya 11)rezus musbat omil 12)rezus manfiy omil 13)Io qon guruhi A)1,3,4,5,10,12 B)1,3,5,7,9,11 C)2,4,6,8,10,12,13 D)2,3,4,7,8,9,13

  2. X – xromasomaga birikkan dominanat gen (X – D) bilan irsiylanadigan belgi va kasalliklarni toping. 1)qandsiz diabet 2)D vitamini bilan davolanmaydigan raxit 3)ikkinchi kurak tishi yo`qligi 4)tish emali qo`ng`ir bo`lishi 5)gemofiliya 6)daltonizm 7)namozshomko`rlik (shapko`rlik) 8)gipertrixoz 9)ixtioz A) 9 B)1,2,3,4 C)5,6,7,8 D)1,3,5

  3. X – xromasomaga birikkan retsessiv gen (X – R) bilan irsiylanadigan belgi va kasalliklarni toping. 1)qandsiz diabet 2)D vitamini bilan davolanmaydigan raxit 3)ikkinchi kurak tishi yo`qligi 4)tish emali qo`ng`ir bo`lishi 5)gemofiliya 6)daltonizm 7)namozshomko`rlik (shapko`rlik) 8)gipertrixoz 9)ixtioz

A) 9 B)1,2,3,4 C)5,6,7,8 D)1,3,5

  1. Y – xromasomaga birikib irsiylanadigan belgi va kasallik(lar)ni toping. 1)qandsiz diabet 2)D vitamini bilan davolanmaydigan raxit 3)ikkinchi kurak tishi yo`qligi 4)tish emali qo`ng`ir bo`lishi 5)gemofiliya 6)daltonizm 7)namozshomko`rlik (shapko`rlik) 8)gipertrixoz 9)ixtioz A) 9 B)1,2,3,4 C)5,6,7,8 D)1,3,5

  2. Onadan farzandlariga o`tib, o`g`il va qizlarida bir xilda kuzatiladigan kasalliklarni toping. A)ko`rish nervi atrofiyasi, mitoxondrial sitopatiya B)gipertrixioz, ixtioz C)tish emalining qoraligi, raxit D)qandsiz diabet, albinizm

  3. Sitoplazmatik irsiylanish oqibatida yuzaga chiqadigan kasalliklarni toping. A)ko`rish nervi atrofiyasi, mitoxondrial sitopatiya B)gipertrixioz, ixtioz C)tish emalining qoraligi, raxit D)qandsiz diabet, miopiya

  4. Onadan farzandlariga o`tib, (o`g`il va qizlarida) bir xilda kuzatiladigan kasalliklar hujayra sitoplazmasining qanday genlariga bog`liq? A)mitoxondriya, xloroplast, plazmida B)sentriola, sitoskelet, lizosoma C)mitoxondriya, sentriola, plazmid D)plazmid, sentriola, xloroplast

  5. Odam irsiyatini o`rganish usullaridan qaysi biri xromasomalar to`plamidagi ko`rinadigan darajadagi o`zgarishlarni o`rganish imkonini beradi? A)geneologik (shajara tuzish) B)sitogenetik C)egizaklar D)immunologik

  6. Xromasoma va genom mutatsiyalari qaysi usulda aniqlanadi? A)geneologik (shajara tuzish) B)sitogenetik C)egizaklar D)immunologik

  7. Odam irsiyatini o`rganish usullaridan qaysi biri qon guruhlari va rezus omilning irsiylanishini o`rganish asosida yuzaga kelgan? A)geneologik (shajara tuzish) B)sitogenetik C)egizaklar D)immunologik

  8. Qaysi metod tadqiqotlari tufayli oilani rejalashtirish va rezus – muammo sababli homila nobud bo`lishining oldini olish mumkin? A)geneologik (shajara tuzish) B)sitogenetik C)egizaklar D)immunologik

  9. Organ va to`qimalar transplantatsiyasi uchun donorlarni tanlashda qaysi usuldan foydalaniladi? A)geneologik (shajara tuzish) B)sitogenetik C)egizaklar D)immunologik

  10. Odamlarda uchraydigan ko`pgina potologik holatlar moddalar almashinuvining normal borishida har xil o`zgarishlar yuzaga kelishiga bog`liq bo`ladi. Buni qaysi metod yordamida aniqlash mumkin? A)geneologik (shajara tuzish) B)sitogenetik C)egizaklar D)immunologik

  11. Qandli diabet kasalligi qaysi metod tufayli o`rganilgan? A)geneologik (shajara tuzish) B)sitogenetik C)populyatsion statik D)immunologik

  12. Populyatsiyada u yoki bu allelning tashuvchilar soni va turli genotiplarning foizlardagi nisbati, ya`ni genofond nisbati qaysi usul bilan aniqlanadi? A)geneologik (shajara tuzish) B)sitogenetik C)populyatsion statik D)immunologik

  13. Xardi – Vaynberg qonuni qaysi metodning asosi bo`lib xizmat qiladi? A)geneologik (shajara tuzish) B)sitogenetik C)populyatsion statik D)immunologik




Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling