Umumiy doc
Termojuft erkin uchlarining haroratini avtomatik kompensasiyalash sxemasi
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Millivoltmetrlar
- Милливольтметрнинг
Termojuft erkin uchlarining haroratini avtomatik kompensasiyalash sxemasi
Termojuft kompensasion ko‘prikkacha termoelektrod simlar bilan ulanadi, ko‘prikdan o‘lchash asbobigacha esa mis simlar ulanadi. Termojuft 2 erkin uchlarining darajalanish haroratida ko‘prik 1 muvozanat xolatda bo‘lib, ko‘prikning ab uchlaridagi potensiallar ayirmasi nolga teng bo‘ladi. Erkin uchlarining harorati o‘zgarishi bilan birga R4 qarshilikning qiymati ham o‘zgaradi, natijada ko‘prik muvozanati buziladi va uning ab uchlaridagi potensiallar ayirmasi o‘zga-radi. Bu ayirmaning qiymati erkin uchlaridagi haroratning o‘zgarishi sababli paydo bo‘lgan TEYUK ning teskari ishorali qiymatiga teng bo‘ladi. Millivoltmetrlar Termoelektr termometrlar (termojuftlarni)dagi TEYUKni o‘lchash uchun magnitoelektr millivoltmetrlar, potensiometrlar va me’yorlovchi o‘zgartkichlar keng qo‘llanilmoqda. Millivoltmetr — magnitoelektr o‘lchash asbobi bo‘lib, uning ishlash prinsipi qo‘zg‘aluvchan ramkadan o‘tayotgan tokning o‘zgarmas magnit maydoni bilan R 3 R 4 R 2 R 1 a в R q 1 - + + - 2 4в + - 4 + - 3 mV ~127/220B PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 60 o‘zaro ta’siriga asoslangan. Millivoltmetrning tuzilishi 2.8 - rasmda ko‘rsatilgan. Doimiy magnitning qutb uchlari 2 va tayanch tovonostlari 8 da aylanadigan o‘qlarda joylashgan o‘zak 3 orasidagi (havo oralig‘ida) ramka 5 bor. Ramkaning uchlari o‘qlar 7 ga ulangan Ramkaga kronshteyn 9, strelka 10 ulangan. Strelkaning uchi shkala 11 bo‘ylab siljiydi. Ramka termojuft zajiriga ulanganda spiral- prujina 6 dan keladigan tok ramkadan o‘tadi. Ramkaning chulg‘ami orqali tok o‘tganda hosil bo‘lgan magnit maydoni bilan doimiy maydon o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir natijasida aylantiruvchi moment hosil bo‘ladi, shu sababli ramka strelka 10 bilan birga aylanadi. Spiral 6 bu aylanishga teskari ta’sir qiladi. TEYUK iga strelkaning muayyan bir vaziyati to‘g‘ri keladi.Tok o‘tmagan paytda elastik prujinalar 6 ramkani boshlang‘ich vaziyatga qaytaradi, strelkaning shkala 11 bo‘yicha ko‘rsatishi esa nolga teng bo‘ladi. Kronshteyn 9 strelkani muvozanat holatida saqlashi uchun posangi 4 bilan ta’minlangan. Asbob shkalasi °S da darajalangan. Ramkadan o‘tayotgan tok bilan doimiy magnit maydon orasidagi o‘zaro ta’sir tufayli paydo bo‘lgan aylantiruvchi moment quyidagi ifoda orqali aniqlanadi. M (ayl) =S 1 V 1 I (2.29) bu erda, M ayl — aylantiruvchi moment; S 1 — ramkaning geometrik o‘lchami va chulg‘amlari soni bilan aniqlanadigan doimiy koeffisient; V — oralikdagi magnit induksiyasi; I — ramkadagi tok. Aylanishga teskari ta’sir etuvchi moment: M tes =S 2 Eφ (2.30) bu erda, S 2 — elastik element (spiral — prujina yoki cho‘zilgan tolalar) o‘lchamidan eniqlanadigan doimiy koeffisient; E — spiral prujinalarining elastik moduli yoki cho‘zilgan tolalarning siljish moduli; φ — elastik elementning burilish burchagi. Agar M ayl = M tes ya’ni muvozanat holati bo‘lsa, 8 7 6 5 1 2 3 4 6 7 8 9 10 11 100 2.8 – расм. Милливольтметрнинг Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling