Umumiy doc


 – §. AVTOMATLASHTNRISH TIZIMLARINING TEXNIK-


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet358/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

21.11 – §. AVTOMATLASHTNRISH TIZIMLARINING TEXNIK-
IQTISODIY SAMARADORLIGI 
Texnologik ob’ektlarni avtomatlashtirish ularning texnik – iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarini 3 – 5% ga orttirib, maqsadga qaratilgan mahsulotni olishda ko‘p 
mehnat talab qilishlik darajasini ancha kamaytirishga (30 – 40% ga) olib keladi. 
Ikkinchi tomondan uni amalga oshirish uchun qo‘shimcha kapital mablag‘lar 
talab qilinadi. Masalan, kimyoviy va unga yaqin sanoat tarmoqlarida 
avtomatlashtirishga ketadigan xarajatlar TOB qurilmalari tannarxining 35% ini 
tashkil etadi. 
Avtomatik tizimlar (AT) ni joriy qilish samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi 
ularning o‘zini qoplay olish muddati hisoblanadi: 
T =(K +A)/E, 
(21.18) 
bu erda T – o‘zini qoplash muddati, yil; K – AS ni joriy qilish uchun 
sarflanadigan kapital mablag‘lar (harajatlar), so‘m; A – joriy qilingan 
avtomatlashtirish qurilmalari tannarxidan ajratilgan amortizasion to‘lovlar, so‘m; E 
– shartli – yillik iqtisodiy samara, so‘m/yil. 
Iqtisodiy samara avtomatlashtirish bo‘yicha aniqlanadi: 
E =(S
1
- S
2
)/P (21.19) 
bu erda, S
1
 ,S
2
 – maqsadga qaratilgan mahsulot birligining avtomatlashtirishdan oldingi va keyingi tannarxi, so‘m; 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


681 
P – maqsadga qaratilgan mahsulotning avtomatlashtirishdan keyin yillik ishlab chiqarish. 
Kimyo korxonalari mahsuloti tannarxining asosiy bandi (50 – 80%) xom ashyo 
tannarxi ekanini hisobga olib, asosiy e’tiborni maqsadga qaratilgan mahsulot 
birligiga 
to‘g‘ri 
keladigan 
xomashyo 
solishtirma 
sarfini 
pasaytiruvchi 
avtomatlashtirish vositalarini joriy qilishga qaratish zarur. 
O‘zini qoplash muddatining teskari kattaligi iqtisodiy samaradorlik koeffisienti 
E hisoblanadi: 
E = 1/T =(S
1
– S
2
)*P/(K + A) (21.20) 
Keltirilgan formulalar bo‘yicha aniqlangan samaradorlik ko‘rsatkichining 
qiymatlari normativ qiymtlar bilan taqqoslanadi va natijaga asoslanib, AT ni joriy 
qilishning 
maqsadga 
muvofiqligi 
haqida 
xulosa chiqariladi. 
Kimyoviy 
korxonalarda AT ning o‘zini qoplashining normadagi muddati taxminan uch yilni 
tashkil etadi. 
Iqtisodiy samaradorlikning AT ni joriy qilishga ketadigan kapital xarajatlarga 
bog‘liqligi 21.19-rasmda keltirilgan. 
Bog‘lanishni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, birinchi bosqichda (K

– K
1

iqtisodiy vositalar kompleksiga ozgina harajatlar qilinganda iqtisodiy samaradorlik 
S
1
tannarxning ortishi va oddiy boshqarish funksiyalarining (nazorat, signalizasiya 
va hokazo) avtomatlashtirilishining samaradorligi juda kichik bo‘lganidan iqtisodiy 
samaradorlik manfaydir. Kapital mablag‘larning ma’lum qiymatidan boshlab (K
1

boshqarish vazifalari va masalalarini kengaytirish AT ning samaradorligini keskin 
o‘sishiga olib keladi, demak yanada takomillashgan texnik vositalar kompleksidan 
foydalanish hisobiga iqtisodiy samarani ham oshiradi. Takomillashtirishning bu 
bosqichida AT eng katta samara beradi. Bu bosqich uzoq davom etmaydi. U 
kapital harajatlarning K
2
qiymatigacha davom etadi. Qapital harajatlarning bundan 
keyingi ortishi (K
2
– Kz) AT ni joriy qilishning iqtisodiy samaradorligini bunchalik 
keskin oshirmaydi; kapital harajatlarning ma’lum qiymatidan boshlab (Kz), 
boshqarishning funksiya va vazifalarini bundan keyingi kengaytirish juda oz 
darajada samara beradiki, natijada tizimining iqtisodiy samaradorligi tusha 
boshlaydi. Bu boshqaruvning funksiyalari va vazifalarining takrorlanishi, 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


682 
texnologik xodimlarga beriladigan axborotning haddan tashqari ko‘pligi, AT ning 
murakkabligi, demak ishonchsizligi, boshqarish funksiyalarini avtomatlashtirish 
bilan tushuntiriladi, ularni fan va texnika rivojining erishilgan darajasida texnik 
personalga qoldirish maqsadga muvofiqdir. K
4
qiymatdan boshlab, texnik vositalar 
majmuasini murakkablashtirish ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra iqtisodiy samaraning 
manfiy qiymatiga olib keladi. 
Bog‘lanishni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, har bir BTO uchun eng ko‘p 
iqtisodiy samara beradigan AT tanlab olish mumkin. Bunda kapital harajatlar K

ni 
tashkil etadi. 
21- BOBGA TEGISHLI TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR TERMASI 
1. Texnik loyiha 
2. Texno-ishchi loyiha 
3. Ishchi hujjat 
4. Ishchi chizma 
5. Prinsipial elektrik sxema 
6. Prinsipial pnevmatik sxema 
NAZORAT SAVOLLARI 
1. Avtomatlashtirish loyihasining vazifasi. 
2. Avtomatlashtirish tizimlarini loyihalash bosqichlari. 
3. Ishchi chizma nima? 
4. Texnalogik ob’ektlarni avtomatlashtirish darajasini aniqlash. 
5. Prinsipial elektrik sxemalar. 
6. Prinsipial pnevmatik sxemalar. 
7. TJABTni yaratish prinsiplari. 
8. TJABTni ishlab chiqish bosqichlari va pog‘onalari. 
9. Texnik topshiriq. 
10. Texnik loyiha. 
11. Ishchi hujjatlar. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


683 
12. Moslashuvchi avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish. 
13. Avtomatik loyihalash tizimlari. 
14. ALT ni ta’minlash vositalari. 
15. ALT ni ishlash rejimlari. 
16. Avtomatlashtirish tizimlarining ishonchliligi 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   354   355   356   357   358   359   360   361   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling