Umumiy kanal signalizatsiya uks №7
Download 246.29 Kb.
|
Umumiy kanal signalizatsiya uks №7
- Bu sahifa navigatsiya:
- UKS-7 asosiy tushunchalari
Umumiy kanal signalizatsiya UKS №7 Oldingi qurilgan signalizatsiyani uzatish ikki varianti: so‘zlashuv trakti va ajratilgan kanal orqali signalizatsiyani uzatish quyidagi kamchilikka ega: - uzatish tezligi past; - yetarli moslashishga ega emas; - iqtisodiy tomondan qaraganda qimmatga tushadi; - utkazuvchanlik qobiliyati chegaralangan. Bu kamchiliklarni bartaraf qilish uchun 1980 yilda 7 - sonli signalizatsiya yaratildi. Bunda aloqa tarmog‘idan mantiqan ajratilgan signalizatsiya tarmog‘ini yaratilgan (1.1-rasm). 1.1-rasm. Signalizatsiya tarmog‘i. So‘zlashuv kanali aloqa o‘rnatilganidan so‘ng ishlatiladi, ya’ni signalizatsiya trakti so‘zlashuv traktidan butunlay ajratiladi. Bir necha marotaba yuqori tezlikka ega bo‘lgan signal xabarlarini uzatuvchi kanallar yordamida ko‘p sonli axborot kanallariga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Umumiy kanal signalizatsiyasida signal axborotlari dupleks kanallari bo‘yicha uzatiladi. Bu kanallardan ma’lumotlar paketi uzatiladi (1.2-rasm). Bu ma’lumotlar paketi signal birligi (SU) deb ataladi. 1.2-rasm. Umumiy kanal signalizatsiyasi Umumiy kanal signalizatsiyasi CCS №7 ning afzalliklari: - tezligi – 1 sekundda aloqa o‘rnatadi; - yuqori unumdorlikka ega. Har bir signalizatsiya raqami (signal zvenosi) bir paytda bir necha ming telefon chaqiruvlariga xizmat ko‘rsata oladi; - tejamkorligi. Zarur uskuna soni kamayadi; - ishonchliligi. Signalizatsiya tarmog‘ida qo‘shimcha marshrutlarining ishlatilishi, asosiy aloqa tarmog‘ining ishonchliligini oshiradi: - epchilligi. Ixtiyoriy ma’lumotlarni uzata oladi. 7 sonli signalizatsiya o‘zaro hamkorligi OSI etalon modelining uchta darajasiga mos keladi: fizik satx, kanal satxi, tarmok satxiga mos keladi. CCS №7 arxitekturasida quyidagi nomlardagi tizimchalar mavjud: NSP – xizmat ko‘rsatish tizimchasi; MTP- xabarlarni uzatish tizimchasi; SCCP – signalizatsiyani bog‘lashni boshqarish tizimchasi. Demak CCS №7 4 ta funktsiyani bajaradi: 1. Xabarlarni uzatish tizimchasining birinchi darajasi MTR 1 (signalizatsiya ma’lumotlar zvenosi) – bu ikki yo‘nalishli uzatish yo‘li, ya’ni ikkita fizik kanal tushuniladi. Bu kanallar qarama-qarshi yo‘nalishda bir vaqtni o‘zida, bir xil tezlik bilan signalizatsiya xabarini uzatadi. Kanal raqamli yoki analog, yoki yerning sun’iy yo‘ldoshi bo‘lishi mumkin. Raqamli kanal tezligi 64 kbit / s. Analog kanal uzatish tezligi esa 4,8 kbit /s bo‘ladi. 2. Xabarlarni uzatish tizimchasining ikkinchi darajasi (kanal) MTR 2 (signalizatsiya zvenosi) – signal xabarlarini ishonchli uzatishni amalga oshiradi. 3. Xabarlarni uzatish tizimchasining uchinchi darajasi (tarmok) MTR 3 (signalizatsiya tarmog‘i) signal xabarlariga ishlov berish va signalizatsiya tarmog‘ini boshqarishni o‘z ichiga oladi. Ya’ni xabarlarning marshrutini aniqlash, saralash qilish, yo‘nalishlarga taqsimlash signalizatsiya punkti yoki zvenosi, hamda ishdan chiqqan xabar marshrutini o‘zgartirish kiradi. 4. Signalizatsiya zvenosini boshqarish tizimchasiga SCCP – MTR ga qo‘shimcha bo‘lib tarmoq xizmatini ko‘rsatishga ishlatiladi. UKS-7 asosiy tushunchalari 1. Signalizatsiya punkti (SP) – signalizatsiya tarmog‘idagi signal axborotiga ishlov berish va kommutatsiya tuguni. 2. Signalizatsiya punkti kodi SPC. 3. Signalizatsiya zvenosi yoki liniya kanali SL. Signal kanali – ikkita signalizatsiya punktlari orasida signal xabarlarini olib o‘tish uchun ishlatiladi. 4. Signalizatsiya zvenolarni bog‘lash SLS. 5. Tranzit signalizatsiya punkti STP – bitta signalizatsiya zvenosidan qabul qilib boshqa zveno orqali ishlov bermasdan uzatuvchi signalizatsiya punkti. 6. Signal xabarini ishlab beruvchi chiqish signalizatsiya punkti (OR) qabul qilib oluvchi belgilangan punkt (DR) deb ataladi. 7. Bog‘langan rejimda signalizatsiya. 8. Kvazi bog‘langan rejim. 9. Signal marshruti SR – chiqish punkti bilan belgilangan punktlar orasida signalizatsiya tarmog‘i bo‘yicha signal xabarlarini oldindan belgilangan o‘tish yo‘li. 10. Signal marshrutlar bog‘lami SRS – signalizatsiya tarmog‘ida xabarni uzata oladigan signal marshrutlar yig‘indisi. 11. Xabarlar uzatish tizimchasi MTR – umumiy transport tizimi. 12. Foydalanuvchilar tizimchasi UP. 1.3-rasm. UKS-7 bazali funktsional modeli Xabar MTR da tug‘ri ketma – ketlikda, yo‘qotishsiz va dublsiz, xatosiz uzatiladi. Bunda barcha xatolar qabul qiluvchiga uzatilishdan oldin to‘g‘rilanishi kerak. Signal birligining uzunligi uzatilayotgan signal axborotning miqdori bilan aniqlanadi va o‘zgaruvchan bo‘ladi. Signal birligining 3 turi mavjud : 1. ahamiyatli (belgilangan) signal birligi MSU 2. zveno holati signal birligi LSSU. 3. To‘ldiruvchi yoki kuch signal birligi FISU. MSU- signal birligi tarkibida signal axboroti beriladi. LSSU – signalizatsiya zvenosi holatini boshqarish uchun ishlatiladi. FISU – signal axboroti yo‘qligida musbat va manfiy tasdiqlashni uzatish uchun ishlatiladi. Signal birligi qayd etilmaydigan sondan iborat. Ahamiyatli signal birligining signal axboroti maydoni (SIF) foydalanuvchi tizimchaning (UP) axboroti va MTR marshrut belgisidan tashkil topgan, uzunligi 278 bit dan oshmaydi. Download 246.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling