Umumiy biologiya 10. Variant 1
Download 0.67 Mb.
|
10-biologiya fanidan umumiy test savollari kitobcha 2
Biologiya – 10. Variant – 47.
56 Kaktusning tikanlari …, do`lananing tikanlari …, atirgul va malinaning tikanlari esa … o`zgarishidan hosil bo`lgan. A)barg, poya, gul B)parg, poya C)barg, poya, epidermis o`simtasi D)t.j.yo`q Boshoyoqli moluskalarning k`ozi bilan umurtqali hayvonlarning ko`zi nimaga misol bo`ladi? A)analogik organ B)gomologik organ C)rudiment D)atavizm Konvergensiyaga misollarni tanlang: 1)baliqlardan – akula, suv muhitida mezazoy erasida yashab so`ng qirilib ketgan sudralib yuruvchilardan – ixtiozavr, sutemizuvchilardan delfinning tashqi tuzilishi, harakatlanish organlari o`xshashligi, 2)xaltalilar va yo`ldoshlilar kenja sinf vakillari bo`lmish xaltali krot, oddiy krotning tashqi qiyofasi o`zaro o`xshashligi, 3)marvaridgul, bug`doyiq, paparotnik va aspidistra ildizpoyasidagi qobiqlar 4)otning ikkinchi va to`rtinchi barmoqlari, 5)kitning dumg`oza va oyoq suyaklari 6)pashshalarda bir juft kichik qanotchalari A)1,2 B)1,2,3,4,5,6 C)1,2,3,4 D)2,3,4 Rudiment organlarga misollarni tanlang: 1)baliqlardan – akula, suv muhitida mezazoy erasida yashab so`ng qirilib ketgan sudralib yuruvchilardan – ixtiozavr, sutemizuvchilardan delfinning tashqi tuzilishi, harakatlanish organlari o`xshashligi, 2)xaltalilar va yo`ldoshlilar kenja sinf vakillari bo`lmish xaltali krot, oddiy krotning tashqi qiyofasi o`zaro o`xshashligi, 3)marvaridgul, bug`doyiq, paparotnik va aspidistra ildizpoyasidagi qobiqlar 4)otning ikkinchi va to`rtinchi barmoqlari, 5)kitning dumg`oza va oyoq suyaklari 6)pashshalarda bir juft kichik qanotchalari A)1,2 B)1,2,3,4,5,6 C)1,2,3,4 D)2,3,4 … - qazilma holdagi o`simliklar, hayvonlar, zamburug`lar va boshqa organizmlar to`g`risidagi fandir. A)anatomiya B)palentologiya C)evolyutsiya D)noogenetika Qaysi organizmlar o`lgandan keyin mikroorganizmlar tomonidan parchalab yuborilgan va o`zlaridan keyin nom- nishon qoldirmagan? A)umurtqasizlar B)tuban o`simliklar C)zamburug`lar D) barchasi Toshga aylanish hodisasi qanday yuz bergan? A)qattiq qismlari ancha sekin parchalanib, ular ichiga kirgan mineral moddalar kremnezem bilan o`rin almashgan B) yushoq qismlari ancha sekin parchalanib, ular ichiga kirgan mineral moddalar kremnezem bilan o`rin almashgan C)yumshoq qismlari ohakni shimishi natijasida D)t.j.yoq Kim o`z vaqtida palentologik solnoma chala deb aytib o`tgan edi? A)Shmalgauzen B)Seversov C)Myuller va Gekkel D)Darvin Qaysi olim korrelyatsiya qonuniga muvofiq o`lib ketgan hayvonlarning ayrim suyaklariga qarab ularning butun tashqi qiyofasini tiklash metodini – rekonstruksiya metodini ishlab chiqdi va unga asoslanib, juda ko`p hayvonlarning qiyofasi tiklandi? A)Jorj Kyuve B)Seversov C)Myuller va Gekkel D)Sukerkandi va Poling Rekonstruksiya metodi nimani aniqlashga asoslanadi? A)kalla, qo`l-oyoq va tanadagi boshqa suyaklar nisbatini taqqoslash B)muskullarning nisbatini o`zaro taqqoslash C)qo`l-oyoq skeletini taqqoslash D)A va B Hayvon va o`simliklarning quruqlikka tarqalishiga qarab, olimlar sayyoramizni nechta biogeografik hududga bo`lishgan? A)4 B)5 C)6 D)7 Biogeografik viloyatlardagi hayvon va o`simliklar orasidagi tafovut … o`zaro taqqoslanganda namoyon bo`ladi? A)turkum, ayniqsa, oila, avlod B)tip, sinf C)tur D)oila, turkum Habashiston viloyatidagi qaysi turkumning vakillari Paleoarktik viloyatda uchramaydi? A)primatlar, xartumlilar, tuyaqushlar, to`tilar B)tuyaqushlar, to`tilar C)tupay D)dingo iti, primatlar, xartumlilar Primatlar turkumiga kiruvchi … oilasining vakillari Hindomalay viloyatida tarqalgan bo`lib, Afrikada uchramaydi. A)gibbonlar B)martishka C)oz tishli D)shimpanze … oilasi Afrikada tarqalgan bo`lsa-da, Hundomalay viloyatida uchramaydi. A)gibbonlar B)martishka C)oz tishli D)shimpanze Neotropik viloyatidagi qaysi turkum vakillari neoarktik viloyatida tarqalmagan? A)gibbonlar B)martishka C)oz tishli D)shimpanze Oz tishlilar oilasiga mansub oilalarni aniqlang? A)chumolixo`r, yalqov, zirhlilar B)yalqov, qalqondorlar C)tishsiz va tishli zirhlilar D)qalqondorlar, zirhlilar … biogeografik xiloyatlardagi o`simliklar va hayvonlar turkum, tartib, oilalari bilan o`xshasalar ham, ular o`rtasidagi tafovut faqat avlod va turlarda ekanligi ma`lum bo`ldi? A)paleoarktik va neoarktik B)neoarktik va neotropik C)hindomalay va habashiston D)t.j.y Turli biogeografik viloyatlardagi hayvonlar va o`simliklar orasidagi o`xshashlik va tafovutlarni qanday yo`l bilan tushuntirish mumkin? A)qit`alarming paydo bo`lish tarixi B)organic olam evolyutsiyasi C)divergensiya D)A. B Kimning qayd etishicha taxminan million yillar ilgari Yer yuzasida alohida – alohida qit`alar bo`lmay sayyoramizda yagona quruqlik – Pangeya va yagona ocean bo`lgan? A)Seversov B)Darvin C)Vagner D)Myuller Qachon yagona quruqlik bo`lgan Pangeya ikki bo`lakka – Lavraziya va Gondvanaga ajralgan. Oqibatda quruqlikdagi o`simlik va hayvonot dunyosi ham ikki bo`lakka ajralgan? A)Mezazoyning trias davrida B)Mezazoyning yura davrida C)Bo`r davrida D)Toshko`mir davrida Qaysi quruqlik xuddi muz parchalari singari bir qismi suvdan tashqari holatda janubga tomon siljigan? A)Lavraziya B)Gondvana C)Pangeya D)t.j.y Gondvana bo`lishi tufayli qaysi qit`alar kelib chiqqan? A)Antarktida, Avstraliya, Afrika, Janubiy Amerika B)Yevrosiyo, Shimoliy Amerika C)Shimoliy Amerika, Avstraliya, Hindiston D)Hindiston, Afrika, Janubiy Amerika, Yevrosiyo Avstraliya Gondvanadan ajragan davrda triasning o`rtalarida sutemizuvchilarning qanday vakillari tarqalgan? A)tuxum qo`yib ko`payuvchi turlari va xaltalilar B)xaltalilar va yo`ldoshlilar C)tuxum qo`yib ko`payuvchi turlari va yo`ldoshlilar D)hech qaysi vakili tarqalmagan Quyidagi qaysi jarayon yangi sistematik guruhlar hosil bo`lishiga asoslangan? A)konvergensiya B)divergensiya C)parallel evolyutsiya D)konvergent evolyutsiya har xil yashash sharoitiga moslashish tufayli ajdod tur belgilarining tarqalishiga … deyiladi. A)konvergensiya B)divergensiya C)parallel evolyutsiya D)konvergent evolyutsiya Oziq turi, yashash muhitining xilma-xilligi tufayli sutemizuvchilar sinfining qaysi turkumlari kelib chiqqan? A)hasharotxo`rlar, oztishlilar, qo`lqanotlilar B)kemiruvchilar, yirtqichlar, juft va toq tuyoqlilar C)kurakoyoqlilar, kitsimonlar D)barchasi Galapogoss orollarida morfofiziologik jihatdan farqlanadigan vyuroklar … ajdod turdan kelib chiqqanligi divergensiyaga misol bo`ladi. A)bitta B)100 dan ko`p C)bir nechta xil D)3 ta No`xatning gajjaklari, kaktus va zirkning tikanlari qaysi organning shakl o`zgarishi (metamorfozidan)dan hosil bo`ladi? A)poya B)barg C)gul D)epidermis to`qimasi Qaysi hodisa mutatsion jarayon, alohidalanish, populyatsiya to`lqinlari, tabiiy tanlanish ta`sirida ro`y beradi? A)konvergensiya B)divergensiya C)parallel evolyutsiya D)konvergent evolyutsiya Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling