Umumiy doc
SHaxsiy kompyuter negizidagi kontroller (RS)
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
20.2.1.1. SHaxsiy kompyuter negizidagi kontroller (RS)
Bu yo‘nalish keyingi paytda tubdan rivojlandi, bu birinchi navbatda quyidagi sabablar bilan izohlanadi: • RS ning ishonchlilikni oshirish; • odatdagi va sanoatda ishlab chiqarilgan shaxsiy kompyuterlarning ko‘p modifikasiyalari mavjudligi bilan; • ochiq arxitekturadan foydalanish; • uchinchi firmalar ishlab chiqarayotgan istagan kirish/chiqish (OAO‘M modullari) bloklarini ulash osonligi; • ishlab tayyorlangan dasturiy ta’minotning keng nomenklaturasidan foydalanish mumkinligi (real vaqt operasion tizimlari, ma’lumotlar bazasi, nazorat qilish va boshqarishning tatbiqiy dasturlari paketlari). RS negizidagi kontrollerlar, odatda, sanoatda uncha katta bo‘lmagan berk ob’ektlarni boshqarish uchun, tibbiyotda mahsus avtomatlashtirish tizimlarida, ilmiy laboratoriyalarda, kommunikasiya vositalarida foydalaniladi. Bunday kontrollerning kirish-chiqishlari umumiy soni odatda bir necha o‘nlikdan oshmaydi, vazifalari to‘plami esa bir nechta boshqaruvchi ta’sirlarni hisobga olgan holda o‘lchash axborotiga murakkab ishlov berishni ko‘zda tutadi. RS negizidagi kontrollerlarning rasional qo‘llanish sohasini quyidagi shartlar bilan izohlash mumkin: • boshqarish ob’ektining kirish va chiqishlari uncha ko‘p miqdorda bo‘lmaganda etarlicha kichik vaqt oralig‘ida katta hajmdagi hisoblash bajariladi (qayta hisoblash quvvati zarur); • avtomatlashtirish vositalari ofisdagi shaxsiy kompyuterlarning ishlash sharoitidan ko‘p farq qilmaydigan atrof muhitda ishlaydi; • kontroller amalga oshiradigan vazifalarni (ular nostandart bo‘lgani sababli) maxsus texnologik tillarning birida emas, balki yuqori darajadagi odatdagi dasturlash tilida, S++, PASKAL va h.k. da dasturlash maqsadga muvofiqdir; PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 570 • oddiy kontrollerlar ta’minlaydigan kiritik sharoitlarda ishni amalda kuchli apparat qo‘llab-quvvatlash talab qilinmaydi. Bunday qo‘llab-quvvatlashning vazifalariga quyidagilar kiradi: hisoblash qurilmalari ishni chuqur tashxisi, avtomat zaxiralash choralari, shu jumladan kontrollerlar ishni to‘xtatmasdan nosozliklarni bartaraf etish; avtomatlashtirish tizimi ishlagan vaqtida dasturiy komponentlar modifikasiyasi va hokazo. RS negizida kontroller bozorida O‘zbekistonda quyidagi kompaniyalar ishlamoqda: Honeywell, Siemens, Emerson Elektric, ABB, Alien Bradley, Ge Fanuc va boshqalar. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling