Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
22.2.4.2. Me’yordagi to‘xtatish
Umumiy muloxazalar “Me’yordagi to‘xtatish” mashqining maqsadi – qurilmani to‘g‘ri va xavfsiz o‘chirish uchun zarur harakatlari ketma-ketligini o‘rganib olishdir. Suyuqlikni haydash uzelini to‘la to‘xtatish odatda asosiy qurilmani reja bo‘yicha ta’mirlashni o‘tkazish uchun yoki rahbariyatning ko‘rsatmasi bo‘yicha ishlab chiqarish zaruratiga ko‘ra amalga oshiriladi. Barcha manfaatdor xizmatlar bo‘lajak to‘xtatish to‘g‘risida xabardor qilingan bo‘lishlari kerak. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 697 Tadbir 1. HV-001 ajratkichni berkitib, E-1 ga suv uzatishni to‘xtatish. 2. E-1 dagi sath 5-10% gacha pasayib ketganda, FIRC-110 sarf rostlagichini dastaki rejimga o‘tkazish va klapanni berkitish. FIRC-110 asbobining klapanli yig‘masida rostlovchi klapan yaqinidagi BV-110 ajratkichlarni berkitish. 3. N-1A nasosni o‘chiring. 4. E-1 idishdan suyuqlikning qolganini qochirmoq (drenaj qilish). Buning uchun E-1 dan drenaj qilish chizig‘ida HV-003 ajratkichni ochish. Idish bo‘shagandan so‘ng ajratkichni berkiting. 5. PIRC-210 bosim rostlagichini dastaki rejimga o‘tkazing. E-1 idishdagi bosimni pasaytirish uchun “V” klapanni berkitib “A” klapanni oching. 6. E-2 dagi suyuqlik 5% gacha pasayganda, suvni chiqarish chizig‘ini HV-002 ajratkichni berkiting. 7. E-1 idishdagi suyuqlik qoldig‘ini drenaj qiling (quriting). Eg‘2 dan drenaj chizig‘ida HV-004 ajratkichni oching. Idish bo‘shatilgandan keyin ajratkichni berkiting. 8. PIRC-230 bosim rostlagichini dastaki rejimga o‘tkazing. E-2 idishdagi bosimni pasaytirish uchun “B” klapanni berkiting va “A” klapanni oching. 9. E-1 va E-2 idishlaridagi bosim 0 kg/sm 2 ga yaqin qiymatlarga pasayganda ikala, «A» klapanni berkiting. Haqiqiy ishlab chiqarishda shundan keyin tizimni xodimlarning ta’mirlash vaqtida yoki qurilmaga texnik xizmat ko‘rsatishida xavfsiz ishlashi uchun tayyorlash lozim bo‘ladi. Bu operasiyalar modellashtirilmaydi va korxonada amal qiluvchi yo‘riqnomalarga muvofiq bajarilishi kerak. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling