Umumiy doc
Z-§. KOMBINASION BOSHQARUVCHI QURILMA
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
19.Z-§. KOMBINASION BOSHQARUVCHI QURILMA SXEMASINI YASASH Agar boshqarish sxemasi diskret elementining mumkin bo‘lgan ikki holatidan PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 529 biriga mos holda bul algebrasining 0 belgisini qo‘ysak, 1 belgisini esa boshqa holatga mos qilib qo‘ysak, u holda bul funksiyalari nazariyasi va unga asoslangan usullar boshqarishning mantiqiy kombinasion sxemalarini tahlil va sintez qilish uchun qo‘llanilishi mumkin. Mantiqiy boshqarish qurilmasining formallashtirilgan tavsifidan prinsipial sxemaga o‘tish bosqichini texnik amalga oshirish deb aytamiz. Mantiqiy boshqarish qurilmalari amalga oshiriladigan diskret elementlarning ikkita asosiy – kontaktli va kontaktsiz turi mavjud. Kontaktli elementlar uchun bul algebrasi elementlari va qurilma holatlari o‘rtasida quyidagicha moslik o‘rnatiladi. Elektromagnit rele va uning kontaktlari asosiy kontakt elementi hisoblanadi. O belgisiga kontaktlarning ochiq (uzilgan) holati, 1 belgiga berk holati mos qo‘yiladi. So‘ng VA—YOKI—YO‘Q bazisida sxema va bul funksiyalari orasidagi moslikni aniqlaymiz (20.2-jadval). Sxema ishini tekshirish shuni ko‘rsatadiki, normal ochiq kontaktlarni parallel ulash argumentlarning diz’yunksiyasini amalga oshiradi, ketma-ket ulash esa kon’yunksiyani normal berk kontakt esa inkor qilishni amalga oshiradi. Bu uchta sxema bazasini tashkil etuvchi bul funksiyalarini amalga oshirgani uchun bu sxemalarning kombinasiyasi ixtiyoriy, lekin chekli sondagi argumentli ixtiyoriy bul funksiyasini amalga oshirishga imkon beradi. CHiqishdagi birga – berk zanjir, nolga – ochiq zanjir mos kelib, bunda zanjirning yo‘nalishi ko‘rsatilmaydi, ya’ni biz ikki tomonlama o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan sxema bilan ish ko‘ramiz. Kontaktli elementlarga asoslangan sxemalarni sintez qilish faqat mazkur turdagi sxemalarga xos bo‘lgan va ba’zi hollarda tejamli va ishonchli sxemalarni yasashning samarali usullarini olishga imkon beruvchi bir qator xusuyatlar bilan ifodalanadi. 20.2-jadval. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling