Umumiy geologiya fanidan amaliy mashg’ulot savollar
Download 22.05 Kb.
|
geologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javoblar: 1
- Mirzo Ulugʻbekning matematika va astronomiya fanlarining taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi beqiyosdir. U osmon jismlarining tarqalish
- Mantiya- 33-29000km intervalda joylashgan. Mantiya temir va qo’rg’oshindan ekanligi va harorat 2000 gradus atrofida taxmin qilinadi.
- Zilzilalar yoki portlatish orqali hosil qilingan sunʼiy qayishqoq tebranishlarni qayd etuvchi seysmik;
- Sayyoramizning issiqlik maydonini va uning yuzasida issiqlik oqimining zichligini oʻrganuvchi geotermik;
UMUMIY GEOLOGIYA FANIDAN AMALIY MASHG’ULOT Savollar: 1. “Geologiya” atamasining etimologik, lug’aviy va ilmiy ma’nolari deganda nimai tushinasiz? 2. Geologiya atamasini kim va qachon fanga kiritgan? 3. Geologiya fanining asosiy tarmoqlari haqida nimalar bilasiz? 4. Geologiyaning tadqiqot usullari. 5. Geologiya faning shakllanishiga hissa qo’shgan olimlar va ularning fikrlari to’g’risida ma’lumot. 6. Asteroidlarga ta’rif bering. 7. Meteoritlar qanday turlarga bo’linadi? 8. Yerning ichki tuzilishi. 9. Yerning kimyoviy tarkibi. 10. Yer po’stining kimyoviy tarkibi. 11. Yerning ichki tuzilishi qanday usullar yordamida aniqlanandi? 12. Yerning magnit maydoni. 13. Yerning issiqlik maydoni. 14. Klark tushunchasini izohlab bering.
Geotexnika; strukturaviy geologiya; seysmologiya va boshqalar. • 3) Tarixiy geologiya-yerning va yerdagi hayvonot dunyosining paydo bo’lishi va rivojlanish tarixini o’rganadi. Quyidagi fanalrni o’z ichiga oladi: stratigrafiya; paleontologiya va boshqalar. • 4) Hududiy geologiya-yer qobig’ining ayrim qismlarining geologic tuzilishi, tog’ junslar tarkibi, geologic qurilmalari va geologik rivojlanish tarixini o’rganadi. Asosiy maqsadi hududlar bo’ylab geologic xaritalar tuzish. 5) Kosmik geologiya-fazo jismlarini o’rganadi. 4. Geologiyaning quyidagi tadqiqot usullari bor: 1) Dala uslublari(geologik, geofizik va boshqalar); 2) Kameral ishlar (ma’lumotlarni aniqlash va to’ldirish); 3) Laboratoriya ishlari(turli xil tadqiqot usullari); 5. Dasltlabki yer haqidagi yozma ma’lumotlar Bobil davlatiga mansub. Dunyoning paydo bo’lshi to’g’risidagi dastlabki rivoyatlar Mesopotamiyada shakllangan. Dunyoning paydo bo’lishi bo’lishi haqidagi Bobilliklarning qadimgi rivoyatlari yaxudiylarning “Injil” iga, xristian va musulmonlarning muqaddas kitoblariga kirib qolgan. Demak geologiya fani qadimdan rivojlanib kelgan. Bizning buyuk bobokalonlarimiz ham geologiya faniga o’z hissalarini qo’shishgan: Abu Rayxon Beruniy o’zining arab tilida yozgan bir qator asarlarida Yer, mineralllar, ma’danlar, geologik jarayonlar juda ajoyib fikrlarini yozib qoldirgan. Beruniy o’zining “Mineralogik trakatak” asarida minerallar haqida chuqur va aniq ilmiy ma’lumotlar bergan. Minerallarni aniqlash va tasniflashda Beruniy faqat ularning rangi va shaffofligidan emas, balki qattiqligi va solishtirma og’irligidan ham foydalangan. Abu Ali Ibn Sino ham geologik dunyoqarshlarini “Ashshifo” kitobining “Tabiat” degan bo’limida yoritilgan. Uning fikrlari: toshlar paydo bo’lishida zilzila va tog’ qulashlari, yerlarning o’pirilishi bog’liq- degan. Mirzo Ulugʻbekning matematika va astronomiya fanlarining taraqqiyotiga qoʻshgan hissasi beqiyosdir. U osmon jismlarining tarqalish qonuniyatini, harakatini va sonini aniqlash masalalarini toʻgʻri talqin qilib bergan buyuk olimdir. Oʻzbekiston hududining geologiyasini rejali oʻrganish XX -asrning 30 yillaridan boshlangan. Jumladan, mashhur geolog X.M.Abdullayevning “Maʼdanlarning intruziyalar bilan genetik bogʻliqligi”, “Daykalar va maʼdanlanish” kabi asarlar yaratgan. Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi sohasida G.A.Mavlonov, litologiya soxasida V.P.Popov, petrografiya sohasida I.X.Hamraboyev, T.N.Dolimov, tektonika sohasida O.M.Borisov kabi yirik olimlar Oʻzbekiston geologiyasi boʻyicha samarali ishlar qilishgan. Oʻzbekiston hududining geologiyasini rejali oʻrganish XX - asrning 30 – yillaridan boshlangan. Jumladan, mashhur geology X.M.Abdullayevning “Maʼdanlarning intruziyalar bilan genetik bogʻliqligi”, “Daykalar va maʼdanlanish”, “Oʻrta Osiyoda magmatizm va maʼdanlanish” kabi asarlari foydali qazilmalarni qidirishda doim dasturulamal vazifasini bajarib kelmoqda. Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi sohasida G.A.Mavlonov, N.K.Kenesarin, litologiya soxasida V.P.Popov, O.M.Akramxoʻjayev, petrografiya sohasida I.X.Hamraboyev, T.N .Dolimov, tektonika sohasida O.M.Borisov, M.O.Axmadjonov, R.N.Abdullayev kabi yirik olimlar Oʻzbekiston geologiyasining turli tarmoqlari boʻyicha samarali ishlar qilishgan. 6. Asteroidlar. Ular toshsimon qattiq jismlar boʻlib, sayyoralar singari elliptik orbitalari boʻylab harakatlanadi. Ammo bu jismlarning oʻlchami oddiy sayyoralarning oʻlchamidan juda kichik, shuning uchun ham ularni mitti sayyoralar deyiladi. Bu jismlar egallagan fazoning halqali qismi Asteroidlarning bosh qambari deyiladi. 7. Meteoritlar odatda tushish yoki topilgan joyga tutashgan joylarning geografik nomlari bo’yicha nomlar beriladi. Ko’pincha bu eng yaqin bo’lgan aholi punkti (masalan, Peekskill) nomidir. Meteoritlar uchta sinfga bo’linadi: 1)temir; 2)tosh; 3)temir-tosh; 8. Yerning ichki tuzilishida uning tashqi “tosh” qobigʻi - yer poʻsti alohida oʻrinni egallaydi. Chunki Yerdagi barcha tirik organizmlarning faoliyati, turli geologik jarayonlar, xilmaxil foydali qazilma konlari aynan shu qobiqda mujassamlangan. Yer poʻstining qalinligi ham bir xilda emas. Togʻli oʻlkalarda u 60-70 km, tekisliklarda 35-45 km, okean ostida esa 5-10 km ni tashkil etadi. Bu qatlamlarda seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi va togʻ jinslari zichligi turlichadir. Yerning ichki tuzilishi quyidagilardan iborat: Yer po’sti- qalinligi okeanlarga nisbatan 5-10 km, tekisliklarda 35-45 km, tog’li hududlarda 70 km. O’rtacha olganda 33 km tashkil qiladi. Unda cho’kindi jinslar qavati hamda granit va bazaltdan iborat magamtik qavatlar mavjud. Mantiya- 33-29000km intervalda joylashgan. Mantiya temir va qo’rg’oshindan ekanligi va harorat 2000 gradus atrofida taxmin qilinadi. Yerning markaziy qismi esa, 2900-6371 km lik qatalamda yer yadrosi joylashgan. Yadro ikki qismdan iborat ekanligi taxmin qilinadi. 1)Tashqi yadro 2900-5000km qalinlikda bo’lib, suyuq holda, ya’ni erigan temirdan iborat ekanligi; 2)Ichki yadro 5000-6371 qalinlikda joylashgan bo’lib, qattiq qatlam deb faraz qilinadi. 9. Yerning kimyoviy tarkibi asosan elementlar davriy sistemasining o’n oltita elementidan iborat: temir 37,6%,kislorod 29%, kremniy 14,45%, magniy 9,5%, nikel 3%, kalsiy 2%, oltingugurt 1,2%, alyumini 1,2 % va boshqalar. 10. Yer poʻstida 93 ta kimyoviy element aniqlangan. Ularning koʻpchiligi turli izotoplarning aralashmasidan iborat.Faqatgina 22 ta kimyoviy element (masalan, natriy,marganes, ftor, fosfor, oltin) izotoplariga egamas va shuning uchun oddiy elementlar deyiladi. Yer poʻstida kimyoviy elementlar juda notekis taqsimlangan. Keltirilgan maʼlumotlar shuni koʻrsatadiki, yer poʻstining 98 % O, Si, Al, Fe, Ca, Na, K, Mg hisoblanadi. Ularning orasida birinchi oʻrinni kislorod egallaydi va uning hissasi yer poʻsti massasining deyarli yarmiga teng keladi va hajmining 92 % ga yaqinini tashkil etadi. 11. Yerning ichki tuzilishini oʻrganish murakkab masala hisoblanadi. Shu maqsadda foydalaniladigan usullar bevosita va bilvosita turlarga boʻlinadi. Lekin Hozirgi vaqtda Yerning ichki tuzilishi haqidagi asosiy maʼlumotlarni quyidagi geofizik usullaryordamida olinadi: • Zilzilalar yoki portlatish orqali hosil qilingan sunʼiy qayishqoq tebranishlarni qayd etuvchi seysmik; • Ogʻirlik kuchi maydonlarini oʻrganishga asoslangan gravimetrik; • Yerning magnit maydonini oʻrganuvchi magnitometrik; • Sayyoramizning issiqlik maydonini va uning yuzasida issiqlik oqimining zichligini oʻrganuvchi geotermik; • Yer qaʼrining elektr oʻtkazuvchanligini oʻrganuvchi elektrometrik tadqiqotlar. • Bunday usullarning orasida zilzilalar taʼsirida vujudga keladigan qisqa vaqtli, 10-20 minut davomida amalda butun sayyoramizni yorib kiruvchi seysmik toʻlqinlar maydonini oʻrganuvchi seysmik usul asosiysi sanaladi. 12. Yer – oʻz aylanish oʻqiga nisbatan taxminan 11,5 gradusga ogʻishgan oʻq boʻyicha magnitlangan magnit maydoniga ega gigant shar. Uning vujudga kelishiga sabab Yerning tashqi yadrosi suyuq tana xossalariga ega boʻlib, uning ancha qismi boshqa elementlarning (nikel yoki oltingugurt) qoʻshimchalariga ega temirdantarkib topgan. Bu hodisa induksion tabiatdagi elektr tokini keltirib chiqaradi va u Yer sirtida, uning yaqinidagi boʻshliqda magnit maydonini hosil qiladi. 13. Yer sovuq osmon jismlari jumlasiga kiradi. Kosmik boʻshliqqa tashqaridan oladiganiga nisbatan kam issiqlik beradi. Uning yuzasiga Quyoshdan kelayotgan ulkan energetik oqim taʼsir etadi. Bu energiyaning 40 % ga yaqini sinib, kosmik boʻshliqqa qaytadi. Qolgan qismi atmosfera, gidrosfera va biosferani isitishga sarf boʻladi. Faqat 2% energiyagina togʻ jinslarining nurashi, choʻkindi jinslarning hosil boʻlishiga sarf boʻladi, organik moddalarda va yonuvchi foydali qazilmalarda toʻplanadi. Quyosh energiyasi Yerning eng ustki qatlamining haroratini belgilaydi va u iqlimning sutkalik va fasliy oʻzgarishini taʼminlaydi. Haroratning sutkalik oʻzgarishi 12 m chuqurlikkacha, fasliy oʻzgarishi esa 30 m gacha taʼsir koʻrsatadi. Togʻ jinslariga haroratning fasliy oʻzgarishi taʼsir etmaydigan chuqurlikdan pastki sath doimiy harorat qatlami deyiladi. Yerning issiqlik maydonini o’rganuvchi fan Geotermika deyiladi. 14. Kimyoviy elementlarning tarqalishi boʻyicha olib borilgan dastlabki koʻlamli tadqiqotlar amerikalik geoximik F. Klark tomonidan oʻtkazilgan. Turli togʻ jinslarining 6000 ta kimyoviy tahlilini matematik yoʻl bilan qayta ishlab chiqib F. Klark yer poʻstida 50 ta eng keng tarqalgan kimyoviy elementlarning oʻrtacha miqdorini aniqlab chiqqan. Ilk bor 1889-yilda chop etilgan F. Klark maʼlumotlariga keyinchalik olimlar tomonidan aniqlik kiritilgan. Jadvalda turli tadqiqotchilar boʻyicha yer poʻstida eng keng tarqalgan elementlarning klarki koʻrsatilgan. KLARK Download 22.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling