Umumiy fizika kursidan praktikum o’quv qo’llanma
Kerakli asbob va jihozlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY FIZIKA KURSIDAN PRAKTIKUM OQUV QOLLANMA
Kerakli asbob va jihozlar:
1. VideoCom (337 47) – 1ta 2. Tutashtiruvchi blok 230 V / 12 V/ 20 W (562 791) - 1ta 3. Uch oyoqli kamera (300 59) – 1ta 4. VideoCom uchun erkin tashlanuvchi jism (37 472) – 1ta 5. Ushlab qoluvchi magnit (336 21) – 1ta 6. Taglik asosi, V-shaklli, 28 sm (300 01) – 1ta 7. Taglik sterjeni, 25 sm (300 41) – 1ta 8. Taglik sterjeni, 150 sm (300 46) – 1 ta 9. Leybold multiqisqichlari (301 01) – 1ta 10. Ulash simlari, 200 sm (501 38) – 4ta Qoʻshimcha: 1. Windows 95/NT yoki yangiroq versiyali OT oʻrnatilgan kompyuter 26 Tajribaning oʻtkazish tartibi: Tajriba qurilmasi 5-rasmda keltirilgan. Erkin tushish uchun qurilmani sozlash: – Tutib qoluvchi magnitni taglik materialiga 5-rasmda koʻrsatilgani kabi pastga qarab oʻrnating va VideoCom simlarini ulang (Video-Com yoʻriqnomasiga murojaat qiling). VideoCom oʻrnatmalari: – VideoCom uch oyoqli kamerani qat′iy vertikal joylashuvini ta′minlang va u erkin tushish nuqtasidan taxminan 3 m masofada boʻlsin. – VideoCom kamerasini iloji boricha erkin tushish trayektoriyasiga parallel boʻlishini ta′minlang. Qat′iy perpendikulyarlik ta′minlanishiga e′tibor qiling. – VideoCom kamerani tutashtiruvchi blok orqali tarmoqqa ulang va kompyuterning serial (COM1) portiga ulang. – Zarurati boʻlsa VideoCom dasturiy ta′minotini oʻrnating va oʻrnatish nomini “VideoCom Motions” deb nomlang va foydalanish tilini va ulanish uchun ketma- ket interfeysni tanlang (VideoCom yoʻriqnomasiga qarang). VideoCom sozlash: – VideoCom uchun moʻljallangan erkin tushuvchi jismni ushlab turuvchi magnitga osilib turishi uchun elektromagnitga iloji boricha kamroq kuchlanish bering. Kuchlanishni VideoCom korpusidagi (a) pin bilan sozlang va erkin tushuvchi jism magnitga kuchsiz yopishib turishini ta′minlang. – Tutib turuvchi elektromagnitning ferromagnit oʻzagini moslovchi vint (b) bilan shunday rostlangki, erkin tushuvchi jism vertikal tik boʻlsin. – “VideoCom Motions” dasturida “Intensity Test” ga bosing. – Fonni kamaytirish uchun xonani bir oz qorongʻilashtiring. – VideoCom ni shunday sozlangki, kameradagi LC displeyida yoki ekranda, oʻng tomonda ikkita choʻqqi koʻrinsin. Perpendikulyar yustirovkasini ham tekshiring. – Boshqa choʻqqilar boʻlmasligi uchun interferensilashgan yoki qaytgan yoʻruglik tushishini cheklang. 27 – Choʻqqilar intensivligi oʻzgarishi blan yustirovkani ham yaxshilab boring va 5 dan 1 ga qaytishda ham. VideoCom kalibrovkasi va yoʻlning vaqtga bogʻliqlik diagrammasini qayd qilish: – “Settings/Path Calibration” menyusini F5 klavishi bilan chaqiring. – “Path Calibration” registridagi ikkita akslantiruvchi folgalarning birinchi vaziyati uchun 0.2 m va ikkinchi vaziyati uchun 0 m qiymatlarni kiriting. – “Read Pixels from Display” tugmasini bosing va “Apply Calibration” funksiyasini faollashtiring. – “Settings/Path Calibration” menyusini yana bir marta chaqiring va “Measuring Parameters” registridan quyidagi oʻrnatmalarni tanlang. 𝛥𝑡 =12.5 ms (80 fps) Flash\chaqnash Auto Smoothing\silliqlash Maximum (8*dt) Measurement Stop\oʻlchashni toʻxtatish - At End of Path\Yoʻl oxirida s = 1 m – F9 klavishini bosib oʻlchashni va erkin tushishini yozib olishni boshlang. – Keyin “Settinge/path Callibration” menyusidan “Linearization” registridan “Suggest Linearization” tugmasini bosing. – Agar burchak 𝛼 > 1° aniqlansa, VideoCom ni yetarlicha perpendikulyar boʻlgunicha yustirovka qiling (6-rasmga qarang). – “Cancel” buyrugʻi bilan linearizatsiyani bekor qiling. – Video Com ning perpendikulyar yustirovkasini yaxshilang. – F4 klavishi bilan oʻlchangan eski qiymatlarni oʻchiring, jismning erkin tushishini yana bir marta yozib oling va yana burchakni aniqlang. – Jarayonni 𝛼 < 1° boʻlgunicha takrorlang; keyin “Apply Linerization” ni faollashtiring va aniqlangan δ buzilishni qabul qiling. 28 5-rasm. Erkin tushishni VideoCom bilan qayd qilish tajribasi qurilmasi. 6-rasm. VideoCom va erkin tushish trayektoriyasi orasidagi α burchakni aniqlash chizmasi – Oʻlchanqan qiymatlarni F2 klavishi bilan saqlan va faaylni nomlang. “Path Calibration” registratoridagi “Read Pixels from Table” tugmasini bosib soʻl kollibrovkasini takrorlang, “Apply Calibration” funksiyasini faollashtiring va “OK” bosib tasdiqlang. – Sichqonchaning “𝑠 1 /𝑚” oʻlchangan qiymatlar ustuniga olib kelib oʻng tugmasini bosing va chiqqan menyudan “Delete Column” buyrugʻini tanlang. – Oʻlchanqan qiymatlarni F2 klavishi bilan saqlang va faylni nomlang. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling